Davlat xizmatlari yangiliklari
50.4K subscribers
9.87K photos
881 videos
8 files
8.3K links
Download Telegram
#Adliya_xabari

🔊Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini rivojlantirish bo‘yicha uchrashuv bo'lib o'tdi

Joriy yilning 16-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari Xudayor Meliyev hamda Davlat xizmatlari sohasidagi qonunchilik boʻyicha ekspert Georgiy Sxakaya oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Tashrifning asosiy maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot dasturining “Oʻzbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlari koʻrsatishni yaxshilash va boshqaruv darajasini oshirish” qoʻshma loyihasining xalqaro eksperti tomonidan tayyorlangan tahliliy ma'lumotlar, tadqiqotlar asosida ishlab chiqilgan amaliy takliflarni va xulosalarni taqdim qilish va muhokama qilish, soha mutaxassislari bilan ishchi uchrashuvlarni oʻtkazishdir.

Uchrashuvda tomonlar davlat xizmatlarini koʻrsatish salohiyatini oshirishni davom ettirish, fuqarolarga tezkor va sifatli davlat xizmati koʻrsatish, sohani jadal rivojlantirish, shuningdek, 2022-yil oxirigacha amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.

Samarali muloqot soʻngida tomonlar aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish, xizmat koʻrsatish sohasini jadal rivojlantirish, koʻrsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo, ularning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan oʻzgartirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish, ushbu yoʻnalishdagi xalqaro tajriba bilan vazirlik masʼul vakillarini tanishtirish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar xususida hamkorlikni yoʻlga quyish boʻyicha kelishib oldilar.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

📌Kadastr pasportini shakllantirish qaysi holatlarda bepul rasmiylashtirilishi haqida bilasizmi?

Hukumatning 535-son qaroriga asosan quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:

🏢Ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;

🏘Ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;

📋Kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk obyekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan).

❇️Mazkur davlat xizmatidan Davlat xizmatlari markaziga borgan holda yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron tarzda foydalanishingiz mumkin.

🔅Yaqinlaringiz bilan foydali ma'lumotlarni bo'lishishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Temir yo‘l shoxobcha yo‘llarini, shuningdek, yuklash, tushirish hamda vagon va konteynerlarni tozalash uchun mo‘ljallangan qurilmalarni qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarini kelishish" mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
— O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi;

💠Murojaatlar qabul qilinadi:

"Litsenziya" AT - license.gov.uz;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkor;

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: Bepul

💠Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im: Bepul

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 20 ish kuni

🗓
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: 3 yil

❗️Ma'lumot
uchun: Ushbu pasportdagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat turi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi korxonalarning temir yo‘l yo‘laklarini qurish va rekonstruksiya qilishga nisbatan tatbiq qilinmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #FHDY_xizmatlari
#Mutaxassisga_sharhi

📌Tug'ilganlikni qayd etish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi qanday?

🔅Yaqinlaringiz bilan foydali ma'lumotlarni bo'lishishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi professional faoliyat uchun litsenziya" olish mumkin.

🔅Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari:

🔸 Investitsiya vositachisining faoliyati;
🔸Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi faoliyati.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
— O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

💠Murojaatlar qabul qilinadi:

"Litsenziya" AT - license.gov.uz;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxslar;

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

🔸 1 200 000 so'm (BHMning 4 baravari);

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 20 ish kuni

🗓Litsenziyaning amal qilish muddati: Сheklanmagan

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_xabari

Muammolarga huquqiy yechim topa olmayapsizmi?

📽 Adliya vazirligi tomonidan aholini qiynab kelayotgan muammolar hamda eng koʻp berilayotgan savollarning huquqiy yechimlari boʻyicha maxsus videoroliklar ishlab chiqilib, YouTube tarmogʻiga joylashtirib borilmoqda.

❗️Bunda Siz “metrika” olishdan pensiyaga chiqishgacha boʻlgan jarayonlarda duch kelayotgan muammolaringizga mavzulashtirilgan tarzda huquqiy yechim topishingiz mumkin.

📌 Oʻz vaqtingizdan unumli foydalangan holda huquqiy bilimlaringizni mustahkamlang!

👉 Batafsil: youtube.com/adliya

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha undiriladigan toʻlovlar qancha?

Javob
:

Hukumatning 620-son qaroriga asosan Xorijiy davlatlarda umumiy oʻrta va oʻrta taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish bepul amalga oshiriladi.

📌Xorijiy davlatlarda oʻrta maxsus, kasb-hunar, oliy taʼlim, kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish taʼlimi olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun 900 000 so'm (BHMning 3 baravari) miqdorida yigʻim undiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

Bino va inshootlar ijara shartnomasini davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibidan xabardormisiz?

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
– O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

– D
avlat xizmatlari markazi;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

📋So‘rovnomaga ijara shartnomasi ilova qilinadi.

📑Zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:


👨‍💼Yuridik va jismoniy shaxslarga

💠Davlat
xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 375 000 so'm (BHMning 1,5 baravari)

💠Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati – 1 ish kuni.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bu_muhim
#Davlat_xizmatlaridan_qulaylik

FHDY BOʻLIMLARIDA HAM EKSTERRITORIALLIK AMALDA.

Xabaringiz bor fuqarolarning doimiy (vaqtincha) roʻyxatdan oʻtgan joyidan qatʼi nazar fuqarolik holati dalolatnomalari

tugʻilish

nikoh

oʻlim

nikohdan ajratishni qayd etish eksterritorial tamoyil asosida amalga oshiriladi.

Xoʻsh, xizmatlardan eksterritorial tamoyil asosida foydalanish oʻzi nima?

❗️Eksterritorial tamoyil - yashash joyingizdan qatʼiy nazar, yuqorida qayd etilgan davlat xizmatlarini istalgan FHDY boʻlimidan olish imkoniyati.

Yaʼni, Siz xizmat safari yoki biror yumush bilan Toshkentga yoinki respublikamizning boshqa hududiga tashrif buyurdingiz va u yerda Sizga FHDY xizmatlariga zarurat tugʻildi. Avvalgidek, roʻyxatdan oʻtgan joyingizdagi FHDY boʻlimiga qaytib borib, vaqt va naqdingizni sarflamay, hozir boʻlib turgan joyingizdagi istalgan FHDY boʻlimiga murojaat qilgan holda xizmatlardan foydalanishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

🔅 Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olish uchun davlat xizmatidan foydalanishda fuqarolarga qanday qulayliklar yaratilgan?

Qonunchilikka ko‘ra, ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olish istagida bo‘lgan fuqarolarga, jumladan, quyidagi qulayliklar mavjud:

🔹ariza beruvchining o‘rtacha oylik daromadi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3 barobardan 2,7 barobarga kamaytirilgan;

🔹Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatga olingan fuqaro Toshkent viloyatida qurilgan uy-joylarni ipoteka krediti asosida sotib olishga haqli;

🔹ariza beruvchi ariza rasmiylashtirish jarayonida belgilangan ma’lumotnomalar va hujjatlar nusxalarini taqdim etmaydi, faqatgina so‘rovnomani to‘ldirishi kifoya;

🔹mas’ul tashkilotlar ariza beruvchining ijtimoiy mezonlarga muvofiqlini o‘rganib chiqish muddati 14 ish kunidan 7 ish kunga kamaytirilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Foydali

Parvarishlash nafaqasi kimlarga beriladi?

❗️Qonunchilikka asosan o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga har oyda 500 000 so‘m miqdorida nafaqa to‘lovi joriy etilgan.

⚠️E’tibor berish lozimki, bunda bola parvarishlash nafaqasi faqatgina 34 turdagi kasallik bilan og’rigan bolalarni parvarishlayotgan shaxslarga beriladi.

📋To’liq ro’yxat 👈👈👈

Parvarishlash nafaqasi fuqarolarning Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga (my.gov.uz) qilgan murojaatlari asosida budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan tayinlanadi va to‘lanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Foydali

Parvarishlash nafaqasi kimlarga beriladi?

❗️Qonunchilikka asosan o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga har oyda 500 000 so‘m miqdorida nafaqa to‘lovi joriy etilgan.

⚠️E’tibor berish lozimki, bunda bola parvarishlash nafaqasi faqatgina 34 turdagi kasallik bilan og’rigan bolalarni parvarishlayotgan shaxslarga beriladi.

📋To’liq ro’yxat 👈👈👈

Parvarishlash nafaqasi fuqarolarning Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga (my.gov.uz) qilgan murojaatlari asosida budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan tayinlanadi va to‘lanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_xabari

Toshkent davlat yuridik universitetida Yaponiya Adliya vazirligi delegatsiyasi aʼzolari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi


Joriy yilning 19-sentyabr kuni Adliya vazirligining Maʼmuriy tartib-taomillarni rivojlantirish va monitoringini yuritish boshqarmasi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti xodimlari tomonidan Yaponiya Adliya vazirligi va Nagoya iqtisodiyot universitetining masʼul xodimlari oʻrtasida Toshkent davlat yuridik universitetida seminar uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Yaponiya davlati tajribasi misolida maʼmuriy qonunchilikni qoʻllash, “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Qonunni amaliyotga joriy etish va uni takomillashtirib borish zarurati, Qonunni davlat boshqaruvidagi ahamiyati va oʻrni boʻyicha seminar ishtirokchilariga batafsil maʼlumot berildi, bu boradagi Yaponiya va Oʻzbekiston tajribalari boʻyicha oʻzaro fikr almashinildi.

Shu bilan birga respublikamizda huquqiy sohada, shu jumladan “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Qonunni amaliyotga joriy etish, maʼmuriy munosabatlarning samarali tartibga solish, qonunchilikdagi byurokratik talablar bekor qilish bilan bogʻliq amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi. Ushbu sohada amalga oshirilayotgan ishlar delegatsiya aʼzolarida katta qiziqish uygʻotdi.

Yaponiya Adliya vazirligi delegatsiyasining Oʻzbekistondagi tashrifi davom etmoqda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Qanday hollarda obyektni rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnoma talab etilmaydi?

❗️Javob:

Hukumatning 200-son qaroriga muvofiq quyidagi hollarda rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnoma talab etilmaydi:

🏢Binolarning mustahkamligi va zilzilabardoshliligiga taʼsir qiluvchi yuk koʻtarib turuvchi qismlarining oʻzgarishiga olib kelmaydigan qayta rejalashtirish (koʻp kvartirali uydagi joylarni qayta rejalashtirish bundan mustasno);

🏚Poydevor maydonini oʻzgartirmasdan yengil turdagi qurilmalar va vaqtinchalik qurilmalarni qurish va rekonstruksiya qilish.

📌Bunda loyiha hujjatlari tuman (shahar) qurilish boʻlimlari bilan (arxitektura rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqmasdan) kelishiladi. Obyektni foydalanishga qabul qilish talab etilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyati uchun litsenziya" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
— O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

"Litsenziya" AT - license.gov.uz;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: yuridik shaxslar;

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori — 900 000 so'm (BHMning 3 baravari)

💸Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdorlari 👈

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 7 ish kuni

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: Cheklanmagan

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari #Qulaylik

⚡️Endilikda ariza natijasini olish uchun markazga qayta borishingiz shart emas!

💠Telefon raqamingizga SMS xabarnoma orqali ariza raqami bilan birga murojatingiz natijasini olish uchun havola hamda tekshirish paroli yuboriladi.

❗️Ushbu havolaga o’tgandan so’ng tekshiruv parolini kiritasiz va ariza javobini yuklab olishingiz mumkin!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

Bino va inshootlar ijara shartnomasini davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibidan xabardormisiz?

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
– O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

– D
avlat xizmatlari markazi;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

📋So‘rovnomaga ijara shartnomasi ilova qilinadi.

📑Zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:


👨‍💼Yuridik va jismoniy shaxslarga

💠Davlat
xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 375 000 so'm (BHMning 1,5 baravari)

💠Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati – 1 ish kuni.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat