Davlat xizmatlari yangiliklari
50.2K subscribers
9.9K photos
896 videos
8 files
8.36K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📚 Ko‘p kitob o‘qigan insonning dunyoqarashi boy bo‘ladi! 🌍

Kitob insonni o‘zini tushunishga, fikr yuritishga va atrofdagilar bilan muloqot qilishni osonlashtirishga yordam beradi. O‘zini anglagan inson boshqalarni ham yaxshi tushunadi!

💡 Siz ham "Ziyo ulash" aksiyasida ishtirok eting va bilim nurlari bilan bo‘lishing! 📖

📌 Kanalga ulanish
📢 Firma nomida davlat nomidan foydalanish tartibi tasdiqlandi!

📍Ushbu davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilish yoki Tizimdan (birdarcha.uz) ro'yxatdan o'tish kerak.

🔹Qaysi tashkilotlar firma nomida davlat nomidan foydalana oladi?

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis, Prezident yoki Hukumat qarorlariga muvofiq tashkil etilgan yoki faoliyat yuritadigan yuridik shaxslar (agar hujjatlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lsa);
Davlat organlari tomonidan tashkil etilgan davlat muassasalari;
Ustav kapitalida davlat ulushi 50% dan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari;
Respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar birlashmalari;
Hukumat va mahalliy hokimiyat organlarining O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etgan murojaatlariga asosan, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar.

Batafsil: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-fevraldagi 65-son qarori.

📌 Kanalga ulanish
📢 Biznesingiz nomini oldindan himoya qilish imkoniyati!🔥

Endi firma nomini buyurtma qilish mumkin!

🔹 Agar tanlagan nom qonunchilikka mos bo‘lsa, uni birinchilardan bo‘lib egallang va oldindan band qiling!
🔹 Firma nomini 60 kungacha zaxirada saqlab, zaxiraga olingan muddat tugasa, uni qo'shimcha ravishda bir marotaba 12 oydan oshmagan muddatga BHMning 1 baravari miqdorida to'lov to'lagan holda uzaytirish mumkin.

Firma nomini oldindan zaxira qilish uchun BHMning 50% miqdorida to‘lov qilinadi.

⚡️ Ushbu davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki elektron tizim orqali (birdarcha.uz) murojaat qiling!
📌 Xizmat ko'rsatish muddati – 2 ish kuni.

💼 Raqobatchilardan oldin harakat qiling va biznesingiz nomini himoya qiling! 🚀

Batafsil: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-fevraldagi 65-son qarori.

📌 Kanalga ulanish
#Adliya_xabari

Aholi va tadbirkorlar uchun yana bir qulaylik: qurilishga ruxsat olish muddati 40%ga qisqardi

Adliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan Toshkent shahrida eksperiment tariqasida qurilishga ruxsat berish va arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini (ART) ishlab chiqish davlat xizmatlari kompozit tarzda koʻrsatish boʻyicha qoʻshma qaror tasdiqlandi.

Mazkur hujjatga asosan 2025-yil 15-fevraldan boshlab, qurilishga ruxsat berish va arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish uchun zarur boʻlgan muddatlar va koʻrib chiqish bosqichlari sezilarli darajada qisqartirildi.

Xususan, umumiy muddat 20 ish kunidan 12 ish kuniga, koʻrib chiqish bosqichlari 11 dan 7 taga qisqartirildi va yigʻim miqdori
BHMning 1,5 baravardan 0,5 baravariga tushirildi.

Muqaddam mazkur davlat xizmatlaridan foydalanish uchun talabgorlar jami 5 marotaba (ruxsatnoma uchun ariza yuborish, ruxsatnomani olish, ART uchun ariza yuborish, ART toʻlovini amalga oshirish hamda ARTni olish) davlat xizmatlari markazlariga kelishlari lozim boʻlgan boʻlsa, hozirda ushbu raqam 3 marotabagacha qisqardi (YIDXPdan yuborilsa kelish shart emas).

Bu oʻzgarishlar nafaqat ortiqcha ovoragarchilikni, balki vaqt va mablagʻni tejashga ham yordam beradi. Bitta ariza bilan qurilishga ruxsatnoma va ART hujjatlarini olish imkoniyati yaratildi.

Eksperiment 2025-yil oxiriga qadar Toshkent shahrida olib boriladi va natijalari boʻyicha respublika miqyosida joriy qilish uchun Vazirlar Mahkamasiga takliflar taqdim etiladi.

Yangi tartib shahar va respublikadagi qurilish sohasini yanada takomillashtirishga qaratilgan muhim qadam boʻlib, aholi va tadbirkorlar uchun qulayliklar yaratishga xizmat qiladi.

📌 Kanalga ulanish
🚀 Nodavlat arxivlarni tashkil etish bo‘yicha yangilik!

🖥 Endi ushbu faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma yuborish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki “Litsenziya” axborot tizimi orqali murojaat qilish mumkin.

⏱️ Ariza avtomatik tarzda ko‘rib chiqiladi.

Tezkor va qulay xizmatdan foydalanib, biznesingizni rivojlantiring!🌟

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qarori.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyo_ulash

Adliya vazirligi xodimlari “Ziyo ulash” aksiyasi doirasida kitoblar bilan o‘rtoqlashishni davom ettirmoqdalar. Navbatdagi manzil — Yashnobod tumani davlat xizmatlari markazi.

Endi markazga tashrif buyurgan har bir kishi kitob olib o‘qishi va keyinchalik o‘z kitobini boshqalar bilan baham ko‘rishi mumkin.

Tashabbusga qoʻshilmoqchimisiz?
Yagona sharti: oʻqib boʻlgach, boshqaga bering. Kitoblaringizni eng yaqin davlat xizmatlari markaziga topshiring. Ehtimol, aynan sizning kitobingiz kimnidir yangi yutuqlarga ilhomlantirishi mumkin.

💡Kitob ulashing — ziyo koʻpayadi.


📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

“Madaniyat va ma’rifat” telekanali “Ziyo ulash” ijtimoiy loyihasida safimizga qo‘shildi.

📌 Kanalga ulanish
#Bilasizmi

🔰 Ko‘chmas mulk sotish yoki sotib olishda "Ko‘chmas mulk tarixi haqida ma’lumot" olish xizmatidan foydalanib, mulkka nisbatan amaldagi va avvalgi huquqlar, mulk davlat ro‘yxatiga qachon kiritilgani, huquqni tasdiqlovchi hujjatlar turi, kim tomonidan berilgani, sanasi va raqami haqidagi ma’lumotlarni bilib olish mumkin.

📄Ma’lumotnomani olish uchun davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etish, yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YIDXP) yoki O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining davreestr.uz veb-saytida ro‘yxatdan o‘tish kerak.

🏢Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ(lar):

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari.

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
BHMning 50 foizi. Davlat xizmatini ko‘rsatish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

🗓Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 3 ish kuni.

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 380-son qarori.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🆕 “Adliya-QR” axborot tizimi: fuqarolar uchun yangi qulayliklar!

2025-yildan boshlab Davlat xizmatlari markazlarida fuqarolar uchun “Adliya-QR” axborot tizimi joriy etildi. Ushbu tizim orqali fuqarolar:
🔹 Face-ID orqali ariza ma’lumotlarini tasdiqlash;
🔹 Arizaga tegishli to‘lovlarni amalga oshirish;
🔹 Arizada kiritilgan ma’lumotlar bilan tanishish;
🔹 Xizmat sifatini baholash;
🔹 Ariza natijalarini yuklab olish;
🔹 Zarur ma’lumotlarni markaz xodimi bilan almashish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Bu yangilik quyidagi qulayliklarni yaratadi:
- Fuqarolar vaqtini tejaydi;
- Navbatlar sezilarli darajada kamayadi;
- Xizmat sifati oshadi;
- Ortiqcha xarajatlar qisqaradi.

Davlat xizmatlarini yanada qulay va sifatli qilish yo‘lida ishlashda davom etamiz!

📌 Kanalga ulanish
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 124-sonli qaroriga asosan, yangi uchta davlat xizmati ishga tushirildi.

Endilikda Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish bo‘yicha ariza yuborish uchun davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilish yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali ariza yuborish mumkin.

Davlat xizmatidan O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab turgan O‘zbekiston Respublikasining, boshqa davlatlarning fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar foydalanishi mumkin.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi organlar esa viloyat va tuman hokimliklari, shuningdek, davlat tashkilotlari hisoblanadi.

Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari.

Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 1 oy.

Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha mulk huquqini beruvchi davlat orderi taqdim etiladi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💢 Tadbirkorlar uchun muhim yangilik!

Davlat xaridlari bo‘yicha Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kirish endi:
Davlat xizmatlari markazi
Yagona portal (my.gov.uz)
orqali BEPUL amalga oshiriladi!

🔗 Ariza topshirilgach, 2 ish kuni ichida taqdim etilgan ma'lumotlar jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi.
🚀 Bu jarayon OCHIQ va SHAFFOF bo‘ladi!

❗️Agar qonunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yagona yetkazib beruvchi deb belgilangan bo‘lsa yoki maxfiy hujjatlar bo‘lsa jamoatchilik muhokamasi bo‘lmaydi.

Asos: Vazirlar Mahkamasinig 2025-yil 18-fevraldagi 102-son qarori.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM