Davlat xizmatlari yangiliklari
49.5K subscribers
9.85K photos
879 videos
8 files
8.28K links
Download Telegram
#Adliya_hudud
#sayyor_qabul

YANGI BATOSHDA FUQARO MUROJAATLARI IJOBIY HAL ETILDI

Joylarda oʻtayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda.

Adliya vazirligi Davlat xizmatlari Departamenti boshlig'i Sanjar Abdullayev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Qarshi tumanidagi "Yangi Batosh" mahalla fuqarolar yig'inida sayyor qabul o'tkazildi.

Shu kuni Qarshi tumanida  o‘tkazilgan sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatish davomida jami 39 ta fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi, Shundan 12 ta  Mobil_ID ro‘yhatga olingan bo'lsa, 2 nafar fuqaroning kadastr pasporti shakllantirildi, 4 nafar bolalarni  bog'chaga navbatga qo'yish, ERI kalitlarini rasmiylashtirish, 3 nafar nikoh masalasida murojaatlar qabul qilinib, 6 ta tug'ilganlik guvohnomasi o'z egalariga topshirildi.

Shuningdek, sayyor qabul davomida ishchi guruh tumanning "Kasanachilik" markazi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

💠Quyidagilar bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishishni rad etish asos bo‘ladi:

🔹so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi;

🔹davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘lamaslik;

🔹loyihada bino va inshootning hajmi va maydoni o‘zgarganligi;

🔹bino va inshootning avariya holatida ekanligi;

🔹bino va inshootga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganligi;

🔹loyiha tegishli litsenziyasi bo‘lgan loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqilmaganligi;

🔹binolar va inshootlarning mustahkamligi, zilzilabardoshliligiga ta’sir qiluvchi yuk ko‘taruvchi qismlarining o‘zgarishi nazarda tutilganligi;

🔹bino va inshoot fasadi eskiz loyihasining qonunchilik talablariga, shu jumladan, shaharsozlik normalari va qoidalariga mos kelmasligi;

🔹vakolatli organga ariza beruvchi tomonidan obyektni o‘rganish uchun imkoniyat yaratilmaganligi;
taqiqda turgan obyektlar;

🔹bino va inshootlarni ulushdorlaridan birining roziligi bo‘lmasa;

🔹davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organda ushbu yer uchastkasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda olib qo‘yilganligi haqidagi ma’lumotlarning mavjudligi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qarori.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Litsenziyalash_xizmati

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalash" mumkin.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs;

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 1 320 000 so'm (BHMning 4baravari)

📑Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

💸3 300 000 so'm (BHMning 10 baravari);

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 20 kun

🗓Litsenziyaning amal qilish muddati: Cheklanmagan

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_hudud
#sayyor_qabul

YANGI BATOSHDA FUQARO MUROJAATLARI IJOBIY HAL ETILDI

Adliya vazirligi Davlat xizmatlari Departamenti boshlig'i Sanjar Abdullayev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Qarshi tumanidagi "Yangi Batosh" mahalla fuqarolar yig'inida sayyor qabul o'tkazildi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Situatsion_markaz

Innovatsion loyihalar – yuksak natijalar mezoni

Maʼlumki, 2021-yilda Davlat xizmatlari markazlari tomonidan bir kunda o'rtacha 30 ming nafar fuqarolarga xizmatlar ko‘rsatilgan bo'lsa, 2023-yilga kelib ushbu ko‘rsatkich 70-75 ming nafarni tashkil qilmoqda.

Vazirlikda tashkil etilgan Situatsion markaz Davlat xizmatlari markazlari va FHDY bo'limlariga tashrif buyuruvchi aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati va tezkorligini monitoring qilib borish, muammolarni o‘z vaqtida aniqlash yo‘lida xizmat qilmoqda.

Kuni kecha tashkil etilgan uchrashuvda adliya vaziri A.Tashkulov tomonidan Situatsion markaz faoliyatini yanada takomillashtirish, uning imkoniyatlaridan kelib chiqib, maʼlumotlarni yig‘ish, tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni minimallashtirish yuzasidan kelgusidagi ustuvor rejalar belgilab olindi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Bino va inshootlar ijara shartnomasini davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibidan xabardormisiz?

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
– O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

– D
avlat xizmatlari markazi;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

📋So‘rovnomaga ijara shartnomasi ilova qilinadi.

📑Zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:


👨‍💼Yuridik va jismoniy shaxslarga

💠Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 495 000 so'm (BHMning 1,5 baravari)

💠Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati – 1 ish kuni.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Foydali_ma'lumot

🏦Markaziy bank 7-iyundan boshlab amalda bo‘ladigan valyuta qiymatlarini belgiladi.

📁Batafsil yuqoridagi infografikada 👆👆👆

🔅Foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#FHDY_xizmatlari

📌 FHDY organlari tomonidan ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari uchun qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladigan toʻlov miqdorlari haqidagi maʼlumotlar infografikalarda.

🔊Hurmatli fuqarolar!

⚡️ FHDY organlarida ortiqcha pul mablagʻlari talab qilish holatlariga guvoh bo‘lsangiz, Adliya vazirligining @antikorbot telegram botiga hamda 1148 ishonch telefon raqamiga xabar berishingizni soʻraymiz.

😄Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Bog‘chaga to‘lanadigan to‘lovlar qachon to’lanishi kerak va to‘lovlarni vaqtida to’lamaslik qanday oqibatlarga olib keladi?

🔹Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktab-internatlardagi bolalar ta’minoti uchun to‘lovlar har oyning 15-sanasidan kechiktirmasdan to‘lanadi. Oyning 15-sanasidan keyin kelgan bolalar ta’minoti uchun to‘lovlar esa, bola kelgan kundan boshlab 3 kun ichida to‘lanadi. Bunda to‘lovlar bolaning shu oyda maktabgacha ta’lim tashkilotiga qatnaydigan (maktab-internatida bo‘ladigan) kunlarga mutanosib ravishda to‘lanadi.

🔹Ota-onalar tomonidan to‘lovlarni belgilangan miqdorda va/yoki muddatlar o‘tgach 2 hafta mobaynida uzrli sabablarsiz to‘lanmaganlik bolaning bog‘chada bo‘lishini to‘xtatish uchun asos bo‘ladi.

🔹Bog‘chaga amalga oshirilmagan to‘lov 60 kun ichida to‘lab berilganda, bolani tegishli bog‘chaga tiklash majburiy tartibda amalga oshiriladi. Mazkur muddat o‘tib ketgan taqdirda, bog‘chaga bolani tiklash yangi qabul qilingan bolalar uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#litsenziyalash_xizmati

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Geodeziya va kartografiya ishlarini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qarorni" olish mumkin.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

"Litsenziya" AT - license.gov.uz;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs;

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 60 000 so'm (BHMning 20 foizi);

💸Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im miqdori bilan ushbu 👉ilova orqali tanishishingiz mumkin.

Arizani ko‘rib chiqish muddati:

Geodeziya va kartografiya ishlarini amalga oshirishga texnik loyiha (dasturlar)ni ishlarning smeta bahosidan kelib chiqib muddatlar belgilanadi;

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: Cheklanmagan

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

📄Yoʻqolgan kadastr pasportini qayta tiklash uchun nima qilish kerak?

🖥Yoʻqolgan kadastr pasportini qayta tiklash uchun ariza beruvchi DXMga oʻzi kelgan holda murojaat etishi yoki YIDXPda davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtishi kerak.

📎Agar siz o’zingiz kelib murojaat etgan taqdiringizda, DXM xodimlari sizning nomingizdan, YIDXP orqali murojaat etadilar va belgilangan shakldagi soʻrovnomani elektron shaklda mustaqil toʻldiradilar.

📌Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, soʻrovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma hamda soʻrovnomaga koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat taqdim qilinadi.

📝Kadastr(yigʻmajildi) pasporti yoʻqolganda(yaroqsiz holga kelganda), qogʻoz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

⚡️Yengil avtomobilda yoʻlovchi tashish litsenziya varaqasini olishning tartibidan xabardormisiz?

Bunda haydovchi avvalo Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali masofadan yoki Davlat soliq inspeksiyasi hududiy boʻlimiga borgan holda oʻzini oʻzi band boʻlgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtishi lozim. Roʻyxatdan oʻtish va guvohnoma olish bepul.

📑Soʻngra haydovchi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali yoki Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurgan holda, yengil avtomobilda yoʻlovchi tashish litsenziya varaqasini olish uchun 1 yilga 300 ming soʻm davlat boji toʻlab, litsenziya varaqasi oladi.

🔅Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qilinganda 10 foiz chegirma qoʻllaniladi, yaʼni 270 000 soʻm toʻlashning oʻzi yetarli.

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan haydovchi rasmiy ish stajiga ega boʻlishni istasa, ixtiyoriy ravishda 1 yil uchun 300 ming soʻm ijtimoiy soliq toʻlashi mumkin. Takrorlab oʻtamiz, ijtimoiy soliq toʻlash oʻzini oʻzi band qilganlar uchun ixtiyoriy sanaladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bu_muhim

Toshkent shahrida biometrik pasportni ID kartaga qayerda almashtirish mumkin?

💡Bugungi kunda biometrik pasportlaringizni ID-kartaga almashtirish uchun istalgan Ichki ishlar organlari yoki tegishli Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishingiz mumkin.

👉Batafsil yuqoridagi infografikada

🔹Ichki ishlar organlari manzillari ro'yxati
🔹Davlat xizmatlari markazlari manzillari ro'yxati

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Foydali_ma'lumot

🏦Markaziy bank 8-iyundan boshlab amalda bo‘ladigan valyuta qiymatlarini belgiladi.

📁Batafsil yuqoridagi infografikada 👆👆👆

🔅Foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM