Davlat xizmatlari yangiliklari
49.8K subscribers
9.83K photos
879 videos
8 files
8.27K links
Download Telegram
#Bilasizmi #Bu_muhim

⚡️Elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlar) qiyoslashdan o‘tkazishda hisoblagich nosozligi aniqlansa ularni ta’mirlash yoki yangisiga almashtirish bilan bog‘liq xarajatlar kimlarning hisobidan qoplanadi?

Hukumatning 698-son qarori bilan elektr energiyasi, tabiiy gazni, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) yechish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish bo‘yicha reglamentlar tasdiqlangan.

📌Ushbu reglamentlarga muvofiq jismoniy shaxslar va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarning hisobga olish uskunalarini ta’mirlash yoki yangisiga almashtirish xarajatlari tegishlicha hududiy elektr tarmoqlari korxonalari, gaz ta’minoti tashkilotlari, suv ta’minoti yoki hududiy issiqlik ta’minoti korxonalari mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

❗️Eslatma: Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 215-5-moddasiga ko‘ra davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilikni buzish uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan.

☎️Shunga ko‘ra bu sohada ta’minotchi korxonalar xodimlari tomonidan yuqoridagi reglamentlar talablariga rioya etilmaslik, shu jumladan hisoblagich uchun ortiqcha mablag‘ undirish kabi holatlari aniqlanganda Adliya vazirligining quyidagi 1008 va 1148 ishonch telefoni raqamlariga yoki [email protected] elektron pochtaga murojaat qilishingiz so‘raladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Xorijga chiqish biometrik pasportini berish qaysi hollarda rad etiladi?

💠Quyidagilar rad etish uchun asos bo‘ladi:

🔹talab etiluvchi hujjatlar taqdim etilmaganda;
🔹agar shaxs o‘zi to‘g‘risida bila turib soxta yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etgan bo‘lsa;
🔹qo‘l barmoqlarining izlarini olish tartib-taomilidan bosh tortilgan va ko‘zoynak taqib yoki bosh kiyim, tashqi ko‘rinishga ta’sir qiluvchi ashyolar bilan suratga tushish istagi qat’iy bildirilgan bo‘lsa;
🔹agar shaxsga nisbatan xorijga chiqishiga to‘sqinlik qiladigan shartnoma, kontrakt majburiyatlari amal qilayotgan bo‘lsa, ushbu majburiyatlarning amal qilish muddati tamom bo‘lguniga qadar;
🔹agar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lsa — ish yuzasidan uzil-kesil sud qarori yoki boshqa qaror qabul qilingunga qadar (surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudyaning yozma xati asosida);
🔹agar shaxs ichki ishlar organlarining ma’muriy nazoratida bo‘lsa — nazorat to‘xtatilgungacha (ma’muriy nazoratni amalga oshiruvchi organning yozma xati asosida);
🔹agar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo va shartli hukm qo‘llanilgan bo‘lsa — jazoni o‘tab bo‘lgunigacha yoki jazodan va shartli hukmdan ozod qilingunga qadar (jazoni ijro etuvchi organning yozma xati asosida);
🔹agar shaxsda sud tomonidan yuklangan ijro etilmagan majburiyatlar bo‘lsa — majburiyatlar ijro etilgunga qadar, voyaga yetmagan bolalarni ta’minlash uchun alimentlar oldindan to‘langanligi Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining ma’lumotnomalari bilan tasdiqlangan holatlar bundan mustasno.

📌Xorijga chiqish biometrik pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishni boshqa asoslar bilan rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Litsenziyalash_xizmati

⚡️Endilikda "Litsenziya" axborot tizimi orqali "Davlat mulki bo‘lgan arxiv hujjatlari yoki ularning ko‘chirma nusxalarini, shuningdek Milliy arxiv fondining nodavlat qismiga kiritilgan arxiv hujjatlari yoki ularning ko‘chirma nusxalarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha olib chiqish uchun ruxsatnoma" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:

🏢 O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi;

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Jismoniy shaxs va yuridik shaxs;

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

💸60 000 so'm (BHMning 20 foizi baravari);

📑Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun yig‘im undirilmaydi

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 15 ish kuni

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: 3 oy

📌Ma'lumot uchun: Olib chiqilishi bildirilgan arxiv hujjatlari “O‘zarxiv” agentligining vakolatli ekspertlari tomonidan hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasi o‘tkaziladi va ularning xulosasiga ko‘ra ruxsatnoma beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Tayinlov

Akbar Tashkulov adliya vaziri lavozimiga tasdiqlandi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Bilasizmi

📋Kadastr pasportini tayyorlash muddatlari haqida ma'lumotga egamisiz?

Hukumat qaroriga ko‘ra, ko‘chmas mulk ob’ektini kadastr hisobiga olish va kadastr yig‘majildini shakllantirish natijasida ko‘chmas mulk ob’ekti bo‘yicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.

👨‍💼Ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP ro‘yxatdan o‘tadi.

🗂Ko‘chmas mulk ob’ektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🔷ko‘p kvartirali uydagi kvartira – 3 ish kunigacha;
🔷yakka tartibdagi turar joy – 5 ish kunigacha;

🗂Ko‘chmas mulk ob’ektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

🔷umumiy maydoni 100 kv.m. gacha - 5 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 100 kv.m. dan 1000 kv.m. gacha - 7 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 1000 kv.m. dan 5000 kv.m. gacha - 10 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 5000 kv.m. dan 15000 kv.m. gacha - 15 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 15000 kv.m. dan 50000 kv.m. gacha - 20 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 50000 kv.m. dan ortiq - 25 ish kunigacha.

💰Kadastr yig‘majildi shakllantirilgandan so‘ng kadastr pasportini berish uchun to‘lov miqdori qiymati ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga elektron shaklda yuboriladi.

Ariza beruvchi xabarnomani olgandan so‘ng 1 oy mobaynida to‘lov qiymatini to‘laydi.

‼️ Kadastr pasportini berish uchun to‘lov qiymatlari Hukumatning 186-son qarori bilan belgilanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

Bir yoshga to‘lmagan bolaga Xorijga chiqish biometrik pasporti necha yil muddatga beriladi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qaroriga muvofiq:

💠Xorijga chiqish biometrik pasporti tug‘ilgan kunidan boshlab bir yoshgacha bolalarga — ikki yil muddatga beriladi.

📌Ma’lumot uchun:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti-xorijga chiqish hamda O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirish, shuningdek, xorijda turish vaqtida egasining shaxsini va O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlaydigan, pasport egasining shaxsiy biografik ma’lumotlari va biometrik parametrlari saqlangan elektron axborot tashuvchiga (chipga) ega bo‘lgan hujjat hisoblanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Foydali_ma'lumot

🏦Markaziy bank 14-noyabrdan boshlab amalda bo‘ladigan valyuta qiymatlarini belgiladi.

📁Batafsil yuqoridagi infografikada 👆👆👆

🔅Foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🗣Аpostil qanday hujjatlarga qoʼyilmaydi?

Hukumatning 732-son qarori bilan tasdiqlangan “Rasmiy hujjatlarga apostil qoʼyish boʼyicha davlat xizmati koʼrsatishning” maʼmuriy reglamenti 5-bandiga asosan, apostilь:

📁Chet elda Oʼzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan sodir etilgan rasmiy hujjatlarga;

🗂Tijorat yoki bojxona operatsiyalariga toʼgʼridan toʼgʼri aloqador boʼlgan rasmiy hujjatlarga;

📝Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolik pasportiga, identifikatsiya ID-kartasiga, harbiy biletga qoʼyilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish qanday amalga oshiriladi?

💠“Litsenziya” axborot tizimida alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilishni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida vakolatli organni xabardor qilish imkoniyati joriy qilingan. Ushbu xizmatdan faqatgina yuridik shaxslar foydalana oladilar. Bunda murojaat etuvchi axborot tizimi orqali to‘ldiriladigan so’rovnomada quyidagilarni ko‘rsatishi kerak:

a) yuridik shaxs nomi va tashkiliy-huquqiy shakli va STIR;
b) pochta hamda elektron pochta manzili;
v) yuridik shaxs rahbarining mobil telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish joyining telefon raqami (mavjud bo‘lgan taqdirda);
g) bank rekvizitlari (hisobvarag‘i, bank kodi);
d) faoliyat amalga oshiriladigan joy manzili va kadastr raqami.

📌Xabarnomani yuborish uchun yig‘im undirilmaydi (oylik yig‘im bundan mustasno) va xizmat onlayn tartibda bir zumda ko‘rsatiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Temir yo‘l shoxobcha yo‘llarini, shuningdek, yuklash, tushirish hamda vagon va konteynerlarni tozalash uchun mo‘ljallangan qurilmalarni qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarini kelishish" mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
— O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi;

💠Murojaatlar qabul qilinadi:

"Litsenziya" AT - license.gov.uz;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkor;

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: Bepul

💠Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im: Bepul

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 20 ish kuni

🗓
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: 3 yil

❗️Ma'lumot
uchun: Ushbu pasportdagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat turi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi korxonalarning temir yo‘l yo‘laklarini qurish va rekonstruksiya qilishga nisbatan tatbiq qilinmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari #Qulaylik

⚡️Endilikda ariza natijasini olish uchun markazga qayta borishingiz shart emas!

💠Telefon raqamingizga SMS xabarnoma orqali ariza raqami bilan birga murojatingiz natijasini olish uchun havola hamda tekshirish paroli yuboriladi.

❗️Ushbu havolaga o’tgandan so’ng tekshiruv parolini kiritasiz va ariza javobini yuklab olishingiz mumkin!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiyadan oʻtkazish xizmati haqida bilasizmi?

💠Davlat xizmati davlat xizmatlari markazi yoki YAIDXP orqali koʻrsatiladi.

📌Sertifikati talabgorlarga besh yil amal qilish muddati bilan beriladi.

🔸Shunindek, qarorda talabgorlar 2 turdagi malaka sertifikatidan birini olishlari mumkinligi belgilandi:

📝Endilikda malaka sertifikatini olish uchun faqat soʻrovnoma toʻldirish kifoya va tegishli hujjatlar vakolatli organ tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadi.

🔹I toifali malaka sertifikatini olish uchun talabgorlar uchun 2 bosqichda amalga oshiriladi va test sinovi 90 ta savoldan iborat boʻladi.
🔹II toifali malaka sertifikatini olish uchun talabgor uchun 1 bosqichda amalga oshiriladi va test savollari qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishdagi umumiy bilim saviyasi va koʻnikmasini aniqlashga qaratilgan 60 ta savolni oʻz ichiga oladi.

💸Davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.

🗓Malaka sertifikatini berish boʻyicha attestatsiyadan vakolatli organ tomonidan har oyning birinchi payshanba kunida oʻtkaziladi.

📎Vakolatli organ tomonidan malaka sertifikatini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilganda QR-kod qoʻyilgan malaka sertifikati rasmiylashtirib beriladi.

❗️ Eslatma!

🛃 Moliya-iqtisod, huquqshunoslik sohasi bo‘yicha imtiyozli diplomga ega oliy ta’lim muassasasi bitiruvchilari hamda CFA Institute, ACI, ACCA xalqaro tashkilotlari sertifikatiga ega talabgorlar attestatsiyadan o‘tmay va belgilangan yig‘imni to‘lamasdan ham II toifali malaka sertifikatini olishlari mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_xabari

Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun oʻquv seminarlar oʻtkazilmoqda

Surxondaryo viloyati hokimligining katta majlislar zalida Hukumatning “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining mazmun mohiyatini tushuntirish yuzasidan o‘quv seminarlar tashkil etildi.

Seminarda viloyat hokimiligi xodimlari, oliy ta’lim muassasalarining professor o‘qituvchilari, OAV vakillari va videokonferensaloqa tizimi orqali tuman (shahar) hokimlari xodimlari hamda davlat idora va tashkilotlari tuman (shahar) bo‘limlarining xodimlari ham ishtirok etishdi.

Tadbir davomida Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov tomonidan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalarida nazarda tutilgan meʼyorlar amaliy misollar bilan sodda, xalqchil tilda tushuntirildi.

Shu o'rinda, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat xizmatlari departamenti boshlig‘i Sanjar Abdullayev Hukumat qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlarida, shuningdek, hokimliklarda amalga oshiriladigan asosiy vazifalar xususida to‘xtalib o‘tdi.

Shundan so‘ng, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Sunnatillo Abdurasulov “Jamoatchilik vakillari, jismoniy va yuridik shaxslar bilan ishlashda odob-axloq qoidalariga rioya qilish va uning ahamiyati, manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiya holatlarining oldini olish” to‘g‘risida ma’ruza qildi.

Qolaversa, ma’ruzachilar tomonidan davlat fuqarolik xizmati tatbiq etiladigan barcha idora va tashkilotlar xodimlarining odob-axloq me’yorlari mazkur qaror bilan tartibga solinganligi, xususan, qarorda davlat xizmatchilarining nafaqat xizmatni o‘tash vaqtidagi, balki, xizmatdan tashqari vaqtdagi odob-axloq qoidalari, rahbar xodimlarning majburiyatlari va ushbu qoidalarga rioya etilmagan holatlar uchun javobgarlik belgilab qo‘yilganligi ham aniq misollar bilan tushuntirib o‘tildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_xalq_xizmatida #davlat_xizmatlari

Eksklav hudud – Shoximardonda Davlat xizmatlari markazining filiali ish boshladi

Fargʻona viloyatining eksklav hududi hisoblanadigan Shoximardon va Yordon MFYda bugungi kunda 6500 dan ortiq fuqarolar istiqomat qiladi.

Mazkur hududda istiqomat qiluvchi fuqarolar davlat xizmatidan foydalanish uchun 54 km masofa bosib oʻtishga majbur boʻlishgan. Masalan, mana shu uzoq yoʻl qiyinchiliklari mobaynida oddiy fuqaro bir kunda 4 ta, borish va kelishni hisobga olganda jami 8 ta bojxona chegara postidan oʻtishga majbur edi. Xullas birgina davlat xizmatidan foydalanish uchun vaqt, mablagʻ sarflab tuman markaziga kelingan. Endilikda bunga hojat qolmadi.

Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi hamda Fargʻona tuman hokimligi hamkorligida mahalla fuqarolar yigʻini binosida Fargʻona tuman Davlat xizmatlari markazining “Shoximardon” filiali Shoximardonliklar va Yordonliklar ixtiyoriga tantanali topshirildi.

Ochilish marosimi tadbirida rasmiylar bilan birgalikda, fuqarolar, mahalliy tadbirkorlar, ijtimoiy tarmoq va keng jamoatchilik faollari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Eʼtiborli jihati shundaki, Davlat xizmatlari markazlarida koʻrsatiladigan 170 dan ortiq xizmatlardan mahalliy aholi vakillari filialga kelib bemalol foydalanishlari mumkin boʻldi.

Bugungi kunda Fargʻona viloyatida Davlat xizmatlari markazlarining 12 ta filiallari faoliyat yuritayotgan boʻlsa, ushbu filialning boshqalaridan farqli tomoni filialda dam olish kunlaridan tashqari har kuni fuqarolarga xizmatlar koʻrsatiladi.Filial ochilishining birinchi kuniyoq fuqarolarga 30 dan ortiq davlat xizmatlari koʻrsatildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat