Davlat xizmatlari yangiliklari
49.8K subscribers
9.83K photos
878 videos
8 files
8.26K links
Download Telegram
#Adliya_xabari
#Davlat_xizmatlari_sohasida_yana_bir_yangilik

⚡️Yana bir qog‘ozbozlik endi o‘tmishda.

❗️Endilikda, bog‘chaga shakllangan yo‘llanmani olishga Davlat xizmatlari markaziga borish shart emas!

📝Adliya vazirligi, Maktabgacha taʼlim agentligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi birgalikda fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida yana bir byurokratiyaga chek qo‘yishdi.

🗓Xabaringiz bor, bugungi kunga qadar farzandingizni bog‘chaga joylashtirish uchun yo‘llanmani Davlat xizmatlari markazidan (agar markaz orqali yuborilgan bo‘lsa) olishingiz lozim edi va buning uchun Siz vaqt va mablag‘ kabi omillarga duch kelgansiz.

📄Yangi tartib bilan bunday ovoragarchiliklar endi bo‘lmaydi!

Qanday deysizmi?

👉Endilikda, yo‘llanma shakllanishi bilan Sizga SMS xabar orqali ariza raqami va maxfiy kod yuboriladi. Ushbu maxfiy kod bilan Siz to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘chaga borishingiz va mudiraga aytishingiz kifoya.

📌Asosiysi, Sizga shakllangan yo‘llanmani tasdiqlovchi maxfiy kodi MTM mudirasiga aytilmaguncha u yo‘llanmani ko‘ra olmaydi va bu bilan korrupsiya holatlari oldi olinadi.

📊Yana bir ahamiyatli jihati, birgina 2022 yilning ozida bog‘chaga joylashtirish uchun 1 405 424 ta, 2023 yilning 9 oyi mobaynida esa 1 022 065 ta yo‘llanma shakllangan. Bu degani, ushbu qulaylik orqali fuqarolarning nafaqat vaqti balki har yili 1.2 milliondan ortiq (6 tonna) qog‘oz tejalishiga erishiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

ARXIVLAR FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA

“O‘zarxiv” agentligi Adliya vazirligi tizimiga o‘tkazilgandan so‘ng, arxiv organlarini ham adliya organlari bilan uyg‘unlashtirish jarayonlari faol ravishda amalga oshirilmoqda.

Xususan, arxiv organlari tomonidan ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining holati, arxiv organlari faoliyat yuritayotgan binolar, ularda xodimlarga yaratilgan sharoitlar hamda arxiv xodimlarini qiynayotgan muammolar Adliya vazirligi rahbariyat tomonidan eng quyi bo‘g‘indagi arxivlar misolida o‘rganilmoqda.

Aholiga arxiv sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini va qulayligini yanada oshirish maqsadida, arxiv organlarini zamonaviy binolar bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Joriy yilning 18- oktabr kuni adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev ishtirokidagi ishchi guruh davlat arxivlarining faoliyatini o‘rganish uchun Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumaniga tashrif buyurdi.

Ma’lumki, mazkur viloyatda jami 19 ta davlat arxivlari va 12 ta shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari faoliyat yuritadi.

O‘zining alohida binosiga ega bo‘lmagan Kasbi tumani shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi shu vaqtga qadar Kasbi tumani IIB qarashli binodan foydalangan. Shu sababli Kasbi tumani davlat arxivi FHDY boʻlimining avvalgi binosiga koʻchirib oʻtkazildi.

Shu kuni vazir o‘rinbosari X.Meliyev Kasbi tuman arxividagi hujjatlar saqlanish holati, xodimlarga yaratilgan shart- sharoitlar, elektronlashtirish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, tashrif davomida kelgusidagi amalga oshiriladigan ishlar haqida tavsiyalar berildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

🔅Quyidagi yuridik shaxslar oʻz nomlari va ramzlarida “Oʻzbekiston Respublikasi” va “Oʻzbekiston” rasmiy nomlaridan, shuningdek ulardan hosila soʻzlardan foydalanish huquqiga ega:

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oliy Majlis palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq tashkil etiladigan yoki faoliyatini tashkil etish amalga oshiriladigan yuridik shaxslar, agar ularning nomlari tegishli hujjatlarda toʻgʻridan-toʻgʻri nazarga tutilgan boʻlsa;

Hukumat qaroriga koʻra tashkil etiladigan davlat unitar korxonalari hamda davlat organlari va respublika ahamiyatiga molik tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan davlat muassasalari;

ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari;

yuridik shaxslar respublika ahamiyatiga ega boʻlgan birlashmalari;

respublika nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek nomlarida bosh tashkilotning toʻliq nomi koʻrsatiladigan ularning alohida boʻlinmalari;

davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etilgan murojaatlari asosida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Auditorlik tashkilotini Auditorlik tashkilotlarining reyestriga kiritish bo‘yicha davlat xizmatini olish uchun qayerga murojaat qilish kerak?

📝Javob: Auditorlik tashkilotini Auditorlik tashkilotlarining reyestriga kiritish bo‘yicha davlat xizmati O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) va davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladi.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-avgustdagi 387-son qarori.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Litsenziyalash_xizmati

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya" olish mumkin.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

"Litsenziya" AT - license.gov.uz;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs — O‘zbekiston Respublikasi rezidenti.

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori — 165 000 so'm (BHMning 50 foizi)

❗️Litsenziya qayta rasmiylashtirilayotganda, litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqqanlik uchun to‘lanadigan summaning ellik foizi miqdorida.

💸Litsenziya berilganligi uchun davlat boji 1 650 000 so'm (BHMning 5 baravari)

❗️Litsenziya qayta rasmiylashtirilayotganda, davlat boji undirilmaydi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 20 ish kuni

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: Cheklanmagan

🔅Izoh
: Boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini litsenziyalash pasporti mazkur faoliyatni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa norma va qoidalarning talabgor va litsenziat tomonidan bajarilishini istisno etmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

📌Kadastr pasportini shakllantirish qaysi holatlarda bepul rasmiylashtirilishi haqida bilasizmi?

Hukumatning 535-son qaroriga asosan quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:

🏢Ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;

🏘Ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;

📋Kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk obyekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan).

❇️Mazkur davlat xizmatidan Davlat xizmatlari markaziga borgan holda yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron tarzda foydalanishingiz mumkin.

🔅Yaqinlaringiz bilan foydali ma'lumotlarni bo'lishishni unutmang!

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #FHDY_xizmatlari
#Mutaxassisga_sharhi

🔅Qanday hollarda nikohni qayd etishdagi 1 oylik muddat qo‘llanilmaydi?

📌Yaqinlaringiz bilan foydali ma'lumotlarni bo'lishishni unutmang!

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliev davlat xizmatlari ko‘rsatishga vakolatli bo‘lgan idoralar vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha vakolatli organlar tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatish ahvoli yuzasidan davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi vakolatli idoralar vakillari ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda ishtirokchilar murojaatlar bilan ishlash jarayonida duch kelayotgan ayrim tushunmovchiliklar, bartaraf etilishi lozim bo‘lgan masalalar bo‘yicha takliflarini bildirishdi. O‘zlarini qiziqtirgan savollarni o‘rtaga tashlashdi. X.Meliev mazkur takliflar vazirlik tomonidan ko‘rib chiqilishini ma‘lum qilar ekan, vakolatli idoralar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan holatlarni kelgusida oldini olish bo‘yicha zarur tavsiyalarni berib o‘tdi.

BATAFSIL 👇

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha undiriladigan toʻlovlar qancha?

Javob
:

Hukumatning 620-son qaroriga asosan Xorijiy davlatlarda umumiy oʻrta va oʻrta taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish bepul amalga oshiriladi.

📌Xorijiy davlatlarda oʻrta maxsus, kasb-hunar, oliy taʼlim, kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish taʼlimi olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun 990 000 so'm (BHMning 3 baravari) miqdorida yigʻim undiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Litsenziyalash_xizmati

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalasi sohasida faoliyat uchun litsenziya" olish mumkin.

🖥Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz orqali;

📎Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs;

📝Litsenziya olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar:

📄Yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), to‘lov topshiriqnomasi raqami va sanasi, litsenziyalanayotgan faoliyatning (uning bir qismining) amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan turi ko‘rsatilgan litsenziya berish to‘g‘risida ariza.

🔹Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 1 320 000 so'm (BHMning 4baravari)

🔹Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

💸3 300 000 so'm (BHMning 10 baravari);

🗓Arizani ko‘rib chiqish muddati: 15 kun

📌Litsenziyaning amal qilish muddati: Cheklanmagan

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM