Davlat xizmatlari yangiliklari
51.3K subscribers
10K photos
923 videos
8 files
8.51K links
Download Telegram
#Adliya_sarhisob

DXMda qachon navbat kam boʻladi: davlat xizmatlari markazlariga oid muhim raqamlar (2024-yil 9 oylik)

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

🔰 Ko‘chmas mulk sotish yoki sotib olishda "Ko‘chmas mulk tarixi haqida ma’lumot" olish xizmatidan foydalanib, mulkka nisbatan amaldagi va avvalgi huquqlar, mulk davlat ro‘yxatiga qachon kiritilgani, huquqni tasdiqlovchi hujjatlar turi, kim tomonidan berilgani, sanasi va raqami haqidagi ma’lumotlarni bilib olish mumkin.

📄Ma’lumotnomani olish uchun davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etish, yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YIDXP) yoki O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining davreestr.uz veb-saytida ro‘yxatdan o‘tish kerak.

🏢Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ(lar):

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari.

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
BHMning 50 foizi. Davlat xizmatini ko‘rsatish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

🗓Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 3 ish kuni.

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 380-son qarori.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | Sayyor qabulda aholi murojaatlari hal etilmoqda

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Shoxidaxon Yuldasheva
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekistondagi Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga saylovlarni kuzatishga kelgan Rossiya Davlat dumasi raisi oʻrinbosari Vladislav Davankov bugun Chilonzor tumani davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishdi.

Adliya vaziri oʻrinbosari X. Meliyev markazda V. Davankov bilan uchrashuv oʻtkazdi. Tomonlar fuqarolarga muhim masalalarni tez va qulay hal qilishga koʻmaklashadigan raqamlashtirilgan, proaktiv va kompozit xizmatlarni joriy etish masalalarini muhokama qildi.

Taʼkidlanishicha, davlat xizmatlari markazlari orqali 400 ga yaqin turdagi xizmatlardan foydalanish mumkin. Oʻtgan yilning oʻzida markazlar orqali mamlakat aholisiga 13 millionga yaqin davlat xizmatlari koʻrsatilgan.

Bir binoda DXM bilan bir qatorda adliya boʻlimi, bepul huquqiy maslahat beruvchi “Madad” NNT va yuridik xizmat koʻrsatish markazi joylashgani tufayli, fuqarolar barcha huquqiy masalalarni boshqa idoralarga qoʻshimcha tashrif buyurmasdan, joyning oʻzida hal qilish imkoniyatiga ega boʻlmoqdalar.

https://t.iss.one/yuldasheva_shoxidaxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

O‘zbekiston davlat xizmatlarini raqamlashtirishni jadallashtirmoqda: Tojikistondagi forumda adliya vaziri o‘rinbosari sohadagi ustuvorliklar va yutuqlar haqida so‘zlab berdi

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👉 So‘rovnoma

🟡 Sizning fikringiz davlat xizmatlaridan foydalanishni yengillashtirishga sabab bo‘lishi mumkin.

📱 Bugun raqamlashtirish tufayli aholiga 670 dan ortiq davlat xizmatlari onlayn shaklda ko‘rsatilmoqda.

❗️ Shunga qaramay, byurokratik to‘siqlarni kamaytirish, davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladigan ishlar ko‘p. Bu jarayonda har bir yurtdoshimizning ishtiroki juda muhim. 

🧑‍💻 Ushbu maqsadlarga erishish uchun Sizni qisqa so‘rovnomamizda ishtirok etishga taklif etamiz.

💬💬💬💬💬💬

👉 Опрос

🟡 Ваше мнение может облегчить пользование госуслугами.

📱  Сегодня, благодаря цифровизации, более 670 государственных услуг предоставляются населению онлайн.

❗️Однако, вместе с тем, необходимо проделать большую работу в плане сокращения бюрократических барьеров и обеспечения открытости государственных органов. Участие каждого гражданина в этом процессе очень важно.

🧑‍💻В целях достижения поставленных задач мы приглашаем Вас принять участие в нашем небольшом опросе.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Madad_loyihasi

⚡️Bugun, 2-noyabr kuni “Matonat” filmini “Zoʻr TV” telekanalida tomosha qiling!

“Matonat” filmi real voqealarga asoslangan boʻlib, Adliya vazirligi tashabbusi bilan yoʻlga qoʻyilgan “Madad” ijtimoiy-huquqiy loyihasi doirasida suratga olingan.

Oʻtkazib yubormang
!

Vaqti: 17:50

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🆕 Yangi Qulaylik ❗️

Endilikda, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatni litsenziyalash uchun yuridik shaxslar "Litsenziya" axborot tizimi orqali murojaat qilishlari mumkin bo'ladi 📲.

🔹 Litsenziyalar 🏛 Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan 5 yil muddatga taqdim qilinadi.

🔜 2026-yil 1-yanvardan boshlab ushbu faoliyatning ayrim kichik turlari ham alohida litsenziyalash tartibiga kiritiladi. Misol uchun:

🚚 Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning olib kirish faoliyati;
🏬 Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash va realizatsiya qilish faoliyati;
⚙️ Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni ishlab chiqarish, tayyorlash va saqlash faoliyati va boshqalar.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-oktabrdagi 725-son qarori.

Batafsil ma'lumot


Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
🌟 Yangi imkoniyatlar "Mening biznesim" modulida! 🆕

🖥 Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish (new.birdarcha.uz) tizimida yangi “Mening biznesim” moduli joriy etildi. Ushbu modul orqali tadbirkorlar o'z bizneslariga doir bir qator muhim ma’lumotlarni bir joyda olishlari mumkin.

📍Misol uchun:
- Tadbirkorlik subyektlarining umumiy ma’lumotlarini
- Soliq hisobotlari va ma'lumotlarini
- Litsenziya va intellektual mulk ma’lumotlarini
- Ko‘chmas mulk ma’lumotlarini
- Bandlik va YHXX ma’lumotlarini
- Taqiqlar va It park ma’lumotlarini
- Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ma’lumotlarini
- Qimmatli qog‘ozlarning markaziy depozitariysi ma’lumotlarini.

Yangi imkoniyatlar yordamida biznesingizni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlarga tezda ega bo‘ling! 🏢📊

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📍Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev Qarshi mahsus prokurori U.Elmurodov bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining Qarshi shahridagi 4-mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi faoliyati bilan tanishdi.

Vazir o‘rinbosari tomonidan ichki ishlar organlarining mas’ul xodimlariga jinoiy huquqbuzarliklar, avf etish va jazoni ijro etish faoliyatiga oid so‘nggi vaqtlarda qabul qilingan qonunchilik hujjatlari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida, jumladan adliya organlari faoliyatida so‘nggi vaqtlarda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar va yangi tashabbuslar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.