Davlat xizmatlari yangiliklari
50K subscribers
9.83K photos
879 videos
8 files
8.27K links
Download Telegram
#Adliya_xabari

Davlat xizmatlari markazlarining barcha resurslari fuqarolarga yordam rejimiga oʻtkazildi.

Soʻnggi kunlarda yurtimizda kuzatilayotgan anomal sovuq va uning oqibatlarini yengillatish uchun Respublikamizdagi barcha Davlat xizmatlari markazlarida fuqarolarning ogʻirini imkon qadar yengillatish maqsadida qator qulayliklar joriy etildi.

Birinchi, fuqarolar biron ish bilan DXM yaqinida tashqarida turib qolsalar – hatto DXMlarda ishi boʻlmasa ham – ichkariga kirib isinib olishlari mumkin, ularga bir piyola issiq choy, shinam kutish zallari hozir.

Ikkinchi, barcha DXM larga tashrif buyurayotgan (Toshkent shahri mustasno) pensioner, nogiron, yosh bolali fuqarolarni xizmat avtomashinasi Damaslarda zarur hollarda avtobuslar bekati, shahar yoki tuman markazi, uyiga qadar yetkazib qoʻyish toʻgʻrisida rahbariyat tomonidan topshiriq berildi.

Uchinchi, barcha DXMlar energiyatejamkor rejimda ishlamoqda, kunduz kuni chiroqlar yoqilmaydi, faqat kompyuter va fuqarolarga maʼlumot beruvchi tablolar ishlaydi.

Shuningdek, davlat xizmatlarini koʻchaga chiqmay, uydan turib olish imkoniyatlari ham yana bir bor eslatiladi,

my.gov.uz, license.gov.uz hamda new.birdarcha.uz portallari orqali uydan chiqmagan holda elektron davlat xizmatlaridan foydalaning.

Masalan, my.gov.uz orqali:
– sanatoriylarda davolanish yoʻllanmasini olish;
– masofadan turib bolani bogʻchaga navbatga qoʻyish va navbatni tekshirish;
– nikohdan oʻtishga onlayn ariza topshirish mumkin.

“Litsenziya” (https://license.gov.uz/) axborot tizimi orqali litsenziyalash va ruxsat berish hujjatlari uchun ariza berish, kabinet orqali tashkilotga tegishli maʼlumotlarni olish, litsenziyalar reyestridan maʼlumotlar izlash imkoniyatlari mavjud.

Biznesni new.birdarcha.uz orqali uydan chiqmagan holda oson va tez boshlash imkoni yaratilgan.

Davlat xizmatlari markazlari fuqarolarga imkon qadar mehr va iliqlik ulashish niyatida harakat qilmoqda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Foydali_ma'lumot

🏦Markaziy bank 17-yanvardan boshlab amalda bo‘ladigan valyuta qiymatlarini belgiladi.

📁Batafsil yuqoridagi infografikada 👆👆👆

🔅Foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiyadan oʻtkazish qanday amalga oshiriladi?

🔸Murojaatlar
qabul qilinadi:
Davlat xizmatlari markazi;
– YIDXP
my.gov.uz orqali.

📌Sertifikati talabgorlarga besh yil amal qilish muddati bilan beriladi.

🔸Shunindek, qarorda talabgorlar 2 turdagi malaka sertifikatidan birini olishlari mumkinligi belgilandi:

📝Endilikda malaka sertifikatini olish uchun faqat soʻrovnoma toʻldirish kifoya va tegishli hujjatlar vakolatli organ tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadi.

🔹I toifali malaka sertifikatini olish uchun talabgorlar uchun 2 bosqichda amalga oshiriladi va test sinovi 90 ta savoldan iborat boʻladi.
🔹II toifali malaka sertifikatini olish uchun talabgor uchun 1 bosqichda amalga oshiriladi va test savollari qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishdagi umumiy bilim saviyasi va koʻnikmasini aniqlashga qaratilgan 60 ta savolni oʻz ichiga oladi.

💸Davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.

🗓Malaka sertifikatini berish boʻyicha attestatsiyadan vakolatli organ tomonidan har oyning birinchi payshanba kunida oʻtkaziladi.

📎Vakolatli organ tomonidan malaka sertifikatini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilganda QR-kod qoʻyilgan malaka sertifikati rasmiylashtirib beriladi.

❗️ Eslatma!

🛃 Moliya-iqtisod, huquqshunoslik sohasi bo‘yicha imtiyozli diplomga ega oliy ta’lim muassasasi bitiruvchilari hamda CFA Institute, ACI, ACCA xalqaro tashkilotlari sertifikatiga ega talabgorlar attestatsiyadan o‘tmay va belgilangan yig‘imni to‘lamasdan ham II toifali malaka sertifikatini olishlari mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Ipoteka krediti asosida uy-joy olish uchun berilgan arizalar qaysi holatlarda rad etiladi?

🔅Ariza quyidagi hollarda rad etiladi:

🔹taqdim etilgan arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlar ijtimoiy mezonlarga mos kelmaganda;
🔹taqdim etilgan ma’lumotlar noto‘g‘ri yoki soxta bo‘lganda;
🔹ilgari shahar va qishloq joylarda arzon uy-joy qurish dasturlari doirasida imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joy hamda subsidiya olgan (avval olingan uy-joy boshqa shaxsga begonalashtirib yuborilgan taqdirda ham) oila a’zolari (eri, xotini) takroriy murojaat etganda;
🔹joriy yilda hudud uchun ajratiladigan subsidiya soni tugaganda;

📝ariza beruvchi va (yoki) oilaning o‘rtacha oylik daromadi:

🔹Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda — MHTEKMning 2,7 baravaridan kam va 8,0 baravaridan yuqori;

🔹Toshkent shahrida — MHTEKMning 2,7 baravardan kam va 9,2 baravaridan yuqori bo‘lganda.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2020-yilning 25-martdagi 182-son qarori.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Sug‘urtalovchilarning (qayta sug‘urtalovchilarning) va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyati uchun litsenziya" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:

🏢 Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi;

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

"Litsenziya" AT - license.gov.uz;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxslar

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

💸1 500 000 so'm (BHMning 5 baravari);

📑Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

💸3 000 000 so'm (BHMning 10 baravari);

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 20 ish kuni

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: Cheklanmagan

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bu_muhim

🔅Davlat xizmatlarini taqdim etish muddatlari haqida nimalarni bilasiz?

Fuqarolar uchun davlat xizmatlari qanchalik tez taqdim etilsa, mamnunlik darajasi ham shu qadar yuqori bo'ladi.

❗️Demak, xizmat ko'rsatish muddati sifatida berilgan iboraga diqqat qilish juda ham muhim. Misol uchun, xizmat muddati 2 kun yoki 2 ish kuni deb belgilanishi mumkin.

Nima farqi bor dersiz?

📌Doim yodingizda bo'lsin, agarda talab va reglamentda ko'rsatilgan matndagi muddatda "ish kuni" jumlasidan foydalanilmagan bo'lsa, demak kalendar kunlari nazarda tutilgan bo'ladi.

📎Agarda "ish kuni" birikmasi qo'llanilgan bo'lsa, demak xizmat ko'rsatuvchi davlat organining ish kunlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

🗓Shunday qilib, 5 ish kuni deb belgilangan muddat haftaning 2 dam olish kunini inobatga olib hisoblaganda 7 kalendar kunga to'g'ri keladi. Boshqacha qilib aytganda, chorshanba kuni berilgan ariza bo'yicha keyingi haftaning seshanba kuni 5-ish kuni hisoblanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bu_qiziq

⚡️Qarindoshlaringizni tekshiring!

🔅JSHSHIR orqali yaqin qarindoshlaringiz to'g'risidagi ma'lumotlarni ko'rish imkoni mavjudligidan xabardormisiz?

👨‍👩‍👦‍👦Yaqin qarindoshlaringiz haqidagi ma'lumotlarni ushbu havola orqali tekshirishingiz mumkin.

🔹https://my.gov.uz/uz/zags-pinfl-info 👈👈👈

❗️Agar siz biron bir xatolik yoki nomuvofiqlikni aniqlagan bo’lsangiz, ma‘lumotlarni tahrirlash uchun ariza yuborishda mana bu havoladan foydalanishingiz mumkin.

🔸https://my.gov.uz/oz/service/475👈👈👈

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash" mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT -
license.gov.uz orqali;
YIDXPmy.gov.uz;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs

💸Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 600 000 so'm (BHMning 2 baravari)

💸Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: 3 000 000 so'm BHMning 10 baravari

Arizani ko‘rib chiqish muddatlari: 15 ish kunida (oliy ta’lim turi bo‘yicha 30 ish kunida)

🔅Litsenziyaning amal qilish muddati: cheklanmagan

❗️Muhim ma’lumot: Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarga ta’limning har bir turi uchun alohida litsenziya beriladi. Litsenziyada faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, ta’lim faoliyati yo‘nalishlari ro‘yxati va ta’lim shakllari aniq ko‘rsatiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qulaylik

To‘lovlarni tez va oson amalga oshiring

Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirishda invoysdagi raqamlarni bittalab terib o‘tirish yoki “kassa”da navbat kutishga hojat yo‘q.

📲 Buning uchun ommabop to‘lov tizimlarida invoysdagi “QR-code”ni skaner qilib, to‘lovni osongina amalga oshiring.

💳 Mazkur imkoniyatdan hozircha “Payme”, “Click”, “U-pay” to‘lov tizimlari orqali foydalanishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Foydali_ma'lumot

🏦Markaziy bank 18-yanvardan boshlab amalda bo‘ladigan valyuta qiymatlarini belgiladi.

📁Batafsil yuqoridagi infografikada 👆👆👆

🔅Foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_muhim
#Davlat_xizmatlaridan_qulaylik

FHDY BOʻLIMLARIDA HAM EKSTERRITORIALLIK AMALDA.

Xabaringiz bor fuqarolarning doimiy (vaqtincha) roʻyxatdan oʻtgan joyidan qatʼi nazar fuqarolik holati dalolatnomalari

tugʻilish

nikoh

oʻlim

nikohdan ajratishni qayd etish eksterritorial tamoyil asosida amalga oshiriladi.

Xoʻsh, xizmatlardan eksterritorial tamoyil asosida foydalanish oʻzi nima?

❗️Eksterritorial tamoyil - yashash joyingizdan qatʼiy nazar, yuqorida qayd etilgan davlat xizmatlarini istalgan FHDY boʻlimidan olish imkoniyati.

Yaʼni, Siz xizmat safari yoki biror yumush bilan Toshkentga yoinki respublikamizning boshqa hududiga tashrif buyurdingiz va u yerda Sizga FHDY xizmatlariga zarurat tugʻildi. Avvalgidek, roʻyxatdan oʻtgan joyingizdagi FHDY boʻlimiga qaytib borib, vaqt va naqdingizni sarflamay, hozir boʻlib turgan joyingizdagi istalgan FHDY boʻlimiga murojaat qilgan holda xizmatlardan foydalanishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Uyda tugʻilgan bolaning tugʻilganlik fakti qanday rasmiylashtiriladi?

❗️Javob:

💠 Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarining 20-bandiga asosan (Hukumatning 387-son qarori) tugʻuruqxonalardan tashqari joylarda va tibbiy yordamsiz tugʻilgan bolaning tugʻilganligini qayd etish uchastka shifokori (feldsher yoki akusher) tomonidan berilgan maʼlumotnoma asosida
amalga oshiriladi.

🔸Bunday holatlarda bolaning ushbu onadan tugʻilganligiga guvoh boʻlganlar ishtirokida tuzilgan va uchastka shifokori (feldsher yoki akusher) tasdiqlagan dalolatnoma tibbiy maʼlumotnoma berish uchun asos hisoblanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Ommaviy axborot vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
— O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va uning hududiy boshqarmalari.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

"Litsenziya" AT - license.gov.uz;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik va jismoniy shaxslar

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: Bepul

💸Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im:

🔸Davriy bosma nashrlar — 3 750 000 so'm (BHMning 12,5 baravari);

🔸tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar, Axborot agentliklari — 4 500 000 so'm (BHMning 15 baravari);

🔸mahsulotlari Internet global axborot tarmog‘i orqali tarqatiladigan ommaviy axborot vositalari (gazeta, jurnal, axborotnoma, byulleten, almanax, tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar va boshqalar) — 150 000 so'm (BHMning 50 foizi);

🔸 asosan bolalar, o‘smirlar, nogironlar uchun mo‘ljallangan, shuningdek, ta’lim va madaniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ommaviy axborot vositalari — 750 000 so'm (BHMning 2,5 baravari);

🔸reklama xususiyatiga ega bo‘lgan ommaviy axborot vositalari — 7 500 000 so'm (BHMning 25 baravari).

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 10 kun

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: Cheklanmagan

❗️Ma'lumot uchun: Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan ommaviy axborot vositalar ro'yxati.👈

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Foydali

Parvarishlash nafaqasi kimlarga beriladi?

❗️Qonunchilikka asosan o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga har oyda 500 000 so‘m miqdorida nafaqa to‘lovi joriy etilgan.

⚠️E’tibor berish lozimki, bunda bola parvarishlash nafaqasi faqatgina 34 turdagi kasallik bilan og’rigan bolalarni parvarishlayotgan shaxslarga beriladi.

📋To’liq ro’yxat 👈👈👈

Parvarishlash nafaqasi fuqarolarning Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga (my.gov.uz) qilgan murojaatlari asosida budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan tayinlanadi va to‘lanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

⚡️Yengil avtomobilda yoʻlovchi tashish litsenziya varaqasini olishning tartibidan xabardormisiz?

Bunda haydovchi avvalo Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali masofadan yoki Davlat soliq inspeksiyasi hududiy boʻlimiga borgan holda oʻzini oʻzi band boʻlgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtishi lozim. Roʻyxatdan oʻtish va guvohnoma olish bepul.

📑Soʻngra haydovchi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali yoki Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurgan holda, yengil avtomobilda yoʻlovchi tashish litsenziya varaqasini olish uchun 1 yilga 300 ming soʻm davlat boji toʻlab, litsenziya varaqasi oladi.

🔅Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qilinganda 10 foiz chegirma qoʻllaniladi, yaʼni 270 000 soʻm toʻlashning oʻzi yetarli.

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan haydovchi rasmiy ish stajiga ega boʻlishni istasa, ixtiyoriy ravishda 1 yil uchun 300 ming soʻm ijtimoiy soliq toʻlashi mumkin. Takrorlab oʻtamiz, ijtimoiy soliq toʻlash oʻzini oʻzi band qilganlar uchun ixtiyoriy sanaladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #FHDY_xizmatlari
#Mutaxassisga_sharhi

📌Ismni yoki familiyani o‘zgartirish tartibi qanday?

🔅Yaqinlaringiz bilan foydali ma'lumotlarni bo'lishishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Foydali_ma'lumot

🏦Markaziy bank 19-yanvardan boshlab amalda bo‘ladigan valyuta qiymatlarini belgiladi.

📁Batafsil yuqoridagi infografikada 👆👆👆

🔅Foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔅FHDY organlari xodimlari o'zi va qarindoshlarining dalolatnoma yozuvlarini qayd etishi mumkin emas

🔰 FHDY organlari xodimlari hamda konsul o'zi, eri yoki xotini o'zining va uning qarindoshlari (ota-onalari, bolalari, nevaralari, bobolari, buvilari, tug'ishgan aka-uka, opa-singillari) to'g'risida dalolatnoma yozuvlarini qayd etishga yoki ularga tegishli o'zgartirish, tuzatish va qo'shimchalar kiritishga haqli emaslar.

⚠️ Bunday holatlarda dalolatnoma yozuvlarini qayd etish yoki ularga o'zgartirishlar, tuzatishlar va qo'shimchalar kiritish bo'ysunish tartibida yuqori organning yozma ko'rsatmasi asosida boshqa xodim tomonidan yoki boshqa FHDY organida amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Jismoniy shaxslar soliq qarzi mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma qanday olinadi?

Javob:

Hukumatning 823-son qarori bilan tasdiqlangan “Jismoniy shaxs — soliq to‘lovchining soliqlar va yig‘imlardan soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi haqida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning” ma’muriy reglamenti.

Ariza beruvchilar mazkur davlat xizmatidan my.gov.uz portalida ro‘yxatdan o‘tib, so‘rov yuborish orqali istalgan vaqtda foydalanishlari mumkin.

❗️ Eslatma!
- xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul;
- xizmat natijasi avtomatik ravishda (real vaqt rejimida) shakllanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat