Davlat xizmatlari yangiliklari
49.9K subscribers
9.86K photos
879 videos
8 files
8.29K links
Download Telegram
#Qabul_2023

OTMga abiturientlarning hujjatlari faqat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) hamda Bilim va malakalarni baholash agentligi (avvalgi DTM) veb-sayti (my.uzbmb.uz) orqali qabul qilinadi.

❗️Davlat xizmatlari markazlari oqali hujjatlar qabul qilinmaydi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_muhim

Qanday hollarda xorijga chiqish biometrik pasport berilganligi uchun davlat boji toʻlanmaydi?

✔️ “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq, quyidagi hollarda xorijga chiqish biometrik pasporti berilganligi uchun davlat bojini toʻlashdan ozod qilinadi:

👨‍👩‍👧 Yaqin qarindoshlari vafot etgan yoki ular dafn etilgan joylarni ziyorat qilganda;

🤰fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalarga (bitimlarga) binoan ular xorij sudlariga fuqarolik va jinoyat ishlari yuzasidan taraflar, guvohlar va ekspertlar sifatida chaqirilgan taqdirda;

🚼voyaga yetmagan shaxsga, shuningdek unga hamrohlik qiluvchi shaxsga xorijiy davlatda ixtisoslashgan tibbiy yordam koʻrsatilganda yoki jarrohlik amaliyoti oʻtkazilganda;

🏆voyaga yetmagan shaxs ilm-fan, taʼlim, sport yoki madaniyat sohalaridan biridagi xalqaro tadbirda yoki musobaqada ishtirok etganda;

👵“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan shaxsga, shuningdek, unga hamrohlik qiluvchi shaxsga xorijiy davlatda ixtisoslashgan tibbiy yordam koʻrsatilganda yoki jarrohlik amaliyoti oʻtkazilganda;

⚡️Biometrik pasport Oʻzbekiston yoki chet davlatlar hududida tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar yuz berganligi natijasida jabrlangan jismoniy shaxslar tomonidan yoʻqotilgan yoxud yaroqsiz holga kelganda.

🛫 Shuningdek, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan xorijga xizmat safariga yuboriladigan fuqarolarning xorijga chiqish huquqini beruvchi hujjatlar uchun davlat boji belgilangan tartibda ushbu korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan toʻlanadi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_muhim

🔅Davlat xizmatlarini taqdim etish muddatlari haqida nimalarni bilasiz?

Fuqarolar uchun davlat xizmatlari qanchalik tez taqdim etilsa, mamnunlik darajasi ham shu qadar yuqori bo'ladi.

❗️Demak, xizmat ko'rsatish muddati sifatida berilgan iboraga diqqat qilish juda ham muhim. Misol uchun, xizmat muddati 2 kun yoki 2 ish kuni deb belgilanishi mumkin.

Nima farqi bor dersiz?

📌Doim yodingizda bo'lsin, agarda talab va reglamentda ko'rsatilgan matndagi muddatda "ish kuni" jumlasidan foydalanilmagan bo'lsa, demak kalendar kunlari nazarda tutilgan bo'ladi.

📎Agarda "ish kuni" birikmasi qo'llanilgan bo'lsa, demak xizmat ko'rsatuvchi davlat organining ish kunlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

🗓Shunday qilib, 5 ish kuni deb belgilangan muddat haftaning 2 dam olish kunini inobatga olib hisoblaganda 7 kalendar kunga to'g'ri keladi. Boshqacha qilib aytganda, chorshanba kuni berilgan ariza bo'yicha keyingi haftaning seshanba kuni 5-ish kuni hisoblanadi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Foydali_ma'lumot

🏦Markaziy bank 23-iyundan boshlab amalda bo‘ladigan valyuta qiymatlarini belgiladi.

📁Batafsil yuqoridagi infografikada 👆👆👆

🔅Foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_layfxak

“Mobile ID” tizimidan ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz nima qilish kerak?

“Mobile ID” tizimidan ro‘yxatdan o‘tish juda oson. Buning uchun siz bir marotaba shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki haydovchilik guvoxonomasi) bilan respublikada mavjud davlat xizmatlari markazlari yoki notariuslarga tashrif buyurishingiz kifoya.

▫️Davlat xizmatlari markazi operatori yoki notariusga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etasiz va mobil raqamingizni ma'lum qilasiz;
▫️operator yoki notarius tizim orqali sizni “one.id” tizimi orqali ro‘yxatga o‘tganligingizni tekshiradi va ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz ro‘yxatdan o‘tkazadi;
▫️tizim orqali biometrik ma'lumotlaringiz tasdiqlanadi;
▫️ telefon raqamingizga tasdiqlovchi kod yuboriladi va kod tizimga kiritiladi.

Endi siz mobil raqamingiz orqali YIDXP (my.gov.uz) portali va boshqa ko‘pgina moliyaviy xizmatlarga telefoningiz orqali buyurtma berishingiz va tasdiqlashingiz mumkin.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Inson_huquqlari_oliy_qadriyat #Ishchi_guruh

⚡️Respublika ishchi guruhi tomonidan Xo’jayli tumanida joylashgan “Navro'z” mahalla fuqarolar yig’inida sayyor qabul tashkil qilindi.

Xususan, Ózbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat xizmatlari Departamenti boshlig’i Sanjar Abdullaev va Qoraqalpog’iston Respublikasi Adliya vazirining birinchi o’rinbosari Elmurod Tursunovlar boshchiligida sayyor qabul tashkil qilinib, qabul davomida 86 ta davlat xizmatlari ko’rsatildi va har hil mazmundagi 15 dan ortiq murojaatlar qabul qilindi.

Shuningdek, fuqarolar Qulmambetov Polat Jao’mitbayevich va Begimova Dilorom Sabir Qizining nikohdan o’tganligi haqidagi guvohnomasi Davlat xizmatlar departamenti boshlig’i S.Abdullaev tomonidan topshirildi.

Qabul davomida mamlakatimizda fuqarolarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar va yagona interaktiv davlat xizmatlar portalidan foydalanish imkoniyatlari bor ekanligi haqida huquqıy tushuntirishlar berildi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Litsenziyalash_xizmati

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi professional faoliyat uchun litsenziya" olish mumkin.

🔅Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari:

🔸 Investitsiya vositachisining faoliyati;
🔸Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi faoliyati.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
— O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

💠Murojaatlar qabul qilinadi:

"Litsenziya" AT - license.gov.uz;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxslar;

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

🔸 1 320 000 so'm (BHMning 4 baravari);

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 20 ish kuni

🗓Litsenziyaning amal qilish muddati: Сheklanmagan

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Bino va inshootlar ijara shartnomasini davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibidan xabardormisiz?

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
– O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

– D
avlat xizmatlari markazi;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

📋So‘rovnomaga ijara shartnomasi ilova qilinadi.

📑Zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:


👨‍💼Yuridik va jismoniy shaxslarga

💠Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 495 000 so'm (BHMning 1,5 baravari)

💠Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati – 1 ish kuni.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#FHDY_xizmatlari

📌 FHDY organlari tomonidan ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari uchun qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladigan toʻlov miqdorlari haqidagi maʼlumotlar infografikalarda.

🔊Hurmatli fuqarolar!

⚡️ FHDY organlarida ortiqcha pul mablagʻlari talab qilish holatlariga guvoh bo‘lsangiz, Adliya vazirligining @antikorbot telegram botiga hamda 1148 ishonch telefon raqamiga xabar berishingizni soʻraymiz.

😄Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#So'ragan_edingiz
#Xizmatlardan_onlayn_foydalanamiz
#Mutaxassisga_so'z_beramiz

📌"New.birdarcha.uz" avtomatlashtirilgan tizimi orqali "Firma nomini zaxiraga olish va yuridik shaxsni davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibini bilasizmi?

✍️Mutaxassis Sizga mustaqil ravishda xizmatdan foydalanishga yordam beradi.

📹VIDEOQOʻLLANMA

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat🤫
#Foydali_ma'lumot

🏦Markaziy bank 26-iyundan boshlab amalda bo‘ladigan valyuta qiymatlarini belgiladi.

📁Batafsil yuqoridagi infografikada 👆👆👆

🔅Foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM