Oila va xotin-qizlar qo'mitasi
9.42K subscribers
18.9K photos
3.94K videos
46 files
7.17K links
Oila va xotin-qizlar qo'mitasi rasmiy telegram kanali

Rasmiy sayt: gov.uz/wcu

Facebook: facebook.com/wcuuzofficial

Instagram: instagram.com/xotin_qizlar_qomitasi

Youtube: https://www.youtube.com/@wcuuzofficial
Download Telegram
“Askar ota-onalarini sharaflaymiz” mavzusida anjuman o‘tkazildi

🔺 Bugun Qurolli kuchlar akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Askar ota-onalarini sharaflaymiz” mavzuida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

🔸 Anjumanda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mukarram Nurmatova va boshqa masʼul rahbarlar so‘zga chiqib, bugungi kunda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar samarasida milliy armiyamiz saflarida xizmat qilish, yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligini taʼminlashga hissa qo‘shish har bir yigit uchun yuksak shon-sharaf ishiga aylanganini alohida taʼkidlashdi.

🌐 Batafsil: https://gov.uz/oz/wcu/news/view/32422

💠 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati

🌐Veb sayt |🌐Facebook |🌐Instagram |🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi va uni tasdiqlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihalari ishlab chiqilib, keng jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon qilindi.

🔴 Davlat dasturi loyihasida 5 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha 2025-yil uchun amaliy chora-tadbirlar, normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati va maqsadli ko‘rsatkichlar nazarda tutilmoqda.

🟢Loyihada atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” masalalari, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy, davlat boshqaruvi, sud-huquq, xavfsizlik va tashqi siyosat yo‘nalishlarida 2025-yilga mo‘ljallangan keng ko‘lamli islohotlar nazarda tutilgan.

🟡Loyiha 2025-yil 22-yanvarga qadar keng jamoatchilik va ekspertlik muhokamalaridan o‘tkaziladi.

❗️“Taraqqiyot strategiyasi” markazi barcha yurtdoshlarimizdan 2025-yilgi Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol ishtirok etib, o‘z takliflarini Markazning maxsus uzbekistan2030.uz portali orqali bildirishlarini so‘raydi.

💠 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati

🌐Veb sayt |🌐Facebook |🌐Instagram |🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Askar ota-onalarini sharaflaymiz”

"Askar ota-onalarini sharaflaymiz” bu – muddatli harbiy xizmat burchini oʻtayotgan minglab askarlar hamda ularning ota-onalari, yaqinlari uchun hayotidagi eng hayajonli onlarni taqdim qiluvchi loyiha.

Bu loyiha orqali tashkillashtirilayotgan tadbirlar tufayli Respublikamizning turli hududlarida istiqomat qilayotgan hamyurtlarimiz farzandlarining askarlik hayoti bilan tanishish ular bilan diydorlashish imkoniyatiga ega boʻlmoqda.

Qarshi shahridagi harbiy qismda “Askar ota-onalarini sharaflaymiz” mavzusida askarlar va ota-onalarning onlayn muloqoti tashkil etildi.

Bayramona tadbirda ishtirok etgan viloyat hokimining o'rinbosari Ziyoda Aminova ham ishtirok etdi va harbiy xizmatchilarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi  hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan muborakbod etdi.

💠 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati

🌐Veb sayt |🌐Facebook |🌐Instagram |🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌏 Bosh vazir o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi
Zulayho Mahkamova Jizzax viloyatida bo‘ldi.


🟢 Bosh vazir o‘rinbosari Jizzax Politexnika institutida Jizzax viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan "Eʼtirof" tadbirida ishtirok etdi. Tadbirda bugungi kunda xotin-qizlarning jamiyatda tutgan o‘rni, tizimda amalga oshirilgan islohotlar haqida fikrlar almashildi.

✔️ Tadbir davomida o‘tgan yil yakuni bo‘yicha eng yaxshi va faol ishlagan mahalla xotin-qizlar faollari, "Oqila ayollar" harakati aʼzolari taqdirlandilar.

💠 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati

🌐Veb sayt |🌐Facebook |🌐Instagram |🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM