Davlat xizmatlari yangiliklari
49.7K subscribers
9.83K photos
878 videos
8 files
8.26K links
Download Telegram
#Adliya_hudud

🔊Davlat xizmatlari koʻrsatishni soddalashtirish yuzasidan takliflar oʻrganildi

Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan joriy yilning 11-avgust kuni davlat xizmatlari koʻrsatishni yanada soddalashtirish, byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish yuzasidan davra suhbati oʻtkazildi. Unda davlat xizmatlari koʻrsatuvchi hamkor tashkilot va idoralarning rahbar, masʼul xodimlari ishtirok etdi.

Dastlab, tadbirda jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari yuzasidan fikrlar almashildi. Slayd va koʻrgazmali materiallar asosida davlat xizmatlari koʻrsatilishida yuzaga keladigan eʼtirozlarning asl sabablari aniq misollar yordamida tahlil qilindi.

Bu kabi tadbirlarning tashkil etilishi hayotiy jarayonlar va amaliyot davomida yuzaga keladigan ortiqcha maʼmuriy tartib-taomillarni bartaraf etilishi va mutaxassislarning talab va takliflarini hayotga tatbiq etish orqali tezkor, qulay va sifatli davlat xizmatlari koʻrsatilishining taʼminlanishiga zamin yaratadi.

Tadbir davomida hamkor tashkilot mutaxassislarining 20dan ortiq amaliyotga joriy etilishi mumkin boʻlgan takliflari tinglandi. Ushbu masalalar yuzasidan mulohazalar va fikrlar oʻrtaga tashlandi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Yakka tartibdagi tadbirkorlarni qanday davlat roʻyxatidan oʻtkazish mumkin?

❗️Javob:

Yakka tartibdagi tadbirkorlarni roʻyxatdan oʻtkazish usullari:

🔸 onlayn tartibda “fo.birdarcha.uz” sayti orqali (elektron raqamli imzo yordamida) murojaat etiladi;
🔸 istalgan Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilgan holda.

Bunda arizachidan faqat shaxsini tasdiqlovchi hujjat talab etiladi.

Ma’lumot uchun: YTTni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun 300 000 so'm (BHMning 1 baravari) miqdorida davlat boji undiriladi (fo.birdarcha.uz orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganda BHMning 90 foizi).

Yakka tartibdagi tadbirkorlar 20 daqiqa mobaynida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.

Bu muhim! YTTlar faqat hukumatning 6-son qarori bilan tasdiqlangan faoliyat turlari bilan shugʻullanishlari mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_xabari

⚡️Endilikda "Litsenziya" axborot tizimi orqali "Ommaviy axborot vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
— O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va uning hududiy boshqarmalari.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

"Litsenziya" AT - license.gov.uz;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik va jismoniy shaxslar

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: Bepul

💸Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im:

🔸Davriy bosma nashrlar — 3 750 000 so'm (BHMning 12,5 baravari);

🔸tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar, Axborot agentliklari — 4 500 000 so'm (BHMning 15 baravari);

🔸mahsulotlari Internet global axborot tarmog‘i orqali tarqatiladigan ommaviy axborot vositalari (gazeta, jurnal, axborotnoma, byulleten, almanax, tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar va boshqalar) — 150 000 so'm (BHMning 50 foizi);

🔸 asosan bolalar, o‘smirlar, nogironlar uchun mo‘ljallangan, shuningdek, ta’lim va madaniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ommaviy axborot vositalari — 750 000 so'm (BHMning 2,5 baravari);

🔸reklama xususiyatiga ega bo‘lgan ommaviy axborot vositalari — 7 500 000 so'm (BHMning 25 baravari).

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 10 kun

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: Cheklanmagan

❗️Ma'lumot uchun: Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan ommaviy axborot vositalar ro'yxati.👈

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

⚡️Ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turish yoki turmaslik to‘g‘risidagi ma’lumotnomani olish tartibidan xabardormisiz?

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:
– Davlat xizmatlari markazi;
– YIDXP
my.gov.uz orqali.

📑Zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi.

📌ERI kaliti bo‘lmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.

📋Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda so‘rovnomaga notarial tasdiqlangan ishonchnoma ilova qilinadi.

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

👨‍💼Jismoniy shaxslar

💠Davlat
xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 6 000 so'm (BHMning 2,0 foizi)

💠Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

🧾Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun belgilangan yig‘imning 50 foizi miqdorida chegirma qo‘llaniladi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati –real vaqt rejimida.

❗️Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6191-son Farmoni bilan 2021-yil 1-iyundan boshlab davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan aholidan, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari tomonidan Ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi to‘g'risidagi ma'lumotnoma talab qilinmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

⚡️Davlat xizmatlari markazlari orqali yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun tanlovda ishtirok etish xizmatidan foydalanishingiz mumkin.

Hukumat qarori bilan tasdiqlangan Ma'muriy reglament kamida 10 million AQSh dollari ekvivalentida bo‘lgan yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan tanlab olish va ushbu loyihani amalga oshirish uchun ijaraga yer uchastkasi berish tartibini belgilaydi.

📌Hujjatlarda kamchiliklar aniqlanmasa, Hukumat komissiyasiga ko‘rib chiqish uchun 3 ish kunida kiritiladi, hamda 10 ish kunida hujjatlar konseptual jihatdan ko‘rib chiqiladi va yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadga muvofiqligi yoki maqsadga muvofiq emasligi bo‘yicha qaror qabul qilinadi.

💠Yirik investitsiya loyihasi bo‘yicha takliflar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

🔹kiritiladigan (jalb qilinadigan) investitsiya miqdori;

🔹Ijara muddati davomida yer solig‘i (ijara to‘lovi) summasiga nisbatan qo‘llaniladigan, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq belgilanadigan stavkaga nisbatan oshiruvchi koeffitsient miqdori;

🔹Ishlab chiqariladigan jami mahsulotlardan eksport qilinadigan mahsulotlarning ulushi;

🔹Faoliyatida yuqori texnologiya va ilm-fan yutuqlaridan foydalangan holda ishlab chiqariladigan mahsulotlarning umumiy mahsulotlariga nisbatan ulushi;

🔹Rejalashtirilgan yillik tovar aylanmasi miqdori.

💠Yo‘nalishlar bo‘yicha taqdim etilgan takliflar komissiya tomonidan ko‘rib chiqilib, eng yaxshi taklifni taqdim etgan talabgorni g‘olib deb topiladi.

❗️Muhim ma'lumot: Yakka tartibdagi uy-joy va ko‘p kvartirali uylar qurilishini nazarda tutuvchi loyihalar, tanlangan yerga bo‘lgan huquqning bozor qiymatidan kam qiymatdagi yirik investitsiya loyihasi bo‘yicha takliflar yirik investitsiya loyihasi hisoblanmaydi va ko‘rib chiqilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_xabari

⚡️Endilikda "Litsenziya" axborot tizimi orqali "Geodeziya va kartografiya ishlarini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qarorni" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
— O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

"Litsenziya" AT - license.gov.uz;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs;

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 60 000 so'm (BHMning 20 foizi);

💸Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im miqdori bilan ushbu 👉ilova orqali tanishishingiz mumkin.

Arizani ko‘rib chiqish muddati:

Geodeziya va kartografiya ishlarini amalga oshirishga texnik loyiha (dasturlar)ni ishlarning smeta bahosidan kelib chiqib muddatlar belgilanadi;

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: Cheklanmagan

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

🔅Manzil-maʼlumot axborotlarini olish tartibini bilasizmi?

🙎‍♂️ Xizmatdan foydalanuvchilar: Jismoniy shaxslar

ℹ️ Manzil-maʼlumot axborotlari – fuqaroning doimiy propiskada turganligi, propiskadan chiqqanligi, turgan joyi boʻyicha hisobga olinganligi, vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtganligi, shuningdek, maʼlumot mavjud emasligi haqida maʼlumotlardir.

🔄 Xizmatni koʻrsatish tartibi:

🔹 Bu axborotlarni olish uchun ariza beruvchilar Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXP (my.gov.uz) orqali roʻyxatdan oʻtadi.

🔹 Soʻrovnoma toʻldirilgach, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanib, vakolatli organ (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Manzil-maʼlumot byurolari)ga yuboriladi.

🔹 Vakolatli organ soʻrovnoma kelib tushgan kundan boshlab 1 ish kunida QR-kod qoʻyilgan manzil-maʼlumot axborotni rasmiylashtiradi hamda uni tegishli Davlat xizmatlari markaziga yoki arizachiga YIDXP orqali elektron ravishda yuboradi.

📝 Ariza beruvchilar faqat oʻzlariga tegishli manzil-maʼlumot axborotlarini olishlari mumkin. Boshqa shaxslarga tegishli manzil-maʼlumot axborotlari berilmaydi.

🗓 Xizmatni koʻrsatish muddati: 1 ish kunida

🔰 Xizmat narxi:

BHMning 3 foizi miqdorida – 9 000 soʻm;
Yagona portal orqali topshirilganda miqdori – 8 100 soʻm.

📋 Huquqiy asos: Hukumat qarori (797-son, 04.10.2018-y.)

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Migrantlarning pensiyasi qanday rasmiylashtiriladi?

❗️Javob:

Xorijda ishlangan davrlar quyidagi shartlarga koʻra mehnat stajiga qoʻshiladi:

🔹2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlangan taqdirda;

🔹2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun - yagona ijtimoiy toʻlov toʻlangan taqdirda.

Eslatma! Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining yollanma (bitim) asosda xorijda ishlaganligi hukumat tomonidan vakolat berilgan organlar mehnat daftarchasiga kiritgan qaydnomalarga qarab aniqlanadi.

Asos: Hukumatning 2011-yil 8-sentabrdagi 252-son qarori.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bu_muhim

Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish tartibi

🙎‍♂️ Xizmatdan foydalanuvchilar:
Jismoniy shaxslar

🔄 Xizmatni koʻrsatish tartibi:

👨‍👩‍👦 Ota-onalar, ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (farzandlikka oluvchilar, vasiylar va homiylar), bolalarning yaqin qarindoshlari (bobosi, buvisi, voyaga yetgan akasi yoki opasi) yoki uchinchi shaxslar (ariza beruvchilar) yoʻllanmalar olish uchun davlat xizmatlari markazlariga oʻzlari kelib murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) da roʻyxatdan oʻtadi.

Davlat xizmatidan kompleks tarzda foydalanish uchun FHDY organiga tugʻilishni qayd etish bilan bir vaqtda murojaat qilishlari ham mumkin.

📋Soʻrovnoma toʻldirilib, avtomatik ravishda Maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimiga yuboriladi.

📃 Tegishli tashkilot va guruhda boʻsh oʻrin boʻlganda – yoʻllanma shakllantiriladi, boʻsh oʻrin boʻlmaganda – soʻrovnoma tegishlicha umumiy yoki imtiyozli roʻyxatga kiritiladi hamda xabarnoma shakllantiriladi.

🔘 Imtiyozli roʻyxatga kiritiladigan bolalar kontingenti:

● I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning bolalari;
● koʻp bolali oilalarning bolalari;
● yetim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar;
● “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolgʻiz ayollarning bolalari;
● kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarning va ichki ishlar organlari xodimlarining bolalari;
● talabalar va pedagoglarning bolalari;
● akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan boʻlgan bolalar;
● koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlardan umumiy turdagi maktabgacha tashkilotlarga oʻtkazilayotgan sogʻaygan bolalar.

Ariza beruvchi bolalarni tashkilotga qabul qilishni yoʻllanma shakllangandan soʻng 15 ish kuni mobaynida rasmiylashtirmagan taqdirda, yoʻllanma haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Xizmat narxi: Bepul

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_xabari #Bu_qiziq #DX_qulaylik

📢NFC –reader qurilmasi haqida ma'lumotga egamisiz?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6065-sonli Farmoniga muvofiq, aholiga qulaylik yaratish va vaqtni tejash maqsadida barcha Davlat xizmatlari markazlariga identifikasiya ID-kartalarni o'qish imkoniyatiga ega “NFC-reader” qurilmalari o'rnatilgan.

📌Ushbu qurilmalarda ID-kartadagi hamda chet el fuqarosi pasportidagi chipdan ma'lumotlarni o'qish va ushbu ma'lumotlarni axborot tizimlarida qo'llash imkoniyati mavjud.

💠Hozirgi kunda, Davlat xizmatlari markazlarida “NFC-reader” qurilmalarini qo'llash orqali Respublika bo’yicha kuniga 1 000 dan ziyod aholi uchun davlat xizmatlari ko’rsatilib, ularning qimmatli vaqtlari tejalmoqda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#litsenziyalash_xizmati

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Avtomototransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnoma" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
– O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT -
license.gov.uz orqali;
YIDXPmy.gov.uz;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

Yuridik va jismoniy shaxslar

💠To‘lanadigan yig‘im miqdori:

– Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori – BHMning 30 foizi;

Xizmat ko‘rsatish muddati – 15 ish kuni.

📌Avtomototransport vositasi qayta jihozlangan deb tan olinadigan o‘zgarishlar ro‘yxati 👈👈👈

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

⚡️Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan amalga oshirilgan bitimlar haqiqiy hisoblanmaydi

Tegishli huquq paydo boʻlgandan keyin 1 oy ichida koʻchmas mulk davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.

🖥 Roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza bilan Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali yoxud koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga murojaat qilinadi.

💰 Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun oʻz vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari (3 mln soʻm), mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (4,5 mln soʻm) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

⚡️Narkologiya dispanseri hisobida turish yoki turmaslik to‘g‘risidagi ma’lumotnomani olish tartibidan xabardormisiz?

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:
– Davlat xizmatlari markazi;
– YIDXP
my.gov.uz orqali.

📑Zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi.

📌ERI kaliti bo‘lmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.

📋Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda so‘rovnomaga notarial tasdiqlangan ishonchnoma ilova qilinadi.

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

👨‍💼Jismoniy shaxslar

💠Davlat
xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 6 000 so'm (BHMning 2,0 foizi)

💠Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

🧾Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun belgilangan yig‘imning 50 foizi miqdorida chegirma qo‘llaniladi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati –real vaqt rejimida.

❗️Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6191-son Farmoni bilan 2021-yil 1-iyundan boshlab davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan aholidan, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari tomonidan Narkologiya dispanseri hisobida turish yoki turmaslik to‘g'risidagi ma'lumotnoma talab qilinmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#So'ragan_edingiz
#Mutaxassisga_so'z_beramiz
#Davlat_xizmatlaridan_qulaylik

Eksterritorial tamoyil nima?

Batafsil👇👇👇

https://youtu.be/hgs-bU74z6I

❗️Eksterritorial tamoyil - yashash joyingizdan qatʼiy nazar, davlat xizmatlarini istalgan DXMdan yoki FHDY boʻlimidan olish imkoniyati.

Yaʼni, Siz xizmat safari yoki biror yumush bilan Toshkentga yoinki respublikamizning boshqa hududiga tashrif buyurdingiz va u yerda Sizga FHDY xizmatlariga zarurat tugʻildi. Avvalgidek, roʻyxatdan oʻtgan joyingizdagi FHDY boʻlimiga qaytib borib, vaqt va naqdingizni sarflamay, hozir boʻlib turgan joyingizdagi istalgan FHDY boʻlimiga murojaat qilgan holda xizmatlardan foydalanishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Foydali

💠Xalqaro imtihon tizimlarida yuqori ball toʻplagan yoshlarga xarajatlarni qoplab berish boʻyicha davlat xizmati haqida

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Davlat xizmatlari yangiliklari
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz 🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz! Migrantlarning pensiyasi qanday rasmiylashtiriladi? ❗️Javob: Xorijda ishlangan davrlar…
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha yoʻllanma olishda kimlarga imtiyoz beriladi?

Javob:

Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish bolalarning quyidagi kontingenti so‘rovnomalari imtiyozli ro‘yxatga kiritiladi:

🔹 I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning bolalari;
🔹Ko‘p bolali oilalarning bolalari;• yetim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar;
🔹 “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning bolalari;
🔹 Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning va ichki ishlar organlari
🔹 Xodimlarining bolalari;
🔹 Talabalar va pedagoglarning bolalari;
🔹 Akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan bo‘lgan bolalar;
🔹 Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlardan umumiy turdagi maktabgacha tashkilotlarga o‘tkazilayotgan sog‘aygan bolalar.

📌Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasaga qabul qilish boʻyicha tayyor boʻlgan yoʻllanma shakllangan kundan boshlab 15 ish kuni mobaynida rasmiylashtirmagan taqdirda yoʻllanma haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-son qarori.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
⚡️"Davlat xizmatlari alifbosi" ruknida "H" harfi.

💠Haydovchilik guvohnomalarini almashtirish tartibi.

❗️Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi davlat organi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati

📝Davlat xizmatidan foydalanish tartibi:

🔹 DXM yoki DYHXX organlariga kelgan holda yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali so‘rovnoma yuboriladi.

🔹DXM yoki DYHXX organlariga o'zi borib murojaat etilganda:
– DXM yoki DYHXX hodimlariga pasport va ID-karta hamda eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi taqdim qilinadi ;
– to'lov amalga oshiriladi.

🔹Yig‘im miqdori – 210 000 so'm (BHMning 70 foizi);
YIDXP orqali ariza yuborilganda 10 foiz chegirma qo'llaniladi.

🔹Xizmat ko‘rsatish muddati – real vaqt rejimida.

🔹Haydovchilik guvohnomasining amal qilish muddati – 10 yil.

❗️Ma'lumot uchun: Hukumat qarori bilan yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasiga egasining shaxsini tasdiqlovchi rasmiy davlat hujjati maqomi berilgan. (pasport va ID-karta kabi)

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT -
license.gov.uz orqali;
YIDXPmy.gov.uz;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

Jismoniy shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari

💠To‘lanadigan yig‘im miqdori:

— Arizani ko‘rib chiqish uchun yg‘im undirilmaydi
— Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: BHMning 1 barobari

Arizani ko‘rib chiqish muddati – 5 kun.

📌Litsenziyaning amal qilish muddati — сheklanmagan

❗️Ma'lumot uchun: Qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan notarial harakatlarni amalga oshirish hamda jismoniy va yuridik shaxslarga huquqiy va texnik tusdagi xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyat notarial faoliyat hisoblanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi #Bu_muhim

❗️Davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini buzish javobgarlikka sabab bo‘ladi

☑️ Davlat xizmatlari ko'rsatish sohasidagi quyidagi qonunbuzilish holatlari mansabdor shaxslarga va xizmatchilarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha (900 ming so'mdan 1,5 mln so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi:

🔹arz qiluvchidan murojaatni qabul qilishni rad etganlik;
🔹davlat xizmatlari ko'rsatish chog'ida murojaatlarni ko'rib chiqish tartibini va muddatlarini buzganlik;
🔹arz qiluvchidan qonunchilikda nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilish;
🔹davlat xizmatlari ko'rsatish sohasidagi vakolatli davlat organining qonuniy talabini (topshirig'ini) bajarmaganlik.

➡️ Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilsa, mansabdor shaxslarga va xizmatchilarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha (1,5 mln so'mdan 3 mln so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

⚡️Iste’molchilar elektr tarmoqlariga ulanish uchun qayerga murojaat qilishlari lozim?

🔅Bugungi kunda elektr energiyasini o‘lchash vositasi va tizimini plombalash va elektr ta’minoti shartnomasini tuzish uchun fuqarolar o‘z xohishiga ko‘ra:

🏢Davlat xizmatlari markazlari

💻Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)

👨‍💻“ELEKTR” dasturiy ta’minoti (Onlayn platforma) orqali murojaat qilishlari mumkin.

Hukumatning 555-son qarori bilan tasdiqlangan Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 11-bandida iste’molchilar elektr tarmoqlariga ulanish uchun “ELEKTR” dasturiy ta’minoti (Onlayn platforma) orqali davlat xizmatidan elektron tarzda murojaat etganda yig‘im undirilmasligi belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat