Oila va xotin-qizlar qo'mitasi
9.37K subscribers
19.1K photos
3.98K videos
46 files
7.25K links
Oila va xotin-qizlar qo'mitasi rasmiy telegram kanali

Rasmiy sayt: gov.uz/wcu

Facebook: facebook.com/wcuuzofficial

Instagram: instagram.com/xotin_qizlar_qomitasi

Youtube: https://www.youtube.com/@wcuuzofficial
Download Telegram
#LIVE

EHTIYOJMANDLARGA MEHR ULASHIB

Karmana tumani “Farxod” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiladigan Mehriniso Boqiyeva “Ayollar daftari”ning 3-bosqichi nogironligi bor ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar ro‘yxatiga kiritilgan.

Joriy yilning sentyabr oyida M.Boqiyevaga “Ayollar jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan 9 mln. so‘mga qurilish mollari olib berilgan. Hozirgi kunda tumandagi 4-sektor tomonidan fuqaro xonadonida ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Z.Mahkamova viloyatimizdagi tashrif doirasida Mehriniso Boqiyeva xonadonida bo‘lib, holidan xabar oldi. Bayram tuhfalarini topshirib, dildan suhbatlashdi.
Namangan shahar Dashtbog' MFY xotin-qizlar faolining faoliyati o'rganildi.

O'rganish davomida mahalladagi "Oqila ayollar" harakati a'zolari bilan suhbat o'tkazildi. Suhbatda oilalaviy nizolarning kelib chiqish sabablari, ajrim sabablari, erta nikoh va erta tug'ruqni oldini olish, quda andachilik odoblari, shariy nikohning oldini olish kabi masalalarda oqila ayollarning fikrlari tinglandi.

Barchamizning asosiy maqsadimiz oilalarni tinch bo'lishi, ular qanchalik farovon bo'lsa jamiyatimiz, yurtimiz osoyishta bo'ladi deydi Nodira Meliboyevna.
ZULFIYAXONIM IZDOSHLARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

Mamlakatimizda iqtidorli qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni har jihatdan rag‘batlantirish masalasi doimiy e'tiborda bo‘lib kelmoqda.

Navoiy shahridagi 16-sonli umumta'lim maktabida o‘tkazilgan uchrashuv davomida o‘quvchilar uchun esda qolarli lahzalarga boy bo‘ldi. Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Z.Mahkamova ishtirokida o‘tkazilgan mazkur uchrashuvda o‘quvchi yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Shuningdek, uchrashuv davomida xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha yangi qabul qilingan qonun-hujjatlari, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida ma'lumotlar berildi.
#Foto_reportaj

ZULFIYAXONIM IZDOSHLARI BILAN UCHRASHUViDAGI YORQIN LAHZALAR