Davlat xizmatlari yangiliklari
49.7K subscribers
9.83K photos
878 videos
8 files
8.26K links
Download Telegram
#DXga_savol

Savol: Bola parvarishi nafaqasini olish tartibi haqida ma’lumot bering.

❗️Javob:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-fevraldagi PF-74-son Farmoniga (https://old.lex.uz/docs/-5865484) ko‘ra, parvarishlash nafaqasi fuqarolarning Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qilgan murojaatlari asosida budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan tayinlanadi va to‘lanadi.

O‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga har oyda 500 000 so‘m miqdorida nafaqa to‘lovi, ya’ni parvarishlash nafaqasi joriy etilgan.

O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning kasalliklari ro‘yxati bilan tanishish uchun – https://lex.uz/docs/-5865484.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#DX_ochiqlik #Bu_muhim

❗️Elektron hukumat - barcha uchun ochiq

O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to'g'risida”gi Qonunining maqsadi davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llash yo‘li bilan davlat xizmatlari ko'rsatishga doir faoliyatini, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilishni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Yodda_tuting #Eslatma #Diqqat_muhim #DX_nazorat

⚡️Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi
qonunchilikni buzish javobgarlikka sabab bo‘ladi!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#DXga_savol

💡Elektr va gaz hisoblagich kimni hisobidan xarid qilinadi?

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Infografika #FHDYO_xizmatlari #Bu_qiziq

✍️FHDY organlari tomonidan 2022 yilning dastlabki 4 oyi davomida chet el fuqarolari bilan bog'liq 989 ta nikoh qayd etildi.

Batafsil, yuqoridagi infografikada👆

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
❗️ DIQQAT, EʼLON!

Ichki ishlar elektron tizimida profilaktika ishlari olib borilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi axborot tizimlarida texnik-profilaktik ishlar amalga oshirilishi munosabati bilan, ayrim davlat xizmatlaridan (ID-karta rasmiylashtirish, haydovchilik guvohnomasini almashtirish, avtotransport vositalari bilan bog'liq notarial harakatlar va boshqalar) foydalanishda vaqtincha uzilishlar kuzatilmoqda.

Texnik-profilaktik tadbirlar yakunlangani haqida qoʻshimcha xabar beriladi.
#Top-5 #Murojaatlar #Statistika #Bu_qiziq

☎️O'tgan hafta davomida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan murojaatlarning eng ko'p qismi qaysi yo'nalishlarda kuzatildi?

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Xizmatlardan_onlayn_foydalanamiz

Аvtotransport vositalari oynalarining tusini oʼzgartirishga (qoraytirish) ruxsatnoma olish tartibini bilasizmi?

VIDEOQOʻLLANMA

❗️Elektron xizmatlardan foydalanilganda, belgilangan to‘lovning 10% miqdorida chegirma mavjud.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi #Dx_qulaylik

Davlat xizmatlari uchun to‘lovlarni elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirishingiz mumkin.

Davlat xizmatlari markazlari bank shoxobchalarida navbatlarning oldini olish maqsadida zamonaviy ekeltron to‘lov usullari joriy etilgan.

❗️
Xizmatdan foydalanuvchilar operatordan uzoqlashmasdan maxsus ilovalar orqali to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

Bu respublikamizdagi asosiy elektron to‘lov tizimlari, masalan, PayMe, Click, Apelsin, shuningdek mobil bank ilovalari orqali bajariladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Хизматлардан_онлайн_фойдаланамиз #Mutaxassisga_so'z_beramiz

👫Bolani bogʻchaga joylashtirish uchun elektron shaklda murojaat qilish tartibini bilasizmi?

Mutaxassis Sizga oson va mustaqil ravishda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali xizmatdan foydalanishga yordam beradi.

📹
VIDEOQOʻLLANMA

📌Eslatma: Turli hujjatlarni toʻplab, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari huzuridagi turli qabul komissiyalariga borish shart emas. Sababi Hukumatning 28.03.2018-yildagi 244-son qarorga asosan ular bevosita ariza qabul qilish vakolatiga ega emas.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bu_muhim
#Top_5_qonunbuzarlar

⚡️ADLIYA OGOHLANTIRADI: DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATISH TARTIBINI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK MUQARRAR!

📌Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda o‘z vazifasini sitqidildan bajarayotgan davlat idoralaridan tashqari davlat xizmatlarini o‘z vaqtida ko‘rsatmasdan, fuqarolarni sarson qilayotgan, ularning murojaatlarini eʼtiborsiz qoldirayotgan ayrim davlat idoralari ham uchrab turibdi.

📊Infografikada 2022 yilning 1-choragida aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida eng ko‘p qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan tashkilotlar top-5 ligi aks etgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Xizmatlardan_onlayn_foydalanamiz
#Mutaxassisga_so'z_beramiz

📌Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olishga online ariza berish tartibini bilasizmi?

Mutaxassis Sizga oson va mustaqil ravishda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali xizmatdan foydalanishga yordam beradi.

📹 VIDEOQOʻLLANMA

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#FHDY_xizmatlari

📌 Iyun oyidan boshlab FHDY organlari tomonidan ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari uchun qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladigan toʻlov miqdorlari haqidagi maʼlumotlar infografikalarda.

🔊Hurmatli fuqarolar!

⚡️ FHDY organlarida ortiqcha pul mablagʻlari talab qilish holatlariga guvoh bo‘lsangiz Adliya vazirligining @antikorbot telegram kanaliga hamda 1148 ishonch telefon raqamiga xabar berishingizni soʻraymiz.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

⚙️ Soliq to‘lovchilarga elektron xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida joriy yil 28-may soat 00:00 dan 29-may soat 23:59 gacha Davlat soliq qo‘mitasi Ma'lumotlarni qayta ishlash markazida profilaktika ishlari amalga oshiriladi.

🛠Profilaktika ishlari davomida my.soliq.uz portalidagi ayrim elektron soliq xizmatlarida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.
________

Уважаемые налогоплательщики❗️

⚙️
В целях повышения качества оказания электронных услуг налогоплательщикам с 00:00 часов 28 мая до 23:59 часов 29 мая текущего года в Центре обработки данных Государственного налогового комитета будут осуществляться профилактические работы.

🛠
В связи с профилактикой возможны сбои в работе некоторых электронных налоговых услуг портала my.soliq.uz.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#Xalqaro_hamkorlik

“PricewaterhouseCoopers” xalqaro konsalting kompaniyasi bilan davlat xizmatlari ko'rsatish sohasida hamkorlik

27-may kuni, Adliya vazirligida Yevropa Ittifoqi hamda BMT Taraqqiyot Dasturining “Oʻzbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlari koʻrsatishni yaxshilash va boshqaruv tizimini takomillashtirish” loyihasi doirasida “PricewaterhouseCoopers” (PwC) xalqaro kompaniyasi mutaxassislari bilan uchrashuv o'tkazildi.

Ma'lumot tariqasida aytish lozimki, PwC konsalting va audit sohasida xizmat ko‘rsatuvchi dunyodagi eng yirik to‘rtta auditorlik kompaniyalaridan biri hisoblanadi.

Uchrashuvda PwC tomonidan tayyorlangan Davlat xizmatlari markazlari faoliyatiga oid funksional tahlil natijalari, xizmat ko'rsatish tizimini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar muhokama qilindi.

Tadbir davomida davlat xizmatlarini ko’rsatish sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish hamda yangi loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilinib, kelgusidagi rejalar belgilab olindi.