Davlat xizmatlari yangiliklari
51.1K subscribers
9.97K photos
912 videos
8 files
8.44K links
Download Telegram
#Adliya_xabari

Nukus tumanida yangi Davlat xizmatlari markazi tashrif buyuruvchilar uchun o‘z eshiklarini ochdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus tumanida yangi inklyuziv Davlat xizmatlari markazining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosim va OAV vakillari uchun press tur bo‘lib o‘tdi.

Ushbu inklyuziv Davlat xizmatlari markazi Adliya vazirligi va O‘zbekistondagi BMT TDning "O‘zbekistonning qishloq tumanlarida davlat xizmatlarini ko‘rsatishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish" qo‘shma loyihasi doirasida tajriba-sinov obyektlari sifatida tanlangan 7 ta markazdan biridir.

👉Batafsil

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_adliya 

Qoraqalpog‘istonda davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida Adliya matbuot anjumani 

Xabar berilganidek, bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumani Davlat xizmatlari markazi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimdan so‘ng OAV vakillari uchun  ‘Davlat xizmatlari yo‘nalishi bo‘yicha qilingan ishlar, hamkorlik natijalari‘mavzusida matbuot anjumani ham o‘tkazildi.

Unda Adliya vazirligi rahbariyati , Yevropa Ittifoqi va BMTTD vakillari ishtirok etdi.

Tadbirning maqsadi:
•  Qoraqalpog‘iston Respublikasining olis tumanlaridan birida (Nukus tumani) yangi inklyuziv davlat xizmatlari markazi ochilishi to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor qilish.

•  Davlat xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtirish sohasida mamlakatda o‘tkazilayotgan islohotlar to‘g‘risida aholining xabardorligini oshirish.

•  Adliya vazirligi/Yevropa Ittifoqi/BMTTD "O‘zbekiston qishloq joylarida davlat xizmatlarini ko‘rsatishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish" Qo‘shma loyihasi faoliyati natijalari to‘g‘risida aholining xabardorligini oshirish.

Shuningdek, matbuot anjumani davomida spikerlar tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishdagi joriy vazifalar va kelgusidagi rejalar haqida ham fikrlar bildirildi, jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qulaylik

To‘lovlarni tez va oson amalga oshiring

Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirishda invoysdagi raqamlarni bittalab terib o‘tirish yoki “kassa”da navbat kutishga hojat yo‘q.

📲 Buning uchun ommabop to‘lov tizimlarida invoysdagi “QR-code”ni skaner qilib, to‘lovni osongina amalga oshiring.

💳 Mazkur imkoniyatdan hozircha “Payme”, “Click”, “U-pay” to‘lov tizimlari orqali foydalanishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_muhim

Biometrik pasportni ID kartaga qayerda almashtirish mumkin?

💡Bugungi kunda biometrik pasportlaringizni ID-kartaga almashtirish uchun istalgan Ichki ishlar organlari yoki tegishli Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishingiz mumkin.

👉Batafsil yuqoridagi videoda

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yo'nalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Nikohdan o‘tish muddati qancha vaqt?

❗️Javob:

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 13-moddasiga binoan, Nikoh tuzish nikohlanuvchilarning fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlariga ariza berganlaridan keyin bir oy o‘tgach, shaxsan ularning ishtirokida amalga oshiriladi.

🔹Nikoh tuzilganligini qayd etish tayinlangan kundan boshlab, uch oy ichida yo‘qlangan arizalar bo‘yicha nikoh tuzilganligi qayd etiladi. Bunday holda nikoh tuzilganligini qayd etish haqidagi arizaning orqa tarafidagi bo‘sh joyga nikohlanuvchi shaxslar tomonidan belgilangan muddatda kelmaganlik sabablari, nikoh tuzilganligini qayd ettirish istagi va shu kunning sanasi yozilib, imzo qo‘yiladi. Nikoh tuzilganligini qayd etish haqidagi ariza berilgan kundan boshlab to‘rt oy ichida yo‘qlanmagan arizalar Muddatida yo‘qlanmagan nikoh tuzilganligini qayd etish haqidagi arizalarni yo‘q qilish bo‘yicha dalolatnoma tuzgan holda yoqib yuborish yo‘li bilan yo‘q qilinadi. Mazkur dalolatnomalar alohida yig‘majildga tikib boriladi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#litsenziyalash_xizmati #Bilasizmi

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalash” mumkin

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
— O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining hududiy bo‘linmalari

🛡Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turi:
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish (bundan oftalmologiya tibbiy buyumlarini chakana realizatsiya qilish mustasno)

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

"Litsenziya" AT - license.gov.uz;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs;

💸Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 660 000 so'm (BHMning 2 baravari);

💠Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: 3 300 000 so'm (BHMning 10 baravari);

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 10 kun

🗓Litsenziyaning amal qilish muddati: 5 yil

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Eʼtirof

Muvaffaqiyatli hamkorlik: 
Inklyuziv Davlat xizmatlari markazi o‘z faoliyatini boshladi

Yangi inklyuziv Davlat xizmatlari markazining ochilishi nafaqat Nukusliklar uchun, balki barchamiz uchun muhim voqeadir. Endlikda ushbu markaz orqali fuqarolar 280 dan ortiq  davlat xizmatlaridan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
 
Takidlash joizki, ushbu Davlat xizmatlari markazi  BMT Taraqqiyot dasturi, Yevropa Ittifoqi va Adliya vazirligi o‘rtasidagi muvaffaqiyatli hamkorlikning bir qismi bo‘lib, so‘nggi uch yil ichida O‘zbekistonning chekka hududlarida yettita shunga o‘xshash markazlar ochildi.
 
Nukus tumanining 49 000 dan ortiq aholisiga xizmat ko‘rsatish uchun qulay sharoitga ega ushbu zamonaviy binoning boshqa DXMlardan ajratib turadigan jihati uning inklyuziv ekanligidir.
 
Bu barcha tashrif buyuruvchilarning kelib chiqishi yoki sharoitlaridan qatʼiy nazar, kerakli xizmatlardan bir xil darajada foydalanish imkonini beradi. 
Shuningdek, markazda imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratilganini ham taʼkidlash lozim.
 
Yangi binolarni qurishdan tashqari, biz Adliya vazirligi bilan birgalikda xizmatlarni taqdim etishning ichki mexanizmlarini takomillashtirish ustida  keng qamrovli ishlarni olib bormoqdamiz. Jumladan:
 
— davlat xizmatlaridan foydalanish tartib-taomillarini soddalashtirish maqsadida davlat muassasalarida funksiyalarni ratsionalizatsiya qilish;

— shaffoflik va foydalanish qulayligini taʼminlash uchun raqamli texnologiyalarni joriy etish;

— foydalanuvchilarga yo‘naltirilgan xizmatlarni taqdim etishda xodimlarning salohiyatini oshirish.
 
Hamkorligimizning asosiy maqsadi O‘zbekistonda har bir insonning davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash hisoblanadi.

Ivana Jivkovich, BMT Taraqqiyot dasturining Yevropa va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi bo‘yicha mintaqaviy byurosi direktori