#Foydali
📊Agar siz doim orzuyingizdagi uyda yashashni istagan boʻlsangiz va buning uchun qanday hujjatlar va bosqichlarni bosib oʻtish haqida oʻylab yurgan boʻlsangiz, bizning infografika sizga yordam beradi
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat

#So'ragan_edingiz
#Xizmatlardan_onlayn_foydalanamiz
#Mutaxassisga_so'z_beramiz
📌"New.birdarcha.uz" avtomatlashtirilgan tizimi orqali "Firma nomini zaxiraga olish va yuridik shaxsni davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibini bilasizmi?
✍️Mutaxassis Sizga mustaqil ravishda xizmatdan foydalanishga yordam beradi.
📹VIDEOQOʻLLANMA

YouTube
New.birdarcha.uz — firma nomini zahiraga olish va yuridik shaxsni davlat ro'yxatidan o'tkazish
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #FHDY_xizmatlari
#Mutaxassisga_sharhi
🔅Qanday hollarda nikohni qayd etishdagi 1 oylik muddat qo‘llanilmaydi?
📌Yaqinlaringiz bilan foydali ma'lumotlarni bo'lishishni unutmang!
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Mutaxassisga_sharhi
🔅Qanday hollarda nikohni qayd etishdagi 1 oylik muddat qo‘llanilmaydi?
📌Yaqinlaringiz bilan foydali ma'lumotlarni bo'lishishni unutmang!
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Forwarded from Adliya yangiliklari/Новости юстиции
#Adliya_xabari
8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan Adliya vazirligida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
👉Batafsil
@adliyangiliklari
8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan Adliya vazirligida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
👉Batafsil
@adliyangiliklari
Forwarded from Adliya yangiliklari/Новости юстиции
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrigi
Konstitutsiya — farovon hayotimiz va kelajagimiz kafolati!
Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi bilan chin qalbdan tabriklaymiz.
Vatanimizni tinchlik-osoyishtalik, xonadoningizni fayzu baraka tark etmasin.
Hurmat bilan
Adliya vazirligi jamoasi

#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz
🔰Davlat xizmatlari yo'nalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!
❓Yuridik shaxsning taʼsis hujjatlarida qanday maʼlumotlar aks ettirilishi zarur?
✅Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksining 43-moddasiga muvofiq, yuridik shaxs ustav asosida yoki taʼsis shartnomasi va ustav asosida yoxud faqat taʼsis shartnomasi asosida ish olib boradi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda tijoratchi tashkilot boʻlmagan yuridik shaxs shu turdagi tashkilotlar haqidagi nizom asosida ish olib borishi mumkinligi belgilangan.
💠Shuningdek, yuridik shaxsning ustavi va boshqa taʼsis hujjatlarida yuridik shaxsning nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili), yuridik shaxs faoliyatini boshqarish tartibi belgilab qoʻyilishi, shuningdek ularda tegishli turdagi yuridik shaxslar toʻgʻrisida qonunda nazarda tutilgan boshqa maʼlumotlar boʻlishi kerak. Tijoratchi boʻlmagan tashkilotlar va unitar korxonalarning, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa, boshqa tijoratchi tashkilotlarning ham taʼsis hujjatlarida yuridik shaxs faoliyatining sohasi va maqsadlari belgilab qoʻyilgan boʻlishi kerakligi belgilangan.
📌Taʼsis shartnomasida taraflar (muassislar) yuridik shaxs tashkil etish majburiyatini oladilar, uni tashkil etish sohasida birgalikda faoliyat koʻrsatish tartibini, unga oʻz mol-mulklarini berish hamda uning faoliyatida ishtirok etish shartlarini belgilaydilar. Shartnomada foyda va zararlarni ishtirokchilar oʻrtasida taqsimlash, yuridik shaxs faoliyatini boshqarish, muassislarning uning tarkibidan chiqish shartlari va tartibi ham belgilab qoʻyiladi. Taʼsis shartnomasiga muassislarning kelishuviga muvofiq boshqa shartlar ham kiritilishi mumkinligi belgilangan.

#Bilasizmi
🔰 Hozirgi kunda Oʻzbekiston hududida:
🔹 mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – 920 000 soʻm;
🔹 bazaviy hisoblash miqdori – 300 000 soʻm;
🔹 pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 324 000 soʻm;
🔹 yoshga doir eng kam pensiyalar – 633 000 soʻm;
🔹 bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 698 000 soʻm;
🔹 zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – 500 000 soʻm;
🔹 ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi pensiyalarning eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda – 500 000 soʻm;
🔹 belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 698 000 soʻmgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik boʻyicha pensiyalari miqdori – 698 000 soʻmdan iborat.

🔈Hurmatli fuqarolar!
🔅Davlat xizmatlari yo‘nalishida ariza, shikoyat yoki taklif bilan murojaat qilish uchun nafaqat 1148 ishonch telefoni orqali, balki telegramdagi @tezkor_murojaat_bot orqali ham murojaatingizni yo‘llashingiz mumkin.
📌Sizlarga ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida ishga tushirilgan ushbu bot, nafaqat 📝 yozma balki 🔈ovozli va 🎥video murojatlarni ham qabul qiladi.
✅Murojaatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartiblarda ko'rib chiqiladi.
🔗Kanalga ulanish 👇

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Farmatsevtika faoliyati uchun litsenziya" olish mumkin.
✅Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
— O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi
🔸Murojaatlar qabul qilinadi:
– "Litsenziya" AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz orqali;
🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: yuridik shaxslar;
💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
🔸Umumiy tartibda — 600 000 so'm (BHMning 2 baravari);
🔸Tezlashtirilgan tartibda — 1 200 000 so'm (BHMning 4 baravari).
💸Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori - 3 000 000 so'm (BHMning 10 baravari)
⏱Arizani ko‘rib chiqish muddati:
🔹umumiy tartibda — 15 ish kuni;
🔹tezlashtirilgan tartibda — 5 ish kuni.
🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: 5 yil

🔅Manzil-maʼlumot axborotlarini olish tartibini bilasizmi?
🙎♂️ Xizmatdan foydalanuvchilar: Jismoniy shaxslar
ℹ️ Manzil-maʼlumot axborotlari – fuqaroning doimiy propiskada turganligi, propiskadan chiqqanligi, turgan joyi boʻyicha hisobga olinganligi, vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtganligi, shuningdek, maʼlumot mavjud emasligi haqida maʼlumotlardir.
🔄 Xizmatni koʻrsatish tartibi:
🔹 Bu axborotlarni olish uchun ariza beruvchilar Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXP (my.gov.uz) orqali roʻyxatdan oʻtadi.
🔹 Soʻrovnoma toʻldirilgach, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanib, vakolatli organ (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Manzil-maʼlumot byurolari)ga yuboriladi.
🔹 Vakolatli organ soʻrovnoma kelib tushgan kundan boshlab 1 ish kunida QR-kod qoʻyilgan manzil-maʼlumot axborotni rasmiylashtiradi hamda uni tegishli Davlat xizmatlari markaziga yoki arizachiga YIDXP orqali elektron ravishda yuboradi.
📝 Ariza beruvchilar faqat oʻzlariga tegishli manzil-maʼlumot axborotlarini olishlari mumkin. Boshqa shaxslarga tegishli manzil-maʼlumot axborotlari berilmaydi.
🗓 Xizmatni koʻrsatish muddati: 1 ish kunida
🔰 Xizmat narxi:
➖ BHMning 3 foizi miqdorida – 9 000 soʻm;
➖ Yagona portal orqali topshirilganda miqdori – 8 100 soʻm.
📋 Huquqiy asos: Hukumat qarori (797-son, 04.10.2018-y.)

📜Franshizing shartnomasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish bo‘yicha davlat xizmati haqida bilasizmi?
✅Hukumat qarori bilan tasdiqlangan (346-son, 24.06.2022-y.) Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga asosan:
💠Franshizing shartnomasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali amalga oshiriladi.
💸 Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun BHMning uchdan bir qismi miqdorida yigʻim undiriladi.
🔅 Quyidagi hollarda yigʻim toʻlanmaydi:
🔹 sud hujjati asosida franshizing shartnomasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni roʻyxatdan oʻtkazishda;
🔹 roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha hujjatlar qaytadan koʻrib chiqilganda.
📑Taqdim qilingan hujjatlar mazkur Ma’muriy reglament talablariga muvofiq bo‘lganda, davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkaziladi.
📃Reglament talablariga nomuvofiq bo‘lganda franshizing shartnomasini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish rad qilinadi, bu haqida ariza beruvchini xabardor qilanadi.
📌 Roʻyxatdan oʻtkazish rad etilgan taqdirda, ariza beruvchi 3 oyda kamchiliklarni bartaraf qilib yigʻim toʻlamasdan, qayta murojaat qilishi mumkin.
❗️Bu muhim!!!: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 863-moddasiga muvofiq kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi yozma ravishda tuzilishi kerak va u shartnomaga muvofiq litsenziar sifatida ish koʻradigan yuridik shaxsni yoki yakka tadbirkorni roʻyxatga olgan organ tomonidan roʻyxatga olinishi kerak. Ushbu qoidaga rioya qilmaslik shartnomaning haqiqiy hisoblanmasligiga sabab boʻladi.

❓Yuridik shaxslarda ta’sischi qanday tartibda o‘zgartiriladi?
✅Yuridik shaxslarning ta’sischisilarini o‘zgartirish Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
💠Ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq, muassislarning (ishtirokchilarning) ustav fondidagi ulushlari (hissalari) o‘zgarishi (aksiyadorlik jamiyatlari bundan mustasno) tegishli bitim amalga oshirilgan paytdan boshlab 30 kun mobaynida majburiy qayta ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
📌Yuridik shaxs ta’sischisi o‘zgartirilayotganda Tizim vositasida ushbu Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan talablarni inobatga olgan holda quyidagi hujjatlar so‘rovnomaga ilova qilinadi:
🔹tadbirkorlik subyekti vakolatli boshqaruv organining ta’sis hujjatlariga ustav fondi miqdorining oshirilishi, ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qarori;
davlat tilidagi ta’sis hujjatlari;
🔹ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o‘tganligini tasdiqlovchi hujjat (shartnoma, xat, huquqiy vorislik, meros, sud qarori va shu kabilar) — ulush (hissa) boshqa shaxsga o‘tganda. Bunda ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o‘tishi bilan bog‘liq o‘zgartirish va qo‘shimchalarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda, muassislarning so‘rovnomada ko‘rsatilgan elektron pochta manziliga Tizim tomonidan yuborilgan xabarnoma va ularning muassisligini Yagona identifikatsiyalash tizimi orqali identifikatsiyalashni tasdiqlash yo‘li bilan har bir muassisning roziligi mavjud bo‘lishi kerak.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlaridan_qulaylik
📱“Litsenziya” axborot tizimining mobil ilovalasi haqida bilasizmi?
✅Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish hamda byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish orqali tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun yanada keng shart-sharoitlarni yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentinig PF-6044-sonli Farmoniga asosan “Litsenziya” axborot tizimi ishga tushirilgan.
📌Tizim foydalanuvchilariga yanada qulaylik yaratish maqsadida iOS va Android mobil ilovalari orqali xizmatlardan foydalanish imkoniyati yaratilgan.
📲Ushbu mobil ilova orqali litsenziyalash va ruxsat berish hujjatlarini olish uchun ariza berish, kabinet orqali tashkilotga tegishli boʻlgan litsenziya va ruxsat berish hujjatlari boʻyicha maʼlumotlarni olish, litsenziyalar reyestridan maʼlumotlar izlash va yana boshqa imkoniyatlardan foydalanish mumkin.

🔍 Pensiya (nafaqa) haqida ma’lumot olish tartibini bilasizmi?
📎 Pensiya (nafaqa) miqdori to‘g‘risida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali amalga oshiriladi.
📌 Davlat xizmatlari Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan ko‘rsatiladi;
📝 Davlat xizmatidan foydalanish uchun elektron shaklda so‘rovnoma to‘ldiriladi;
❗️Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi;
✅ So‘rovnoma olinganidan so‘ng 5 daqiqa mobaynida QR-kodli ma’lumotnoma shakllanadi hamda elektron tarzda yuboradi;

⚡️Narkologiya dispanseri hisobida turish yoki turmaslik to‘g‘risidagi ma’lumotnomani olish tartibidan xabardormisiz?
Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
🔸Murojaatlar qabul qilinadi:
– Davlat xizmatlari markazi;
– YIDXP – my.gov.uz orqali.
🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:
👨💼Jismoniy shaxslar
💠Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 6 000 so'm (BHMning 2,0 foizi)
💠Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.
🧾Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun belgilangan yig‘imning 50 foizi miqdorida chegirma qo‘llaniladi.
⏱Arizani ko‘rib chiqish muddati –real vaqt rejimida.
❗️Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6191-son Farmoni bilan 2021-yil 1-iyundan boshlab davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan aholidan, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari tomonidan Narkologiya dispanseri hisobida turish yoki turmaslik to‘g'risidagi ma'lumotnoma talab qilinmaydi.