Davlat xizmatlari yangiliklari
50.6K subscribers
9.87K photos
885 videos
8 files
8.31K links
Download Telegram
#Bilasizmi

📝Rasmiy hujjatlarga elektron apostil qoʼyish boʼyicha davlat xizmati haqida bilasizmi?

✔️ Hukumat qaroriga (732-son, 03.12.2021-y.) asosan O‘zbekiston Respublikasi hududida tuzilgan rasmiy hujjatlarga elektron apostil qoʼyish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

🔹 Hozirda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga doir taʼlim va fan sohasiga tegishli rasmiy hujjatlarga

🔹Tegishli hududdagi adliya organlari va muassasalaridan hamda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga;

🔹Sudlardan chiqadigan rasmiy hujjatlarga;

🔹Prokuratura, tergov, surishtiruv va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlardan chiqadigan rasmiy hujjatlarga;

🔹Shu bilan birga boshqa rasmiy hujjatlarga Tashqi ishlar vazirligi tomonidan apostil qoʼyish boʼyicha davlat xizmatidan foydalanishingiz mumkin.

🖥Murojaatlar qabul qilinadi:
Davlat xizmatlari markazlari;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

📄So‘rovnomani ko‘rib chiqish uchun murojaat etuvchidan BHMning 20 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

YIDXP orqali murojaat etilganda, yigʻim miqdorining 90 foizi undiriladi.

🗓 Soʻrovnoma rasmiy hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 2 ish kuni ichida (zarur hollarda, 10 ish kuni ichida) koʻrib chiqiladi.

☑️ Rasmiy hujjatga elektron apostil qoʻyish bilan bogʻliq barcha jarayonlar “E-App” va “E-register” dasturlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash uchun ruxsatnoma berish xizmati bo‘yicha yuboriladigan arizaga qanday hujjatlar ilova qilinadi?

📄Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

🔹yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash uchun buyurtma beruvchi va ariza beruvchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma nusxasi;

🔹yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash uchun loyiha hujjatlarining elektron nusxalari;

🔹ariza beruvchiga tegishli bo‘lgan burg‘ilash uskunasining mavjudligi to‘g‘risida ma’lumot (uskuna texnik pasporti yoki uni ijaraga olganligi to‘g‘risida shartnoma nusxasi).

📌Ariza beruvchidan yuqorida ko‘rsatilmagan ma’lumotlarni, shuningdek, boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.

☑️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-yanvardagi 9-son qarori bilan tasdiqlangan “Yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning” ma’muriy reglamenti.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Litsenziyalash_xizmati

⚡️Endilikda "Litsenziya" axborot tizimi orqali "Yer qa’ri bo‘yicha geologik materiallarning loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasi xulosasini" olish mumkin.

🔸Murojaatlar:

🟣 "Litsenziya" AT - license.gov.uz;
🟣YIDXP – my.gov.uz orqali qabul qilinadi;

🤔Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs;

📄Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar👈

👉Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

🔹Loyiha-smeta hujjatlariga ekspert xulosasini berish shartnoma asosida amalga oshiriladi.

🔹Bunda bitta loyihaning ekspertizasi uchun xarajatlar loyihaning bir foizgacha bo‘lgan qiymatda hisoblanadi.

📝Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun yig‘im miqdori:

💸Loyihaning bir foizgacha bo‘lgan qiymati;

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 30 kun

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati:

🔸Ekspert xulosasining amal qilish muddati geologik yoki texnik topshiriqqa muvofiq tuzilgan loyihada ko‘rsatilgan davr uchun beriladi;

Izoh:Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan yo‘riqnoma va smeta normalar to‘plamlari Davlat geologiya qo‘mitasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi va Oltinsoy tumani adliya bo‘limlari faoliyati o‘rganildi

Ayni kunlarda adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh Adliya vazirligining eng quyi tizimlari faoliyatini o‘rganishmoqda.

Jumladan, 20-sentabr kuni adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyev tomonidan Sho‘rchi va Oltinsoy tumanlari adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari markazlari,  FHDY organi hamda, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi faoliyati o‘rganildi.

Shu o'rinda, mazkur tumanlarning davlat xizmatlari markazida bo‘lib, bu yerda fuqarolarga davlat xizmatlaridan yanada qulay, oson foydalanishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va boshqa qulayliklar ko‘zdan kechirildi.

Fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini aniqlash va mavjud kamchiliklarni bartaraf etishdan tashqari, tizim masʼullari faoliyatini jadallashtirish, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, xodimlarning fuqarolar bilan muloqot qilish ko‘nikmalarni oshirish kerakligi takidlandi.

Shuningdek, davlat xizmatlardan foydalanish uchun tashrif buyurgan fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, aniqlangan muammolar hamda aholi tomonidan berilgan takliflar bo‘yicha adliya bo‘limi mas‘ullariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_muhim
#Davlat_xizmatlaridan_qulaylik

📱“Litsenziya” axborot tizimining mobil ilovalasi haqida bilasizmi?

Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish hamda byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish orqali tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun yanada keng shart-sharoitlarni yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentinig PF-6044-sonli Farmoniga asosan “Litsenziya” axborot tizimi ishga tushirilgan.

📌Tizim foydalanuvchilariga yanada qulaylik yaratish maqsadida iOS va Android mobil ilovalari orqali xizmatlardan foydalanish imkoniyati yaratilgan.

📲Ushbu mobil ilova orqali litsenziyalash va ruxsat berish hujjatlarini olish uchun ariza berish, kabinet orqali tashkilotga tegishli boʻlgan litsenziya va ruxsat berish hujjatlari boʻyicha maʼlumotlarni olish, litsenziyalar reyestridan maʼlumotlar izlash va yana boshqa imkoniyatlardan foydalanish mumkin.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

💸Hisoblangan ish haqi summalari to‘g‘risidagi ma’lumotni qanday olish mumkin?

Foydalanuvchilar ushbu davlat xizmatidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-fevraldagi PQ-4193-son qarori 3-bandida keltirilgan “tadbirlar rejasi”ga asosan foydalanadilar.

👨‍💻Ariza beruvchilar mazkur davlat xizmatidan my.gov.uz portalida ro‘yxatdan o‘tib, so‘rov yuborish orqali istalgan vaqtda foydalanishlari mumkin.

⚡️ Eslatma!

➡️ xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul;
➡️ xizmat natijasi avtomatik ravishda (real vaqt rejimida) shakllanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Surxondaryo viloyatining Denov, Uzun, Sariosiyo tumanlari adliya bo‘limlari faoliyati o‘rganildi

Bugun, adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi va Oltinsoy tumani adliya bo‘limlari faoliyati o‘rganilganligi haqida xabar bergandik.

Kunning ikkinchi yarimida, ishchi guruh viloyatning Denov, Uzun, Sariosiyo tumanlari adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari markazlari, FHDY organi hamda, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazida bo‘lib, bu yerda jismoniy va yuridik shaxslarning davlat xizmatlaridan yanada qulay, oson foydalanishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar ko‘lami bilan tanishdi.

O'rganishlar davomida, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini aniqlash va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bilan bir qatorda, tizim masʼullari faoliyatini jadallashtirish, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, xodimlarning fuqarolar bilan muloqot qilish ko‘nikmalarni oshirish kerakligi ta'kidlandi.

Ishchi guruh tumanlarning Davlat xizmatlari markazida fuqarolarga yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirish bilan bir qatorda DXMga tashrif buyurgan fuqarolar bilan ham muloqot tashkil etildi. Muloqot davomida aholining davlat xizmatlarini olishda duch kelayotgan muammolar bo'yicha murojaatlari tinglandi va ayrim masalalar yuzasidan joyida huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, o‘rganib chiqish muddat talab etadigan murojaatlar ish yurituvga qaratilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yo’nalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Iste’molchilarni gaz tarmoqlariga ulash jarayoni nimalarni nazarda tutadi?

📎Javob:

📌Iste’molchilarni gaz tarmoqlariga ulash jarayoni quyidagilarni nazarda tutadi:

🔹texnik shartlarni ishlab chiqish;
🔹gaz ta’minoti loyihasini ishlab chiqish va kelishish;
🔹qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish;
🔹tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash;
🔹sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish uchun, yiliga 100 000 va undan ortiq kubmetr tabiiy gazdan bitta pribor uchun yoqilg‘i sifatida foydalanuvchi yuridik shaxslar gaz xo‘jaligining mavsumiy va uzoq muddat ishlovchi gaz iste’moli obyektlarini ishga tushirish uchun ruxsatnomalar berish;
🔹gaz ta’minoti shartnomasini tuzish;
🔹sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish;
🔹tabiiy gazni yetkazib berish.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 256-son qarori.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida davlat xizmatlarini raqamlashtirish mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 20 sentabr kuni Dushanbe shahrida Tojikiston Respublikasining Adliya vazirligi va Birlashgan millatlat tashkilotining taraqqiyot dasturi hamkorligida “Tojikistonda davlat xizmatlarini raqamlashtirish” mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada Yevropa ittifoqi, Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi, Jahon banki, AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID), Osiyo taraqqiyot banki (OTB), Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki (YTTB) va bir qator Tojikiston Respublikasining vazirlik va idoralari vakillari ishtirok etdi.

Maqsad, ikki davlat o‘rtasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish, axborot tizimlarini yaratish va ularni o‘zaro integratsiya qilish orqali ma’lumot almashinuvini yo‘lga qoyish, davlat xizmatlarini yaratishda biznes jarayonlarni soddalashtirish, axborot xavsizligini ta'minlash sohasida hamkorlikni yo’lga qo’yish rejalashtirilgan.

Tadbir davomida, Adliya vazirligining Raqamlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Kamol Almuradov O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan aholiga “yagona darcha” tamoyili asosida davlat xizmatlarini ko‘rsatish amaliyoti, joriy etilgan axborot tizimlari, ularning boshqa tizimlar bilan o‘zaro integratsiyasi haqida batafsil maʼlumot berildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat