Davlat xizmatlari yangiliklari
49.9K subscribers
9.86K photos
879 videos
8 files
8.28K links
Download Telegram
#Bu_muhim

⚡️Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilikni buzish javobgarlikka sabab bo‘ladi!

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔰Aktuariy malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmati haqida bilasizmi?

💠 Aktuariy malaka sertifikatini berish Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.

📃 Daʼvogar Davlat xizmatlari markaziga bevosita oʻzi yoki ishonchli vakili orqali murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi daʼvogar nomidan, YAIDXP orqali murojaat qilgan hollarda esa belgilangan shakldagi anketani elektron shaklda toʻldiradi.

📌 Anketani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda, tegishli maʼlumot identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.

💸 Daʼvogarning aktuariy malaka sertifikatini berish toʻgʻrisidagi murojaatini koʻrib chiqish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun BHMning bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.

🔸 Daʼvogar davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YAIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, yigʻim summasining 90 foizi miqdorida undiriladi.

🔰 Malaka imtihoni kamida uch kishidan iborat guruhning shakllanishiga koʻra, lekin uch oyda kamida bir marta oʻtkaziladi. Malaka imtihonini oʻtkazish sanasi vakolatli organ tomonidan belgilanadi.

📎 Vakolatli organ imtihon komissiyasining bayonnomalari qabul qilib olgandan soʻng uch ish kuni mobaynida belgilangan tartibda QR-kod qoʻyilgan aktuariy malaka sertifikatini rasmiylashtiradi va uni oʻz ERIsi bilan tasdiqlab, tegishli Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi murojaat etganda) yoki daʼvogarga YAIDXP orqali (elektron tarzda murojaat etganda) elektron shaklda yuboradi.

💻 Agar aktuariy malaka sertifikati vakolatli organ tomonidan daʼvogarga YAIDXP orqali elektron shaklda yuborilsa, u avtomatik ravishda daʼvogarning elektron kabinetida namoyon boʻladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Foydali_ma'lumot

🏦Markaziy bank 1-iyundan boshlab amalda bo‘ladigan valyuta qiymatlarini belgiladi.

📁Batafsil yuqoridagi infografikada 👆👆👆

🔅Foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_muhim

🔅Davlat xizmatlarini taqdim etish muddatlari haqida nimalarni bilasiz?

Fuqarolar uchun davlat xizmatlari qanchalik tez taqdim etilsa, mamnunlik darajasi ham shu qadar yuqori bo'ladi.

❗️Demak, xizmat ko'rsatish muddati sifatida berilgan iboraga diqqat qilish juda ham muhim. Misol uchun, xizmat muddati 2 kun yoki 2 ish kuni deb belgilanishi mumkin.

Nima farqi bor dersiz?

📌Doim yodingizda bo'lsin, agarda talab va reglamentda ko'rsatilgan matndagi muddatda "ish kuni" jumlasidan foydalanilmagan bo'lsa, demak kalendar kunlari nazarda tutilgan bo'ladi.

📎Agarda "ish kuni" birikmasi qo'llanilgan bo'lsa, demak xizmat ko'rsatuvchi davlat organining ish kunlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

🗓Shunday qilib, 5 ish kuni deb belgilangan muddat haftaning 2 dam olish kunini inobatga olib hisoblaganda 7 kalendar kunga to'g'ri keladi. Boshqacha qilib aytganda, chorshanba kuni berilgan ariza bo'yicha keyingi haftaning seshanba kuni 5-ish kuni hisoblanadi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yo’nalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish uchun qanday hujjatlar ilova qilinadi?

❗️Javob:

🔹Tegishli ravishda tuman (shahar) qurilish bo‘limining bino va inshootni rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootni qurishga ruxsatnomasi;

🔹“E-auksion” yagona elektron savdo maydonchasida o‘tkazilgan elektron auksion natijalari haqidagi bayonnoma;

🔹Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasining qarori.

📌Obyektda tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga (ehtiyojga ko‘ra elektr, gaz, suv ta’minoti va oqova suv tarmoqlari) ulanish nuqtalari va ularga obyektdan ulanish trassalari o‘tkazilishi zarurati mavjud bo‘lsa, texnik shartlar so‘rovnomaga ilova qilinadi.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qarori.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Litsenziya_axborot_tizimi

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Erkin ombor faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya" olish mumkin.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

"Litsenziya" AT - license.gov.uz;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs — O‘zbekiston Respublikasi rezidenti.

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori — 165 000 so'm (BHMning 50 foizi)

❗️Litsenziya qayta rasmiylashtirilayotganda, litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqqanlik uchun to‘lanadigan summaning ellik foizi miqdorida.

💸Litsenziya berilganligi uchun davlat boji 1 650 000 so'm (BHMning 5 baravari)

❗️Litsenziya qayta rasmiylashtirilayotganda, davlat boji undirilmaydi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 20 ish kuni

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: Cheklanmagan

🔅Izoh
: Erkin ombor faoliyatini litsenziyalash pasporti mazkur faoliyatni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa norma va qoidalarning talabgor va litsenziat tomonidan bajarilishini istisno etmaydi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Advokatlik guvohnomasini olish endi yana-da oson va zamonaviy

Hukumat qarori bilan Advokatlik guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi. Endilikda advokatlik guvohnomasini olish uchun faqatgina elektron murojaat qilishning o‘zi kifoya qiladi (talabgordan ortiqcha hujjatlar talab etilmaydi).

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Bilasizmi

📌Kadastr pasportini shakllantirish qaysi holatlarda bepul rasmiylashtirilishi haqida bilasizmi?

Hukumatning 535-son qaroriga asosan quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:

🏢Ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;

🏘Ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;

📋Kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk obyekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan).

❇️Mazkur davlat xizmatidan Davlat xizmatlari markaziga borgan holda yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron tarzda foydalanishingiz mumkin.

🔅Yaqinlaringiz bilan foydali ma'lumotlarni bo'lishishni unutmang!

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #FHDY_xizmatlari
#Mutaxassisga_sharhi

📌Ismni yoki familiyani o‘zgartirish tartibi qanday?

🔅Yaqinlaringiz bilan foydali ma'lumotlarni bo'lishishni unutmang!

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Foydali_ma'lumot

🏦Markaziy bank 5-iyundan boshlab amalda bo‘ladigan valyuta qiymatlarini belgiladi.

📁Batafsil yuqoridagi infografikada 👆👆👆

🔅Foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Hukumatning 2018-yil 28-martdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentining 18-bandiga asosan, bolalarning quyidagi kontingenti so‘rovnomalari imtiyozli ro‘yxatga kiritilishi belgilangan:

🔹I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning bolalari;
🔹ko‘p bolali oilalarning bolalari;
🔹yetim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar;
🔹“Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning bolalari;
🔹kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning va ichki ishlar organlari xodimlarining bolalari;
🔹talabalar va pedagoglarning bolalari;
🔹akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan bo‘lgan bolalar;

📌Ma’lumot tariqasida: Bolalarni imtiyozli ro‘yxat bo‘yicha qabul qilish davlat-xususiy sheriklikka asoslangan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tatbiq etilmaydi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

ERI kalitlarining sertifikatlarini berish uchun qancha miqdorda yig‘im undiriladi?

💳ERI kalitlarining sertifikatlarini berish uchun yuridik shaxslardan va yuridik shaxs tashkil etmagan tadbirkorlik subyektlaridan bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi, jismoniy shaxslardan esa 7 foizi miqdorida yig‘im undiriladi, qonun hujjatlarida ERI kalitlarining sertifikatlarini bepul olish nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

📌Jismoniy shaxslarga ERI kalitlarining sertifikatlarini berishda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga mazkur bandning birinchi xatboshida belgilangan yig‘imning 50 foizi miqdorida chegirma qo‘llaniladi.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatlari markazlari yoki onlayn tarzda (masofadan turib) rasmiy axborot resurslari orqali elektron raqamli imzo kalitini ro‘yxatga olish va elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash haqida” 2018-yil 10-maydagi 348-son qarori.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#So'ragan_edingiz
#Xizmatlardan_onlayn_foydalanamiz
#Mutaxassisga_so'z_beramiz

📌"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Investitsiya maslahatchisi faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma" yuborish tartibini bilasizmi?

✍️Mutaxassis Sizga mustaqil ravishda xizmatdan foydalanishga yordam beradi.

📹VIDEOQOʻLLANMA

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

⚡️Yengil avtomobilda yoʻlovchi tashish litsenziya varaqasini olishning tartibidan xabardormisiz?

Bunda haydovchi avvalo Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali masofadan yoki Davlat soliq inspeksiyasi hududiy boʻlimiga borgan holda oʻzini oʻzi band boʻlgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtishi lozim. Roʻyxatdan oʻtish va guvohnoma olish bepul.

📑Soʻngra haydovchi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali yoki Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurgan holda, yengil avtomobilda yoʻlovchi tashish litsenziya varaqasini olish uchun 1 yilga 300 ming soʻm davlat boji toʻlab, litsenziya varaqasi oladi.

🔅Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qilinganda 10 foiz chegirma qoʻllaniladi, yaʼni 270 000 soʻm toʻlashning oʻzi yetarli.

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan haydovchi rasmiy ish stajiga ega boʻlishni istasa, ixtiyoriy ravishda 1 yil uchun 300 ming soʻm ijtimoiy soliq toʻlashi mumkin. Takrorlab oʻtamiz, ijtimoiy soliq toʻlash oʻzini oʻzi band qilganlar uchun ixtiyoriy sanaladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

⚡️Iste’molchilar elektr tarmoqlariga ulanish uchun qayerga murojaat qilishlari lozim?

🔅Bugungi kunda elektr energiyasini o‘lchash vositasi va tizimini plombalash va elektr ta’minoti shartnomasini tuzish uchun fuqarolar o‘z xohishiga ko‘ra:

🏢Davlat xizmatlari markazlari

💻Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)

👨‍💻“ELEKTR” dasturiy ta’minoti (Onlayn platforma) orqali murojaat qilishlari mumkin.

Hukumatning 555-son qarori bilan tasdiqlangan Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 11-bandida iste’molchilar elektr tarmoqlariga ulanish uchun “ELEKTR” dasturiy ta’minoti (Onlayn platforma) orqali davlat xizmatidan elektron tarzda murojaat etganda yig‘im undirilmasligi belgilangan.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔅Mavzuli soʻrovlarni ijro etish davlat xizmati haqida bilasizmi?

❗️Siz biror hujjatingizni yoʻqotib qoʻydingiz yoki maʼlum davrdagi maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlar talab etilganda qayerga murojaat etishni bilmasangiz, unda ushbu davlat xizmati ayni muddaо bo'ladi.

⚡️"Mavzuli soʻrovlarni ijro etish xizmati" yordamida siz alohida faktlar, maʼlumotlarni aniqlash (tasdiqlash), mulk huquqini aniqlash, turar joy boʻyicha maʼlumotlarni olish kabi koʻplab soʻrovlarni yuborishingiz mumkin.

📌Soʻrovnomada shaxsiy maʼlumotlarni aniq kiritish, qaysi organ tomonidan qabul qilinganligini, imkon qadar sanasi va raqamini kiritishingiz kerak boʻladi.

💠Davlat xizmatidan DXM orqali yoki YIDXP (my.gov.uz) yordamida foydalanishingiz mumkin.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #FHDY_xizmatlari
#Mutaxassisga_sharhi

🔅Qanday hollarda nikohni qayd etishdagi 1 oylik muddat qo‘llanilmaydi?

📌Yaqinlaringiz bilan foydali ma'lumotlarni bo'lishishni unutmang!

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_layfxak

“Mobile ID” tizimidan ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz nima qilish kerak?

“Mobile ID” tizimidan ro‘yxatdan o‘tish juda oson. Buning uchun siz bir marotaba shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki haydovchilik guvoxonomasi) bilan respublikada mavjud davlat xizmatlari markazlari yoki notariuslarga tashrif buyurishingiz kifoya.

▫️Davlat xizmatlari markazi operatori yoki notariusga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etasiz va mobil raqamingizni ma'lum qilasiz;
▫️operator yoki notarius tizim orqali sizni “one.id” tizimi orqali ro‘yxatga o‘tganligingizni tekshiradi va ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz ro‘yxatdan o‘tkazadi;
▫️tizim orqali biometrik ma'lumotlaringiz tasdiqlanadi;
▫️ telefon raqamingizga tasdiqlovchi kod yuboriladi va kod tizimga kiritiladi.

Endi siz mobil raqamingiz orqali YIDXP (my.gov.uz) portali va boshqa ko‘pgina moliyaviy xizmatlarga telefoningiz orqali buyurtma berishingiz va tasdiqlashingiz mumkin.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yo’nalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Bojxona ombori faoliyatini litsenziyalash yuzasidan bojxona ombori qanday bo’lishi kerak?

📄bojxona ombori — maxsus jihozlangan va belgilangan joy bo‘lib, binolarning hududini va (yoki) ochiq maydonchalarni o‘z ichiga olgan hamda tovarlarni bojxona nazorati ostida saqlashga mo‘ljallangan. Bojxona ombori ochiq yoki yopiq turda bo‘lishi mumkin.

✔️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 210-son qarori.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_muhim

⚡️DAVLAT XIZMATLARI MARKAZLARI ORQALI XIZMATLARDAN FOYDALANMOQCHIMISIZ?

❗️VAQTINGIZNI VA NAQDINGIZNI TEJANG!

📌DAVLAT XIZMATLARI MARKAZLARIGA TASHRIFINGIZNI OLDINDAN REJALASHTIRING!

🔅Yaqinlaringiz bilan foydali ma'lumotlarni bo'lishishni unutmang!

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM