Davlat xizmatlari yangiliklari
49.7K subscribers
9.82K photos
876 videos
8 files
8.25K links
Download Telegram
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Migrantlarning pensiyasi qanday rasmiylashtiriladi?

❗️Javob:

Xorijda ishlangan davrlar quyidagi shartlarga koʻra mehnat stajiga qoʻshiladi:

🔹2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlangan taqdirda;

🔹2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun - yagona ijtimoiy toʻlov toʻlangan taqdirda.

Eslatma! Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining yollanma (bitim) asosda xorijda ishlaganligi hukumat tomonidan vakolat berilgan organlar mehnat daftarchasiga kiritgan qaydnomalarga qarab aniqlanadi.

Asos: Hukumatning 2011-yil 8-sentabrdagi 252-son qarori.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Litsenziya_axborot_tizimi

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Erkin ombor faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
— O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

"Litsenziya" AT - license.gov.uz;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs — O‘zbekiston Respublikasi rezidenti.

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori — 150 000 so'm (BHMning 50 foizi)

❗️Litsenziya qayta rasmiylashtirilayotganda, litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqqanlik uchun to‘lanadigan summaning ellik foizi miqdorida.

💸Litsenziya berilganligi uchun davlat boji 1 500 000 so'm (BHMning 5 baravari)

❗️Litsenziya qayta rasmiylashtirilayotganda, davlat boji undirilmaydi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 20 ish kuni

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: Cheklanmagan

🔅Izoh
: Erkin ombor faoliyatini litsenziyalash pasporti mazkur faoliyatni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa norma va qoidalarning talabgor va litsenziat tomonidan bajarilishini istisno etmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bu_muhim

🔅Davlat xizmatlarini taqdim etish muddatlari haqida nimalarni bilasiz?

Fuqarolar uchun davlat xizmatlari qanchalik tez taqdim etilsa, mamnunlik darajasi ham shu qadar yuqori bo'ladi.

❗️Demak, xizmat ko'rsatish muddati sifatida berilgan iboraga diqqat qilish juda ham muhim. Misol uchun, xizmat muddati 2 kun yoki 2 ish kuni deb belgilanishi mumkin.

Nima farqi bor dersiz?

📌Doim yodingizda bo'lsin, agarda talab va reglamentda ko'rsatilgan matndagi muddatda "ish kuni" jumlasidan foydalanilmagan bo'lsa, demak kalendar kunlari nazarda tutilgan bo'ladi.

📎Agarda "ish kuni" birikmasi qo'llanilgan bo'lsa, demak xizmat ko'rsatuvchi davlat organining ish kunlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

🗓Shunday qilib, 5 ish kuni deb belgilangan muddat haftaning 2 dam olish kunini inobatga olib hisoblaganda 7 kalendar kunga to'g'ri keladi. Boshqacha qilib aytganda, chorshanba kuni berilgan ariza bo'yicha keyingi haftaning seshanba kuni 5-ish kuni hisoblanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

🔅Quyidagi yuridik shaxslar oʻz nomlari va ramzlarida “Oʻzbekiston Respublikasi” va “Oʻzbekiston” rasmiy nomlaridan, shuningdek ulardan hosila soʻzlardan foydalanish huquqiga ega:

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oliy Majlis palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq tashkil etiladigan yoki faoliyatini tashkil etish amalga oshiriladigan yuridik shaxslar, agar ularning nomlari tegishli hujjatlarda toʻgʻridan-toʻgʻri nazarga tutilgan boʻlsa;

Hukumat qaroriga koʻra tashkil etiladigan davlat unitar korxonalari hamda davlat organlari va respublika ahamiyatiga molik tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan davlat muassasalari;

ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari;

yuridik shaxslar respublika ahamiyatiga ega boʻlgan birlashmalari;

respublika nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek nomlarida bosh tashkilotning toʻliq nomi koʻrsatiladigan ularning alohida boʻlinmalari;

davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etilgan murojaatlari asosida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bu_muhim

Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish tartibi

🙎‍♂️ Xizmatdan foydalanuvchilar:
Jismoniy shaxslar

🔄 Xizmatni koʻrsatish tartibi:

👨‍👩‍👦 Ota-onalar, ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (farzandlikka oluvchilar, vasiylar va homiylar), bolalarning yaqin qarindoshlari (bobosi, buvisi, voyaga yetgan akasi yoki opasi) yoki uchinchi shaxslar (ariza beruvchilar) yoʻllanmalar olish uchun davlat xizmatlari markazlariga oʻzlari kelib murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) da roʻyxatdan oʻtadi.

Davlat xizmatidan kompleks tarzda foydalanish uchun FHDY organiga tugʻilishni qayd etish bilan bir vaqtda murojaat qilishlari ham mumkin.

📋Soʻrovnoma toʻldirilib, avtomatik ravishda Maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimiga yuboriladi.

📃 Tegishli tashkilot va guruhda boʻsh oʻrin boʻlganda – yoʻllanma shakllantiriladi, boʻsh oʻrin boʻlmaganda – soʻrovnoma tegishlicha umumiy yoki imtiyozli roʻyxatga kiritiladi hamda xabarnoma shakllantiriladi.

🔘 Imtiyozli roʻyxatga kiritiladigan bolalar kontingenti:

● I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning bolalari;
● koʻp bolali oilalarning bolalari;
● yetim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar;
● “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolgʻiz ayollarning bolalari;
● kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarning va ichki ishlar organlari xodimlarining bolalari;
● talabalar va pedagoglarning bolalari;
● akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan boʻlgan bolalar;
● koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlardan umumiy turdagi maktabgacha tashkilotlarga oʻtkazilayotgan sogʻaygan bolalar.

Ariza beruvchi bolalarni tashkilotga qabul qilishni yoʻllanma shakllangandan soʻng 15 ish kuni mobaynida rasmiylashtirmagan taqdirda, yoʻllanma haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Xizmat narxi: Bepul

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Foydali_ma'lumot

🏦Markaziy bank 6-yanvardan boshlab amalda bo‘ladigan valyuta qiymatlarini belgiladi.

📁Batafsil yuqoridagi infografikada 👆👆👆

🔅Foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_brifing

Adliya vazirligining yil sarhisobi e'lon qilindi

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva vazirlikning 2022-yilda amalga oshirgan ishlari haqida ma'lumot berdi.

2022-yilda vazirlik tomonidan 233 ta qonunchilik hujjatlari loyihalari ishlab chiqildi. Shundan Qonun loyihasi – 79 ta, Prezident hujjatlari – 40 ta, Hukumat qarorlari – 78 ta, idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar – 36 ta.

Vazirlikka yil davomida jami 131,5 ta murojaat kelib tushgan. Shundan, 110,4 mingtasi, ya'ni 84 foizi qonuniy hal etildi.

Vazirlik tomonidan aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan 52 003 ta taqdimnoma kiritildi. 10 486 nafar shaxs ma'muriy, 22 146 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi, shundan 579 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

👉 Batafsil

@adliyangiliklari
#Infografika
#FHDY_xizmatlari
#Bu_qiziq

👶🏻FHDY organlari tomonidan 2021-2022-yil davomida qayd etilgan tug’ilishlar o‘zaro nisbati haqidagi ma’lumotlar

📝2022 yil davomida FHDY organlari tomonidan respublika boʼyicha 939 046 ta bolalarning tug’ilish qayd etildi.

Bu koʼrsatkich oʼtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 12 826 taga ko’p.

📝Shular jumlasidan:

🔹2022 yil davomida 486 114 ta o’g’il bolalarning tug’ilishi qayd etilgan bo’lib, 2021 yilga nisbatan 7 017 taga ko’paygan.

🔹2022 yil davomida 452 932 ta qiz bolalarning tug’ilishi qayd etilgan bo’lib, 2021 yilga nisbatan 5 816 taga ko’paygan

📝Batafsil, yuqoridagi infografikada👆

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Shaxsiy identifikatsiya raqamini shakllantirish muddatlari qanday?

💠Elektron talabnoma Davlat personallashtirish markazi tomonidan qabul qilib olingandan so‘ng:

🔹O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga shaxsiy identifikatsiya raqami axborot tizimi vositasida real vaqt rejimida;

🔹O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha va doimiy yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga bir ish kuni davomida shaxsiy identifikatsiya raqami shakllantirilib, ma’lumotlarni to‘plash punktiga elektron shaklda;

🔹xorijiy davlatda vaqtincha yoki doimiy yashaydigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning farzandlariga (shaxsiy identifikatsiya raqami mavjud bo‘lmaganda), chet el fuqarolariga hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun shaxsiy identifikatsiya raqami bir ish kuni davomida O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga yuboriladi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 177-son qarori.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Litsenziyalash_xizmati

⚡️ "Litsenziya" axborot tizimi orqali "Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularning xizmatlarini koʻrsatish uchun litsenziya" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
— Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

"Litsenziya" AT - license.gov.uz;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori — 300 000 so'm (BHMning bir baravari)

💸Litsenziya berilganligi uchun davlat boji haqida ushbu👉havola orqali tanishishingiz mumkin

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 10 ish kuni

❗️Eslatma: Litsenziyalashda Vazirlar Mahkamasining Axborot faoliyati va maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi bilan kelishish lozim boʻlgan hollarda 25 ish kuni.

🗓Litsenziyaning amal qilish muddati:

🔹teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlaridan foydalanish va xizmatlarini koʻrsatish faoliyatiga beriladigan litsenziyaning amal qilish muddati — 5 yil;

🔹koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlaridan foydalanish va xizmatlar koʻrsatish faoliyatiga beriladigan litsenziyaning amal qilish muddati — 15 yil;

🔹litsenziyalanadigan faoliyatlarning qolgan turlariga litsenziya cheklanmagan muddatga beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Xizmatlar_raqamlarda

💍 2022 yil davomida nechta nikoh qayd etildi?

📝2022 yil davomida FHDY organlari tomonidan respublika boʼyicha 296 787 ta nikohlar qayd etilgan.

Bu koʼrsatkich oʼtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 11 256 taga kam.

📝Shular jumlasidan:

🔹er va xotin 30 yoshgacha bo'lganlar o'rtasida - 251 340 ta

🔹er va xotin 50 yoshdan oshganlar o'rtasida - 10 550 ta

✍️Hududlar kesimida:

↗️30 yoshgacha bo'lganlar o'rtasida Samarqand viloyati eng yuqori koʼrsatkichni qayd etdi.

↗️ 50 yoshdan oshganlar o'rtasida Toshkent shahar eng yuqori koʼrsatkichni qayd etdi.

📝Batafsil, yuqoridagi infografikada👆

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

"Veterinariya xizmati mutaxassislarining malakasini oshirish" xizmatidan kimlar foydalanishi mumkin?

🔹veterinariya xizmati tizimiga kiruvchi mutaxassislar;
🔹tasarrufida veterinariya xizmati mavjud bo‘lgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar mutaxassislari;
🔹ishlab chiqarishda veterinariya xizmatlari tashkil etilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar mutaxassislari;
🔹xususiy veterinariya xizmatlari mutaxassislari.

📌Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt: Samarqand veterinariya meditsinasi instituti huzuridagi Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi (Malaka oshirish markazi).

📝Xizmat uchun BHMning 20 foizi miqdorida yig‘im undiriladi (YIDXP orqali foydalanilganida 10 foiz miqdorida chegirma mavjud).

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #FHDY_xizmatlari
#Mutaxassisga_sharhi

📌Tug'ilganlikni qayd etish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi qanday?

🔅Yaqinlaringiz bilan foydali ma'lumotlarni bo'lishishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_nazorat

⚡️Davlat xizmatlarini ko'rsatishda 2022-yil mobaynida eng ko‘p qonun buzilishi holatlari aniqlangan vazirlik va idoralar:

🔹Kommunal idoralar – 96 841 ta
🔹Kadastr idoralari – 14 493 ta
🔹
Qurilish idoralari – 11 078 ta
🔹Sog‘liqni saqlash muassasalari – 6 923 ta
🔹
Hokimliklar – 5 415 ta

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Foydali_ma'lumot

🏦Markaziy bank 7-yanvardan boshlab amalda bo‘ladigan valyuta qiymatlarini belgiladi.

📁Batafsil yuqoridagi infografikada 👆👆👆

🔅Foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yo'nalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Qaysi holatlarda litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar qayta rasmiylashtiriladi?

❗️Javob:

Yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyekti o‘zgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) faoliyat turlari bo‘yicha o‘zgargan taqdirda, tadbirkorlik subyekti yoxud uning huquqiy vorisi qayta davlat ro‘yxatidan o‘tganidan keyin besh ish kuni ichida vakolatli organga, ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda, litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_muhim

📣📣Haydovchilar diqqatiga!

⚡️Eski haydovchilik guvohnomalari va transportni roʻyxatdan oʻtkazganlikka oid guvohnomalar quyidagi muddatlarda yangisiga almashtirilishi zarur:

☑️2010-yilgacha berilganlari – 2023-yil 31-martgacha;

☑️2010 – 2012-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-iyungacha;

☑️2013 – 2015-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-sentyabrgacha;

☑️2015-yildan keyin berilganlari – 2023-yil 31-dekabrgacha.

❗️O‘z vaqtida almashtirilmagan haydovchilik guvohnomalari haqiqiy emas deb hisoblanadi.

📖Bu to'g'risida Yashnobod tuman adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan Yoshlar telekanalining "Yangi davr" ko'rsatuvida batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#litsenziyalash_xizmati

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "O‘zbekiston Respublikasining o‘ta muhim va toifalangan obyektlarida qo‘riqlashning texnik vositalarini loyihalash, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni bajarish uchun ruxsatnoma" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
– O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT -
license.gov.uz orqali;
YIDXPmy.gov.uz;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

Yuridik shaxs (qo‘riqlashning texnik vositalarini montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan)

💠To‘lanadigan yig‘im miqdori:

— Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori – Bepul;
— Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im miqdori — Bepul;

Arizani ko‘rib chiqish muddati – 20 ish kuni.

📌Amal qilish muddati — Cheklanmagan.

❗️Ma'lumot uchun:
💠 Qo‘riqlashning texnik vositasi — qo‘riqlanadigan obyektlarni tajovuzlardan himoya qilish uchun foydalaniladigan, mustaqil vazifalarni bajaradigan, konstruktiv jihatdan yakunlangan qurilma.

💠 Ruxsatnoma olgan yuridik shaxslar har yili 1-fevralgacha maxsus vakolatli organga obyektlarni, ularning idoraviy mansubligini, o‘rnatilgan qo‘riqlashning texnik vositalari turlari va sonini ko‘rsatgan holda o‘ta muhim va toifalangan obyektlarda qo‘riqlashning texnik vositalarini loyihalash, montaj qilish, so'zlash, ta’mirlash hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etishlari shart.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

⚡️Ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turish yoki turmaslik to‘g‘risidagi ma’lumotnomani olish tartibidan xabardormisiz?

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:
– Davlat xizmatlari markazi;
– YIDXP
my.gov.uz orqali.

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

👨‍💼Jismoniy shaxslar

💠Davlat
xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 6 000 so'm (BHMning 2,0 foizi)

💠Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

🧾Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun belgilangan yig‘imning 50 foizi miqdorida chegirma qo‘llaniladi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati –real vaqt rejimida.

❗️Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6191-son Farmoni bilan 2021-yil 1-iyundan boshlab davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan aholidan, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari tomonidan Ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi to‘g'risidagi ma'lumotnoma talab qilinmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bu_muhim

❗️Elektron hukumat - barcha uchun ochiq

O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to'g'risida”gi Qonunining maqsadi davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llash yo‘li bilan davlat xizmatlari ko'rsatishga doir faoliyatini, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilishni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

🔅Qishloqlardagi chet tillarini o'rgatuvchi nodavlat ta'lim tashkilotlari my.gov.uz orqali subsidiyaga ariza topshirishlari mumkin

Hukumat qarori (513-son, 20.09.2022-y.) bilan Qishloq hududlarida xorijiy tillarni o'qitish faoliyatini tashkil etish uchun nodavlat ta'lim tashkilotlariga mahalliy byudjet mablag'lari hisobidan bir martalik subsidiya ajratish bo'yicha davlat xizmati ishga tushdi.

🔰Subsidiya nodavlat ta'lim tashkilotlariga quyidagi maqsadlarda ajratiladi:

🔹bino va o'quv xonalarini zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari, mebel, asbob-uskunalar, o'qitishning texnik vositalari va boshqa anjomlar bilan jixozlashga;
🔹zarur darsliklar, o'quv-metodik adabiyotlar va boshqa kutubxona-axborot resurslari hamda vositalari bilan ta'minlash, ta'lim jarayonini tashkil etishga jalb etiladigan pedagog kadrlar mehnatiga haq to'lashga.

📝 Nodavlat ta'lim tashkiloti subsidiya olish uchun kalendar yilning har choragi birinchi oyining 10-sanasigacha YIDXPda elektron ro'yxatdan o'tgan holda murojaat qiladi.

Murojaatga quyidagilar ilova qilinadi:

▫️2 yilga mo'ljallangan biznes reja;
▫️mahsulot yetkazib berish yoki ishlarni, xizmatlarni bajarish to'g'risida tuzilgan xo'jalik shartnomalari;
▫️pedagog kadrlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari;
▫️pedagog kadrlarning xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatlari;
▫️ta'lim jarayonida foydalanilayotgan bino yoki o'quv xonalarining ijara shartnomasi (ko'chmas mulk ijarasi asosida faoliyat yuritayotgan nodavlat ta'lim tashkilotlari uchun).

🚫 Subsidiya talabgorlaridan yuqorida ko'rsatilmagan ma'lumot va hujjatlarni talab qilish qat'iyan taqiqlanadi.

Talabgor tomonidan davlat xizmatidan foydalanish uchun to'lov amalga oshirilmaydi.

Kanalga
ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat