Davlat xizmatlari yangiliklari
50K subscribers
9.86K photos
879 videos
8 files
8.29K links
Download Telegram
#Diqqat_loyiha

❗️DXM hamda my.gov.uz orqali qoʻshimcha 200 ta davlat xizmatlarini koʻrsatish belgilanmoqda

“2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi

Loyihada, jumladan, quyidagilar belgilanmoqda:

🔹davlat organlari va tashkilotlarining aholi va tadbirkorlarga koʻrsatiladigan servis xizmati sifatini oshirish borasidagi faoliyatini reyting baholash tizimini joriy etish;

🔹davlat organlari va tashkilotlari tomonidan anʼanaviy tarzda koʻrsatiladigan qoʻshimcha 200 ta davlat xizmatlarini DXM hamda YIDXP (my.gov.uz) orqali koʻrsatish;

🔹aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari (nogironligi boʻlgan shaxslar, ogʻir bemorlar, keksalar va boshqalar)ga migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi davlat xizmatlarini doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyiga chiqish orqali, koʻrsatilgan xizmat uchun qoʻshimcha toʻlov undirilmagan holda koʻrsatish;

🔹elektr, gaz va suv sarfi hisoblagichlarini qiyoslashdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini proaktiv tarzda (xizmat koʻrsatuvchi tashkilotning oʻz tashabbusi bilan fuqaro murojaatini kutmasdan) koʻrsatish.

📝 Loyihada shuningdek, 2024-yil 1-yanvardan pensionerga hisoblangan, lekin oʻz vaqtida olinmagan pensiyani toʻlash muddati 12 oydan 24 oyga uzaytirilishi nazarda tutilgan.

📌 Ushbu havola orqali Farmon loyihasi muhokamasida faol ishtirok eting: https://regulation.gov.uz/oz/d/76071

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Davlat xizmatlari yo'nalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz

Xususiy notariuslik faoliyati bilan shug‘ullanmoqchiman, buning uchun qayerga murojaat qilishim va qanday hujjatlarni taqdim etishim lozim?

❗️Javob:

Hukumatning 369-son qaroriga muvofiq Xususiy notariuslik faoliyatini amalga oshirish yuzasidan litsenziya olish boʻyicha Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (my.gov.uz) orqali murojaat qilinadi.

📝Xususiy notariuslik faoliyatini amalga oshirish yuzasidan litsenziya olish boʻyicha Soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar elektron tarzda ilova qilinadi:

🔹Oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom yoki vakolatli davlat organining xorijiy taʼlim muassasasida olingan oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatning nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) toʻgʻrisidagi guvohnomasi nusxasi;

🔹Mehnat daftarchasining tasdiqlangan nusxasi yoki yuridik mutaxassislik boʻyicha ish stajini tasdiqlovchi “Elektron mehnat daftarchasi” tizimidan koʻchirma.

🔸Davlat xizmatini koʻrsatish uchun 150 000 so'm (BHMning 50 %) miqdorida yigʻim undiriladi.

🔸Xususiy notariuslik faoliyatini amalga oshirish yuzasidan litsenziya berganlik uchun 300 000 so'm (BHMning 1 baravari) miqdorida davlat boji undiriladi.

🔸YIDXP orqali murojaat etilganda toʻlovlarning 90 foizi undiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Eslatma

📣 2010-yilgacha olingan “prava”ni yangisiga almashtirishgacha — 52 kun qoldi

Xabaringiz bor, eski namunadagi «prava»ni yangisiga almashtirish uchun Davlat xizmatlari markazlariga yoki BEVOSITА vakolatli idora IIBB YHXB bo‘limlariga murojaat qilish lozim edi.

🟢 Joriy yilning 30-yanvaridan boshlab ushbu idoralarga ovora bo‘lib borish, rasmga tushish, bir-nechta hujjatlarga imzo qo‘yish, navbat kutib turishingiz shart emas.

🎦 Bu yuzasidan, Yoshlar telekanali tomonidan, Uchtepa tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazida tayyorlangan lavhada batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi.

Batafsil yuqoridagi videoda☝🏻☝🏻☝🏻

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Litsenziyalash_xizmati

⚡️Endilikda "Litsenziya" axborot tizimi orqali Xavfli ishlab chiqarish obyektida qo‘llaniladigan texnik qurilmalarni va inshootlarni ko‘rik va sinovdan o‘tkazish uchun ruxsatnoma olish mumkin.

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs

📲 Talabgor ruxsatnoma olish uchun arizani “Litsenziya” AT yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron yuboradi.

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori — 600 000 so'm (BHMning ikki baravari)

💸Ruxsatnoma berilganligi uchun — 600 000 so'm (BHMning ikki baravari);

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 15 kun;

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: 1 yil;

Ma'lumot uchun:
Vakolatli organ arizani ko‘rib chiqish muddati davomida amalga oshiriladigan o‘rganishlarni o‘tkazish uchun xarajatlar (xizmat safarida va yo‘lda bo‘lgan vaqt uchun kundalik xarajatlar, mehmonxonalarda yashash xarajatlari, transport, maxsus kiyim-bosh va himoya vositalari) talabgor (ariza beruvchi) tomonidan yozma shartnomaga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

⚡️O'zbekiston hududida avtomobil transportida yuk tashish uchun litsenziya talab etilmaydi

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan yuklarni avtomobil transportida shaharda, shahar atrofida hamda shaharlararo tashish faoliyati bilan shug'ullanish uchun litsenziya olish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6044-son Farmoniga asosan bekor qilingan.

❗️Bu muhim: Tadbirkorlik subyektlari tomonidan avtomobil transportida yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya olinishi lozim. Bunda, talabgor Hukumatning 636-son qaroriga asosan Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilish lozim.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

⚡️Narkologiya dispanseri hisobida turish yoki turmaslik to‘g‘risidagi ma’lumotnomani DXM yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali olishingiz mumkin

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:
– Davlat xizmatlari markazi;
– YIDXP
my.gov.uz orqali.

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

👨‍💼Jismoniy shaxslar

💠Davlat
xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 6 000 so'm (BHMning 2,0 foizi)

💠Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

🧾Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun belgilangan yig‘imning 50 foizi miqdorida chegirma qo‘llaniladi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati –real vaqt rejimida.

❗️Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6191-son Farmoni bilan 2021-yil 1-iyundan boshlab davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan aholidan, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari tomonidan Narkologiya dispanseri hisobida turish yoki turmaslik to‘g'risidagi ma'lumotnoma talab qilinmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Litsenziyalash_xizmati

⚡️Endilikda "Litsenziya" axborot tizimi orqali Xavfli ishlab chiqarish obyektlari va istirohat bog‘laridagi attraksionlarida putur yetkazmaydigan nazorat ishlarini olib borish uchun ruxsatnoma olish mumkin.

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs

📲 Talabgor ruxsatnoma olish uchun arizani “Litsenziya” AT yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron yuboradi.

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori — 600 000 so'm (BHMning ikki baravari)

💸Ruxsatnoma berilganligi uchun berilganligi uchun — 600 000 so'm (BHMning ikki baravari);

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 15 kun;

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: 2 yil;

Ma'lumot uchun:
Vakolatli organ arizani ko‘rib chiqish muddati davomida amalga oshiriladigan o‘rganishlarni o‘tkazish uchun xarajatlar (xizmat safarida va yo‘lda bo‘lgan vaqt uchun kundalik xarajatlar, mehmonxonalarda yashash xarajatlari, transport, maxsus kiyim-bosh va himoya vositalari) talabgor (ariza beruvchi) tomonidan yozma shartnomaga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Foydali_ma'lumot

🏦Markaziy bank 9-fevralrdan boshlab amalda bo‘ladigan valyuta qiymatlarini belgiladi.

📁Batafsil yuqoridagi infografikada 👆👆👆

🔅Foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tarixiy_sana

‼️Adliyada navoiyxonlik…

Alisher Navoiy tavalludiga 582-yil toʻldi. Hazrat Alshiyer Navoiyning adolat haqidagi baytlari Adliya xodimlari tilida…
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Budjet tashkilotlariga qanday tashkilotlar kiradi?

📌Davlat funksiyalarini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda davlat hokimiyati organlarining qaroriga ko‘ra tashkil etilgan, davlat budjeti mablag‘lari hisobidan saqlab turiladigan notijorat tashkilotlar budjet tashkilotlari hisoblanadi.

❗️Ma’lumot uchun: Budjet tashkilotlarini moliyalashtirish shartlari va ularning budjet hisobini yuritish tartibi budjet to‘g‘risidagi qonunchilik bilan belgilanadi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 4-moddasi.


Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Eslatma

📣 2010-yilgacha olingan “prava”ni yangisiga almashtirishgacha — 51 kun qoldi

🔰 Yunusobod tuman deputati Sh.Sayfullayev eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini tezroq yangisiga almashtirib olishga chaqirmoqda.

‼️ Eski “prava”ni yangisiga almashtirish uchun nafaqat DXMlarga yoki IIBB YHXBga murojaat qilishingiz balki uydan turib YIDXP (my.gov.uz) buyurtma berishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi #litsenziyalash_xizmati

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesish uchun ruxsatnoma" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
— O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining hududiy organlari;

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT -
license.gov.uz orqali;
YIDXPmy.gov.uz;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

Yuridik va jismoniy shaxslar

💠To‘lanadigan yig‘im miqdori:

— Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori – 90 000 so'm (BHMning 30 foizi);

Arizani ko‘rib chiqish muddati – 5 ish kuni.

📌Amal qilish muddati — Ruxsatnomada ko‘rsatilgan muddatda beriladi. Bunda ruxsatnomalarning amal qilish muddati 31-dekabrdan kech bo‘lmagan muddatda tugaydi.

❗️Eslatma:
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi PF-46-son Farmoni bilan Davlat oʼrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga moratoriyning amal qilishi muddatsiz davrga uzaytirilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

⚡️Yengil avtomobilda yoʻlovchi tashish litsenziya varaqasini olishning tartibidan xabardormisiz?

Bunda haydovchi avvalo Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali masofadan yoki Davlat soliq inspeksiyasi hududiy boʻlimiga borgan holda oʻzini oʻzi band boʻlgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtishi lozim. Roʻyxatdan oʻtish va guvohnoma olish bepul.

📑Soʻngra haydovchi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali yoki Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurgan holda, yengil avtomobilda yoʻlovchi tashish litsenziya varaqasini olish uchun 1 yilga 300 ming soʻm davlat boji toʻlab, litsenziya varaqasi oladi.

🔅Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qilinganda 10 foiz chegirma qoʻllaniladi, yaʼni 270 000 soʻm toʻlashning oʻzi yetarli.

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan haydovchi rasmiy ish stajiga ega boʻlishni istasa, ixtiyoriy ravishda 1 yil uchun 300 ming soʻm ijtimoiy soliq toʻlashi mumkin. Takrorlab oʻtamiz, ijtimoiy soliq toʻlash oʻzini oʻzi band qilganlar uchun ixtiyoriy sanaladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

🔅FHDY organlari xodimlari o'zi va qarindoshlarining dalolatnoma yozuvlarini qayd etishi mumkin emas

🔰 FHDY organlari xodimlari hamda konsul o'zi, eri yoki xotini o'zining va uning qarindoshlari (ota-onalari, bolalari, nevaralari, bobolari, buvilari, tug'ishgan aka-uka, opa-singillari) to'g'risida dalolatnoma yozuvlarini qayd etishga yoki ularga tegishli o'zgartirish, tuzatish va qo'shimchalar kiritishga haqli emaslar.

⚠️ Bunday holatlarda dalolatnoma yozuvlarini qayd etish yoki ularga o'zgartirishlar, tuzatishlar va qo'shimchalar kiritish bo'ysunish tartibida yuqori organning yozma ko'rsatmasi asosida boshqa xodim tomonidan yoki boshqa FHDY organida amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Foydali_ma'lumot

🏦Markaziy bank 10-fevralrdan boshlab amalda bo‘ladigan valyuta qiymatlarini belgiladi.

📁Batafsil yuqoridagi infografikada 👆👆👆

🔅Foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Yoʻqolgan kadastr pasportini qayta tiklash uchun nima qilish kerak?

🔹Yoʻqolgan kadastr pasportini qayta tiklash uchun ariza beruvchi DXMga oʻzi kelgan holda murojaat etishi yoki YIDXPda davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtishi kerak.

🔸Agar siz o’zingiz kelib murojaat etgan taqdiringizda, DXM xodimlari sizning nomingizdan, YIDXP orqali murojaat etadilar va belgilangan shakldagi soʻrovnomani elektron shaklda mustaqil toʻldiradilar.

🔹Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, soʻrovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma hamda soʻrovnomaga koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat taqdim qilinadi.

📌Kadastr(yigʻmajildi) pasporti yoʻqolganda(yaroqsiz holga kelganda), qogʻoz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Jismoniy shaxslar soliq qarzi mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma qanday olinadi?

Javob:

Hukumatning 823-son qarori bilan tasdiqlangan “Jismoniy shaxs — soliq to‘lovchining soliqlar va yig‘imlardan soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi haqida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning” ma’muriy reglamenti.

Ariza beruvchilar mazkur davlat xizmatidan my.gov.uz portalida ro‘yxatdan o‘tib, so‘rov yuborish orqali istalgan vaqtda foydalanishlari mumkin.

❗️ Eslatma!
- xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul;
- xizmat natijasi avtomatik ravishda (real vaqt rejimida) shakllanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Litsenziyalash_xizmati

Maktabdan tashqari taʼlim faoliyati bilan shugʻullanmoqchimisiz?

Unda siz "Litsenziya" axborot tizimi orqali "Maktabdan tashqari taʼlim faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik toʻgʻrisida xabarnomani" vakolatli organga yuborishingiz zarur!

Ushbu xabarnoma orqali nodavlat maktabdan tashqari taʼlim, shu jumladan, chet tillarini oʻrgatish faoliyati bilan shugʻullanishingiz mumkin.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT -
license.gov.uz;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkor

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
—Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

💠To‘lanadigan yig‘im miqdori: 150 000 so'm (BHMning 50 foizi)

❗️Muhim ma'lumot:
Chet tillarga oʻqitgan hollarda, pedagog kadrlarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan beriladigan bilimlar darajasi va chet tilini bilish va egallab olganlik darajasi toʻgʻrisida davlat namunasidagi malaka sertifikati yoki yetakchi xalqaro va baholash tizimlarining amaldagi sertifikati (IELTS, CEFR, TOEFL IBT) mavjud boʻlishi lozim.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #FHDY_xizmatlari
#Mutaxassisga_sharhi

🔅Qanday hollarda nikohni qayd etishdagi 1 oylik muddat qo‘llanilmaydi?

📌Yaqinlaringiz bilan foydali ma'lumotlarni bo'lishishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Qanday hollarda xorijga chiqish biometrik pasport berilganligi uchun davlat boji toʻlanmaydi?

“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq, quyidagi hollarda xorijga chiqish biometrik pasporti berilganligi uchun davlat bojini toʻlashdan ozod qilinadi:

👨‍👩‍👦 Yaqin qarindoshlari vafot etgan yoki ular dafn etilgan joylarni ziyorat qilganda;

👮‍♀️fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalarga (bitimlarga) binoan ular xorij sudlariga fuqarolik va jinoyat ishlari yuzasidan taraflar, guvohlar va ekspertlar sifatida chaqirilgan taqdirda;

👨‍⚕️voyaga yetmagan shaxsga, shuningdek unga hamrohlik qiluvchi shaxsga xorijiy davlatda ixtisoslashgan tibbiy yordam koʻrsatilganda yoki jarrohlik amaliyoti oʻtkazilganda;

🏆voyaga yetmagan shaxs ilm-fan, taʼlim, sport yoki madaniyat sohalaridan biridagi xalqaro tadbirda yoki musobaqada ishtirok etganda;

🧑‍🦽“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan shaxsga, shuningdek, unga hamrohlik qiluvchi shaxsga xorijiy davlatda ixtisoslashgan tibbiy yordam koʻrsatilganda yoki jarrohlik amaliyoti oʻtkazilganda;

🌪Biometrik pasport Oʻzbekiston yoki chet davlatlar hududida tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar yuz berganligi natijasida jabrlangan jismoniy shaxslar tomonidan yoʻqotilgan yoxud yaroqsiz holga kelganda.

🛫 Shuningdek, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan xorijga xizmat safariga yuboriladigan fuqarolarning xorijga chiqish huquqini beruvchi hujjatlar uchun davlat boji belgilangan tartibda ushbu korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan toʻlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#So'ragan_edingiz
#Xizmatlardan_onlayn_foydalanamiz
#Mutaxassisga_so'z_beramiz

📌"New.birdarcha.uz" avtomatlashtirilgan tizimi orqali "Firma nomini zaxiraga olish va yuridik shaxsni davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibini bilasizmi?

✍️Mutaxassis Sizga mustaqil ravishda xizmatdan foydalanishga yordam beradi.

📹VIDEOQOʻLLANMA

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat