Davlat xizmatlari yangiliklari
50.3K subscribers
9.9K photos
896 videos
8 files
8.36K links
Download Telegram
#Adliya_xabari #Yangi_xizmat

Hukumatning 341-son qarori bilan Nogironligi bo‘lgan yoshlarga asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratish bo‘yicha davlat xizmati joriy etildi.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
–O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

– Davlat
xizmatlari markazlari orqali;
YIDXPmy.gov.uz;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

O‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan nogironligi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, O‘zbekiston Respublikasi hududida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs nomidan murojaat qilgan uning qonuniy vakili)

💠To‘lanadigan yig‘im miqdori:

— Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori – Bepul;

❗️Ma'lumot uchun: Subsidiya har yili arizalar topshirish ketma-ketligi bo‘yicha ushbu Qaror talablariga to‘liq mos kelgan 500 nafar nogironligi bo‘lgan shaxsga ajratiladi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔅Ba'zan turli sabablar bilan eng muhim bo'lgan hujjatlarni, masalan tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnoma yoki nikoh guvohnomasini ham yo'qotish yoki yaroqsiz holatga keltirib qo'yish ehtimoli mavjud.

Shunday vaziyatda nima qilish mumkin?

❗️Albatta, takroriy guvohnoma olish kerak! Buning uchun esa eng yaqin FHDY bo'limiga borish lozim.

📌Qulay jihati shundaki, joriy etilgan eksterritoriallik tamoyili asosida fuqarolar doimiy yashash joyidan qat'iy nazar, istalgan hududiy FHDY bo'limiga murojaat etishlarining imkon mavjud.

💠Dalolatnoma yozuvlarini tiklash deganda ilgari shunday yozuv boʻlganligini tasdiqlovchi yetarli asoslar boʻlganida, yoʻqolgan yozuvlarni qayta tiklab qoʻyish tushuniladi.

🔹Tugʻilganlik, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlari bu yozuvlar kimga nisbatan tuzilgan boʻlsa, faqat ana shu shaxslarning arizasiga koʻra tiklanadi.

🔹Agar oʻn olti yoshgacha boʻlgan bolaning tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi yoʻqolgan boʻlsa, yozuv bolaning ota-onasi, vasiysi, homiysi, bolalar muassasasi maʼmuriyatining arizasiga binoan tiklanadi.

🔹Oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvini tiklash sudning hal qiluv qaroriga asosan amalga oshiriladi.

⚡️Muhim ma'lumot: Dalolatnoma yozuvini ishonchnoma orqali tiklashga yoʻl qoʻyilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Xizmatlardan_onlayn_foydalanamiz

Topilmalar, yoqolgan buyumlar va hujjatlar boyicha elektron soʻrovnoma toʻldirish tartibini bilasizmi?

VIDEOQOʻLLANMA

❗️Elektron xizmatlardan foydalanilganda, belgilangan to‘lovning 10% miqdorida chegirma mavjud.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

JSHSHIR o'zgartirish mumkinmi

❗️Javob:

JSHSHIR barcha davlat, bank, ijtimoiy va boshqa xizmatlarni ko'rsatishda fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi yagona identifikator hisoblanadi.

JSHSHIR unikal raqam bo'lib, uni istalgan vaqtda, ya'ni "menga chiroyli raqam" kerak bahonasida almashtirib bo'lmaydi‼️

Biroq, shaxsiy identifikasiya raqami quyidagi hollarda qayta shakllantiriladi:

🔹 birlamchi shaxsiy identifikasiya raqami xatolik bilan shakllantirilganligi aniqlanganda;
🔹 shaxsning tug'ilgan sanasi o'zgartirilganda;
🔹shaxsning jinsi o'zgartirilganda;
🔹farzandlikka olinganda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Statistika #FHDY

💍 2022 yilning 7 oyi davomida nechta nikoh qayd etildi?

📝2022 yilning 7 oyi davomida FHDY organlari tomonidan respublika boʼyicha 133 381 ta nikohlar qayd etilgan.

Bu koʼrsatkich oʼtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 10 279 taga kam.

📝Shular jumlasidan:

🔹er va xotin 30 yoshgacha bo'lganlar o'rtasida - 107 248 ta

🔹er va xotin 50 yoshdan oshganlar o'rtasida - 900 ta

✍️Hududlar kesimida:

↗️30 yoshgacha bo'lganlar o'rtasida Samarqand viloyati eng yuqori koʼrsatkichni qayd etdi.

↗️ 50 yoshdan oshganlar o'rtasida Toshkent shahar eng yuqori koʼrsatkichni qayd etdi.

📝Batafsil, yuqoridagi infografikada👆

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bu_qiziq

⚡️Qarindoshlaringizni tekshiring!

🔅JSHSHIR orqali yaqin qarindoshlaringiz to'g'risidagi ma'lumotlarni ko'rish imkoni mavjudligidan xabardormisiz?

👨‍👩‍👦‍👦Yaqin qarindoshlaringiz haqidagi ma'lumotlarni ushbu havola orqali tekshirishingiz mumkin.

🔹https://my.gov.uz/uz/zags-pinfl-info 👈👈👈

❗️Agar siz biron bir xatolik yoki nomuvofiqlikni aniqlagan bo’lsangiz, ma‘lumotlarni tahrirlash uchun ariza yuborishda mana bu havoladan foydalanishingiz mumkin.

🔸https://my.gov.uz/oz/service/475👈👈👈

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_hudud

🔅Namangan viloyat adliya boshqarmasi koʻmagida bir oilaning 5 nafar aʼzosi “Metrika”li boʻldi.

Inson hayotda turli sinovlarga duch keladi. Gohida oʻzi bilib bilmagan holda xatoliklarga yoʻl qoʻyadi. Bu xatolarni toʻgʻrilash uchun esa, yillar kamlik qiladi. Oʻz vaqtida qilinmagan ish keltirar tashvish deganlaridek bir oilaning 5 nafar aʼzosi onasining shaxsini tasdiqlovchi pasporti yoʻqligi sabab tugʻilganlik guvohnomasini oʻz vaqtida olish imkoniyatidan foydalana olmagan. Bu esa, ularni turli qiyinchiliklar sari yetaklagan.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi va tuman FHDYO boʻlimining oʻrganishlari davomida Yangi Namangan tumanida yashovchi Olim Qorabaev va Shoira Rizaqulovalarning 2004-yil tugʻilgan Davlatxon Odiljonova, 2012-yil tugʻilgan Akbar Odiljonov, 2014-yil tugʻilgan Arofat, Odiljonova, 2015-yil tugʻilgan Sohiba Odiljonova va 2020 Umarxon Odiljonovlar hech bir hujjatga ega emasligi aniqladi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi aralashuvi bilan bir oilaning 5 nafar aʼzosi muddati oʻtgan tugʻilganlik guvohnomasiga ega boʻldi. Endi ular mustaqil vatanimizning chinakam fuqarosi boʻlib, yurt taraqqiyoti va yuksalishiga munosib hissa qoʻshib, yaratilgan keng imkoniyat va qulayliklardan foydalanishlari mumkin boʻladi.

Yurtimizda inson qadrini ulugʻlash yoʻlida olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlarga javoban viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan oʻtkazilayotgan sayyor qabullar, shuningdek tuman (shahar) adliya boʻlimlari xodimlarining joylarda olib borayotgan tushuntirish targʻibot tadbirlari oʻzining ijobiy samarasini bermoqda. Buning natijasida esa fuqarolarning yillar davomida toʻplanib qolgan muammolariga qonuniy yechim topilmoqda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_xabari #Yangi_xizmat

Hukumatning 364-son qarori bilan Milliy toifali sport hakami toifasini olish uchun ariza berish bo‘yicha davlat xizmati joriy etildi.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
– O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:
-- Davlat xizmatlari markazlari orqali;
YIDXPmy.gov.uz;

🔰👨‍💼Xizmatdan foydalanuvchilar:

🔹Sport turi qoidalariga hamda sport musobaqasi to‘g‘risidagi nizomga (reglamentga) rioya etilishini ta’minlash uchun jismoniy tarbiya yoki sport tadbiri tashkilotchisi tomonidan vakolat berilgan, maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan va tegishli malaka toifasini olgan jismoniy shaxslar;

💠To‘lanadigan yig‘im miqdori:

🔹
Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda — 300 000 so'm (BHM ning 1 barobari);

🔹YIDXP orqali taqdim etilganda — 270 000 so'm (to‘lanadigan summaning 90 foizi miqdorida yig‘im to‘lanadi).

❗️Ma'lumot uchun: Milliy toifali sport hakami” malaka toifasi “Birinchi toifali sport hakami” malaka toifasiga ega bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkazilgan sport musobaqalarida, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi chempionati hamda kubok maqomiga ega bo‘lgan sport musobaqalarida hakamlik qilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi. Bunda “Birinchi toifali sport hakami” malaka toifasi berilganiga kamida 2 yil o‘tgan bo‘lishi lozim.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_hudud

🔊Margʻilon shahar bozorlarida tadbirkorlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilmoqda

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi, Margʻilon shahar hokimligi va shahar davlat soliq inspeksiyasi hamkorligida Margʻilonda joylashgan markaziy bozorlarda, savdo majmualarida hamda jamoat gavjum obyektlarda tadbirkorlik subyekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtmasdan faoliyat yuritib kelayotgan fuqarolar qonuniy tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish tadbirlari tashkil etildi.

Olib borilgan tushuntirish va targʻibot ishlari natijasida bir kunning oʻzida sayyor tartibda 321 nafar fuqaro tadbirkorlik subyekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtdi. Buning natijasida fuqarolar qonuniy ish bilan taʼminlanib, mahalliy byudjetga soliq tushumlarini oshishiga, shuningdek, qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratilishiga zamin hozirlandi.

Bu kabi sayyor xizmatlar Margʻilon shahri bozorlarida hafta davomida amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_xabari #Yangi_xizmat

Hukumatning 364-son qarori bilan Sport hakamlariga malaka toifasini berish bo‘yicha davlat xizmati joriy etildi.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sportni rivojlantirish bosh boshqarmalari;

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:
-- Davlat xizmatlari markazlari orqali;
YIDXPmy.gov.uz;

🔰👨‍💼Xizmatdan foydalanuvchilar:

🔹Sport turi qoidalariga hamda sport musobaqasi to‘g‘risidagi nizomga (reglamentga) rioya etilishini ta’minlash uchun jismoniy tarbiya yoki sport tadbiri tashkilotchisi tomonidan vakolat berilgan, maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan va tegishli malaka toifasini olgan jismoniy shaxs;

💠To‘lanadigan yig‘im miqdori:

🔹
Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda — 300 000 so'm (BHM ning 1 barobari);

🔹YIDXP orqali taqdim etilganda — 270 000 so'm (to‘lanadigan summaning 90 foizi miqdorida yig‘im to‘lanadi).

❗️Ma'lumot uchun: Sport hakamlariga quyidagi malaka toifalari beriladi:

1️⃣birinchi toifali sport hakami;
2️⃣ikkinchi toifali sport hakami;
3️⃣uchinchi toifali sport hakami;
4️⃣sport bo‘yicha hakam.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Qanday hollarda obyektni rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnoma talab etilmaydi?

❗️Javob:

Hukumatning 200-son qaroriga muvofiq quyidagi hollarda rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnoma talab etilmaydi:

🏢Binolarning mustahkamligi va zilzilabardoshliligiga taʼsir qiluvchi yuk koʻtarib turuvchi qismlarining oʻzgarishiga olib kelmaydigan qayta rejalashtirish (koʻp kvartirali uydagi joylarni qayta rejalashtirish bundan mustasno);

🏚Poydevor maydonini oʻzgartirmasdan yengil turdagi qurilmalar va vaqtinchalik qurilmalarni qurish va rekonstruksiya qilish.

📌Bunda loyiha hujjatlari tuman (shahar) qurilish boʻlimlari bilan (arxitektura rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqmasdan) kelishiladi. Obyektni foydalanishga qabul qilish talab etilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_xabari

Nikohlanuvchi shaxslar majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtganlaridan soʻng nikohni rasmiylashtirish tartibini belgilash koʻzda tutilmoqda

2022-yil 2-avgust kuni Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasining majlisi boʻlib oʻtdi.

Unda senatorlar, qoʻmita huzuridagi ekspert guruhi aʼzolari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarning Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari boʻyicha doimiy komissiyalari raislari, ekspertlar, vazirlik va idoralar masʼullari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Majlisda Senatning navbatdagi yalpi majlisida muhokama qilinishi nazarda tutilgan masalalar dastlabki tarzda koʻrib chiqildi.

“Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun shular jumlasidandir. Qonun loyhasiga koʻra, nikohni qayd etishning bir oylik muddati va uni qisqartirish uchun asos boʻluvchi holatlar bekor qilinmoqda. Nikohlanuvchi shaxslar majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtganlaridan soʻng nikohni rasmiylashtirish tartibini belgilash koʻzda tutilmoqda.

Tanqidiy ruhda oʻtkazilgan majlisda koʻrilgan masalalar boʻyicha Qoʻmitaning tegishli qarorlari qabul qilindi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat