Davlat xizmatlari yangiliklari
49.6K subscribers
9.85K photos
879 videos
8 files
8.28K links
Download Telegram
#Bu_muhim

⚡️Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilikni buzish javobgarlikka sabab bo‘ladi!

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#So'ragan_edingiz
#Xizmatlardan_onlayn_foydalanamiz
#Mutaxassisga_so'z_beramiz

📌"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Zargarlik buyumlarini hamda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan boshqa buyumlarni sotish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma" yuborish tartibini bilasizmi?

✍️Mutaxassis Sizga mustaqil ravishda xizmatdan foydalanishga yordam beradi.

📹VIDEOQOʻLLANMA

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Foydali_ma'lumot

🏦Markaziy bank 18-iyuldan boshlab amalda bo‘ladigan valyuta qiymatlarini belgiladi.

📁Batafsil yuqoridagi infografikada 👆👆👆

🔅Foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Pedagoglarga attestatsiya va malaka hujjatlarini topshirish qanday amalga oshiriladi?

❗️Hukumat qaroriga asosan, pedagoglar attestatsiyadan oʻtish uchun har yili 1-yanvardan 1-martgacha va 1-avgustdan 1-oktabrgacha bevosita DXM, YIDXP yoxud Ta’lim inspeksiyasining rasmiy veb-saytida roʻyxatdan oʻtgan holda murojaat qiladi.

📁 Bunda ariza beruvchilar (jismoniy shaxslar) attestatsiyadan oʻtish boʻyicha soʻrovnoma toʻldiradi va unga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

▫️pedagogning ta’lim toʻgʻrisidagi hujjati (xorijiy davlatda ta’lim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni Oʻzbekistonda tan olish haqidagi guvohnoma);
▫️qayta tayyorlash kurslaridan oʻtganligi haqidagi diplom nusxasi (agar mavjud boʻlsa);
▫️ pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligini baholash natijalari yuzasidan ma’lumotnoma.

Zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi.
ERI kaliti bo‘lmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.

❗️ Pedagog kadrlarni navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun yigʻim undirilmaydi.

💰Navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun BHMning 1 baravari (330 ming soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi.

🌐My.gov.uz yoki Ta’lim inspeksiyasining rasmiy veb-sayti orqali murojaat qilinganda, 10 foiz chegirma beriladi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari Gruziya Respublikasi adliya vazirining birinchi o'rinbosari bilan uchrashdi

2023-yilning 17-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev hamda Gruziya Respublikasi adliya vazirining birinchi o'rinbosari T.Tkeshelashvili oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida ikki davlat adliya vazirliklarining koʻp yillik hamkorligiga alohida urgʻu berildi. Tomonlar mavjud idoralararo munosabatlarni yanada chuqurlashtirish hamda mustahkamlash maqsadida ikki davlat adliya vazirliklari oʻrtasida hamkorlik doirasidagi tadbirlarni davom ettirishga hamda o‘zaro tajriba almashishga qaratilgan qator ishlarni o‘tkazishga kelishib oldilar.

Xususan, ushbu hamkorlik doirasida davlat xizmatlarini koʻrsatishni takomillashtirish, normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish, davlat organlari faoliyatidagi huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish, huquqiy axborotni tarqatish va aholiga ularning mazmun-mohiyatini yetkazish, davlat xizmatchilarining huquqiy savodxonligini oshirish borasidagi faoliyati boʻyicha tajriba almashish va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tdi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

📝Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olish uchun arizachining yoshiga nisbatan talab mavjudmi?

📎Ipoteka kreditlari bo‘yicha boshlang‘ich badal va foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya olish maqsadida ariza bilan murojaat qiluvchi shaxs18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lishi lozim.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qarori.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Litsenziyalash_xizmati

📝"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Sug‘urtalovchilarning (qayta sug‘urtalovchilarning) va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyati uchun litsenziya" olish mumkin.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

"Litsenziya" AT - license.gov.uz;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxslar

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

💸1 650 000 so'm (BHMning 5 baravari);

📑Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

💸3 300 000 so'm (BHMning 10 baravari);

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 20 ish kuni

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: Cheklanmagan

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste'mol qilishga ruxsatnoma olish bo‘yicha davlat xizmati haqida bilasizmi?

📈Aynan shu haqida bizning infografikamiz orqali zarur ma'lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Litsenziyalash_xizmati

"O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnoma" olish mumkin.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

🔹Yuridik shaxs (ish beruvchi)
🔹Jismoniy shaxs (ish beruvchi yoki chet el fuqarosi)

📄Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

💸330 000 so'm (BHMning 1 baravari);

📝Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun yig‘im haqida ushbu 👉havola orqali tanishishingiz mumkin

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 15 ish kuni

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati haqida ushbu 👉havola orqali tanishishingiz mumkin

📌Ma'lumot uchun: Ish beruvchi bilan shartnoma muddatidan oldin bekor qilinsa, yuqori malakali va malakali mutaxassislar o‘ttiz ish kuni davomida yangi ish beruvchini topishga haqli. Bu davr mobaynida ularga avval berilgan tasdiqnomalar, vizalar va yashash guvohnomalarining amal qilishi saqlab qolinadi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

📝Rasmiy hujjatlarga elektron apostil qoʼyish boʼyicha davlat xizmati haqida bilasizmi?

✔️ Hukumat qaroriga (732-son, 03.12.2021-y.) asosan O‘zbekiston Respublikasi hududida tuzilgan rasmiy hujjatlarga elektron apostil qoʼyish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

🔹 Hozirda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga doir taʼlim va fan sohasiga tegishli rasmiy hujjatlarga

🔹Tegishli hududdagi adliya organlari va muassasalaridan hamda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga;

🔹Sudlardan chiqadigan rasmiy hujjatlarga;

🔹Prokuratura, tergov, surishtiruv va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlardan chiqadigan rasmiy hujjatlarga;

🔹Shu bilan birga boshqa rasmiy hujjatlarga Tashqi ishlar vazirligi tomonidan apostil qoʼyish boʼyicha davlat xizmatidan foydalanishingiz mumkin.

🖥Murojaatlar qabul qilinadi:
Davlat xizmatlari markazlari;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

📄So‘rovnomani ko‘rib chiqish uchun murojaat etuvchidan BHMning 20 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

YIDXP orqali murojaat etilganda, yigʻim miqdorining 90 foizi undiriladi.

🗓 Soʻrovnoma rasmiy hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 2 ish kuni ichida (zarur hollarda, 10 ish kuni ichida) koʻrib chiqiladi.

☑️ Rasmiy hujjatga elektron apostil qoʻyish bilan bogʻliq barcha jarayonlar “E-App” va “E-register” dasturlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Foydali_ma'lumot

🏦Markaziy bank 19-iyuldan boshlab amalda bo‘ladigan valyuta qiymatlarini belgiladi.

📁Batafsil yuqoridagi infografikada 👆👆👆

🔅Foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Ko‘p yillik dov-daraxtlarga kadastr pasportini olish va ularga bo‘lgan huquqlaringizni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibidan xabardormisiz?

✔️Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
- Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari

🔹Murojaatlar qabul qilinadi:
-
Davlat xizmatlari markazi;
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) - my.gov.uz orqali.

📎Xizmatdan foydalanuvchilar:
👨‍💼
Jismoniy va yuridik shaxslar.

🔸Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: BHMning 1 barobari va har bir gektar uchun BHMning 7 foizi.

🔸Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

🗓Arizani ko‘rib chiqish muddati: 2 ish kuni.

📄 Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha reyestrdan ko‘chirma taqdim etiladi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun subsidiya ajratish to‘g‘risida xabarnoma olgan shaxslarga dastlabki badal uchun Davlat byudjeti hisobidan qancha miqdorda pul ajratiladi?

🏠Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun subsidiya ajratish to‘g‘risida xabarnoma olgan shaxslarga dastlabki badal uchun Davlat byudjeti hisobidan 32 000 000 so‘m miqdorda mablag‘ to‘lab beriladi.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qarori.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash" mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT -
license.gov.uz orqali;
YIDXPmy.gov.uz;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs

💸Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 660 000 so'm (BHMning 2 baravari)

💸Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: 3 300 000 so'm BHMning 10 baravari

Arizani ko‘rib chiqish muddatlari: 15 ish kunida (oliy ta’lim turi bo‘yicha 30 ish kunida)

🔅Litsenziyaning amal qilish muddati: cheklanmagan

❗️Muhim ma’lumot: Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarga ta’limning har bir turi uchun alohida litsenziya beriladi. Litsenziyada faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, ta’lim faoliyati yo‘nalishlari ro‘yxati va ta’lim shakllari aniq ko‘rsatiladi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

👶🏻Bolalarni sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi ekspertlarni akkreditatsiya qilish tartibidan xabardormisiz?

Hukumat qarori (317-son, 07.06.2022-y.) bilan tasdiqlangan davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga asosan:

📝Ariza beruvchi DXMga bevosita yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali elektron murojaat qiladi.

🔹 Ariza beruvchi oliy maʼlumotga, pedagogika, yoshga oid psixologiya va fiziologiya, bolalar psixiatriyasi sohalarida bilimlarga (diplom yoki sertifikatga) ega boʻlishi kerak.

🔹 Soʻrovnoma toʻldirilgandan so'ng, 7 ish kunida oʻrganib chiqiladi.

🔹Ariza beruvchini akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingach, talabgor 1 kun ichida akkreditatsiyadan oʻtkaziladi.

🔹Ekspert akkreditatsiya qilinganligi toʻgʻrisida guvohnoma 5 yil muddatga beriladi.

📌 Mazkur davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM