Davlat xizmatlari yangiliklari
50.5K subscribers
9.87K photos
884 videos
8 files
8.31K links
Download Telegram
#Adliya_xabari #Yangi_xizmat #Yangi_qulaylik

⚡️1-kurs talabalari diqqatiga!

🏠Endilikda, yotoqxonaga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz orqali murojaat qilishingiz mumkin

🖥Yangi joriy qilingan davlat xizmati bu yil davlat OTMga kirgan talabalarga Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali bepul elektron ariza yuborgan holda yotoqxonaga joylashishlari imkonini beradi.

🗓 23-avgustdan qabul qilinadi.

📌 Talabalar yotoqxonasiga joylashish uchun taqdim etilgan yo'llanma 10 kungagina amal qiladi.

❗️Unutmang: 2-kurs va undan yuqori kurs talabalarini yotoqxonaga joylashtirish an'anaviy tarzda amalga oshiriladi.

👉Ushbu qulaylik haqida talaba bo'lgan tanishlaringizga yuborishni unutmang!

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Litsenziyalash_xizmati

⌨️"Litsenziya" axborot tizimi orqali Konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash mumkin.

🖥Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz orqali;

📌Xizmatdan foydalanuvchilar: Ijrochilar — jismoniy shaxslar va ijodiy jamoalar — yuridik shaxslar

📄Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 660 000 so'm (BHMning 2 baravari);

💳Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori haqida ushbu havola👈 orqali tanishishingiz mumkin

🗓Arizani ko‘rib chiqish muddati: 15 kuni

✔️Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: Cheklanmagan

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Davlat xizmatlari markazi orqali sudlanmaganlik (sudlanganlik) haqidagi ma’lumotnoma qanday olinadi?

Aynan shu haqida bizning infografikamiz orqali zarur ma'lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari_sohasida_yana_bir_yangilik

Endilikda, Bino (inshoot) va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosani olish yanada oson

👉Buning uchun:
Jismoniy
yoki yuridik shaxs Davlat xizmatlari markazlariga yoki onlayn - my.gov.uz orqali murojaat qilishi lozim.

🔸Shu o'rinda davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun 33 ming soʻm yigʻim undiriladi.

📝Jismoniy shaxslar YAIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.

🗓 Soʻrovnoma kelib tushgach, vakolatli organ bino va xonalarni 10 ish kuni ichida normativ-huquqiy hujjatlarga va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga asosan joyiga chiqqan holda koʻrib chiqadi.

💳Keyingi qadamda, Favqulodda vaziyatlar vazirligining davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan, barcha talablarga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosani DXMga yoki ariza beruvchiga YIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi.

✔️Ushbu qulaylik haqida do'stlaringiz bilan ulashishni unutmang!

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Foydali_ma'lumot

🏦Markaziy bank 24-avgustdan boshlab amalda bo‘ladigan valyuta qiymatlarini belgiladi.

📁Batafsil yuqoridagi infografikada 👆👆👆

🔅Foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yo’nalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

ERI kalitlarining sertifikatlarini berish uchun qancha miqdorda yig‘im undiriladi?

👉ERI kalitlarining sertifikatlarini berish uchun yuridik shaxslardan va yuridik shaxs tashkil etmagan tadbirkorlik subyektlaridan bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi, jismoniy shaxslardan esa 7 foizi miqdorida yig‘im undiriladi, qonun hujjatlarida ERI kalitlarining sertifikatlarini bepul olish nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

🤔Jismoniy shaxslarga ERI kalitlarining sertifikatlarini berishda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga mazkur bandning birinchi xatboshida belgilangan yig‘imning 50 foizi miqdorida chegirma qo‘llaniladi.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-maydagi 348-son qarori.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT -
license.gov.uz orqali;
YIDXPmy.gov.uz;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

Jismoniy shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari

💠To‘lanadigan yig‘im miqdori:

— Arizani ko‘rib chiqish uchun yg‘im undirilmaydi
— Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: BHMning 1 barobari

Arizani ko‘rib chiqish muddati – 5 kun.

📌Litsenziyaning amal qilish muddati — сheklanmagan

❗️Ma'lumot uchun: Qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan notarial harakatlarni amalga oshirish hamda jismoniy va yuridik shaxslarga huquqiy va texnik tusdagi xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyat notarial faoliyat hisoblanadi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari_sohasida_yana_bir_yangilik

⚡️Endilikda, Radiotexnik inshootlarni oʻrnatish va ulardan foydalanish uchun sanitariya pasportini SESga borish shart emas

📝Buning uchun:
Jismoniy
yoki yuridik shaxs Davlat xizmatlari markazlariga yoki onlayn - my.gov.uz orqali murojaat qilishi lozim.

🔸Shu o'rinda davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun BHMning 2 baravarida (600 ming soʻm) yigʻim undiriladi.

🗓Soʻrovnoma kelib tushgach, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari 14 kun muddatda radiotexnik inshootlarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqligini joyiga chiqqan holda koʻrib chiqadi.

🖥Belgilangan muddat mobaynida, Qoʻmita va uning hududiy boshqarmalari tomonidan, sanitariya pasportini DXMga yoki ariza beruvchiga YIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi.

📌Bunda radiotexnik inshootning sanitariya pasporti aholi yashash joylari istiqbolli rivojlantirilishi hamda sanitariya muhofaza zonasi oʻzgarishi inobatga olingan holda 3 yil muddatga beriladi.

👉Ushbu qulaylik haqida do'stlaringiz bilan ulashishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#So'ragan_edingiz
#Xizmatlardan_onlayn_foydalanamiz
#Mutaxassisga_so'z_beramiz

📌"New.birdarcha.uz" avtomatlashtirilgan tizimi orqali "Firma nomini zaxiraga olish va yuridik shaxsni davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibini bilasizmi?

✍️Mutaxassis Sizga mustaqil ravishda xizmatdan foydalanishga yordam beradi.

📹VIDEOQOʻLLANMA

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat🤫
#Foydali_ma'lumot

🏦Markaziy bank 25-avgustdan boshlab amalda bo‘ladigan valyuta qiymatlarini belgiladi.

📁Batafsil yuqoridagi infografikada 👆👆👆

🔅Foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Tojikiston Respublikasi Adliya vazirligi delegatsiyasi Davlat xizmatlari markazlari faoliyati bilan tanishdi

Ayni vaqtda Tojikiston Respublikasi adliya vaziri Muzaffar Ashuriyon va Moliya vaziri Fayziddin Kaxxorzoda boshchiligidagi Tojikiston Respublikasi delegatsiyasi Oʻzbekistonda ishchi tashrif bilan boʻlib turibdi.

Tashrif doirasida delegatsiya Adliya vaziri mas'ullari bilan birgalikda Chilonzor, Yunusobod va Qibray tumanlari Davlat xizmatlari markazlari faoliyati bilan tanishishdi.

Uchrashuv davomida har ikkala tomon davlat xizmatlari sohasida erishilgan yutuqlari bilan fikr almashishdi. Jumladan elektron hujjat almashinuvining yoʻlga qoʻyilishi natijasida qogʻoz va vaqt sarfining kamayishiga erishilganligi, FHDY organlari va notarius tizimlari faoliyatining raqamlashtirilishi, kompazit va proaktiv davlat xizmatlari yaratilishi natijasida aholiga yaratilayotgan qulayliklar haqida aytib o'tildi.

Shu bilan birga, tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatiga olish tizimining takomillashtirilishi hamda “Litsenziya” axborot tizimida yaratilayotgan litsenziya, ruxsatnoma va xabardor qilish tartibidagi davlat xizmatlari natijasida tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, xorijiy fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga xorijiy konsulliklar orqali koʻrsatilayotgan xizmatlar, axborot xavfsizligi sohasida olib borilayotgan faoliyat hamda xalqaro hamkorlik yuzasidan batafsil maʼluot berildi.

Samarali muloqot so'ngida tomonlar aholiga davlat xizmatlari koʼrsatish tizimini tubdan isloh qilish, xizmat koʼrsatish sohasini jadal rivojlantirish, koʼrsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo, ularning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan oʼzgartirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish va amalga oshiriladigan ishlar xususida hamkorlikni yo‘lga quyish bo‘yicha kelishib oldilar.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat