Oila va xotin-qizlar qo'mitasi
9.41K subscribers
18.8K photos
3.9K videos
45 files
7.11K links
Oila va xotin-qizlar qo'mitasi rasmiy telegram kanali

Rasmiy sayt: gov.uz/wcu

Facebook: facebook.com/wcuuzofficial

Instagram: instagram.com/xotin_qizlar_qomitasi

Youtube: https://www.youtube.com/@wcuuzofficial
Download Telegram
🔷Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, Yunusobod tumani hokimligi, Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar Universiteti bilan hamkorlikda “Oqila ayollar” xarakatining  “Qadriyatlar qadrlangan yurt” mavzusida  madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. 

🔷 O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar Universiteti kirish  qismida tumandagi tadbirkor  va  hunarmand xotin - qizlari  tomonidan ko‘rgazmalar namoyishi tashkil etildi. 

🔷Ushbu tadbirda  Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Umarova Nodira Nigmatullayevna , Xalqaro miqyosdagi  tajribali olima, faylasuf-politolog -psixolog,  “Oqila ayollar” harakati shahar xarakati a’zosi J. Shermuhamedova, taniqli san’atkorlar, xotin - qizlar qatnashdilar.  

🔷Yunusobod tuman  madaniyat  bo‘limi xonanda va  sozandalari tomonidan konsert  dasturi ham o‘tkazildi.
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Хотин-қизлар учун ҳунармандчилик маркази очилди
#7oct #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qishloqayoli

15-oktyabr-Xalqaro qishloq ayollari kuni

Mehnatning qanaqa bo'lishi, qay tartibda ishlash ham muhim emas, muhimi u halol bo'lsa bo'lgani. Jizzax viloyatining SH.Rashidov tumanida yashovchi Gulmira bugun o'z oilaviy daromadiga munosib hissasini qo'shmoqda. Yaxshisi buni lavhamiz davomida ko'rib guvohi bo'laylik...
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
15 – oktyabr "Xalqaro qishloq ayollari kuni"

Farg‘onaning Quva farzandi, O‘zbekiston respublikasi anor yetishtiruvchilar assotsiatyasi rahbari Masturaxon opa Sayfutdinovaning fidoyiligi, mehnatsevarligi tahsinga loyiq.
#Xalqaro_qishloq_ayollari_kuni

MEHNATDAN BAXT TOPGAN QISHLOQ AYOLI

Ayni kunlarda paxta dalalarda ish qizg'in. Tеrimchilar bor hosilni so'nggi misqoligacha yig'ib olishga astoydil bеl bog'lashgan. Tеrim suratini oshirishda qishloq ayollarining hissasi yuqori bo‘lmoqda.

Yaqinlashib kelayotgan "Qishloq ayollari kuni" munosabati bilan Bog‘ot tumani hokimi o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D.Abdullayeva tumandagi paxta dalalarida bo‘lib, tеrimchi qishloq ayollari bilan uchrashdi. Shulardan biri Shahzoda opa Ro‘zmetovadir.

U Bog'ot tumani "Qalajiqqal'a" mahallasida istiqomat qiladi. 3 nafar farzandning onasi. Shahzoda opa oddiy qishloq ayoli. Uning fidoyiligi, mehnatsevarligi-yu sabru-qanoatiga tahsin aytay iloj yo‘q.

Qadoq qo'llari mehnatda toblangan Shahzoda opaning qalbi oftobdanda-da iliq. Hayotning barcha mashaqqatlari-yu sinovlarini mardonavor yengib kelmoqda. Eng muhimi, bugunidan mamnun, hayotdan aslo nolimaydi, hamisha shukronalik tuyg'usi bilan yashaydi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Bugun Toshkent geodeziya va kartografiya kollejida Kadastr agentligini Xotin-qizlar masalalari bo'yicha boshlang'ich tashkilotining "Kadastr agentligi xotin-qizlarining ijtimoiy-siyosiy faolligi" mavzusidagi 7-8-oktabr kunlarga mo‘ljallangan seminar trening o‘z ishini boshladi.

🔰Kunning birinchi qismida Kadastr agentligi rahbariyati tadbirni ochib berib sohada faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar bilan suhbatda bo'ldi. Undan so'ng ayollar uchun maxsus tayyorlangan videorolik namoyishi, shoir va yozuvchilar chiqishlari, psixolog trenerlar bilan maxsus bilan interaktiv o'yinlar tashkil qilindi.

💠Kunning ikkinchi qismida Oila va xotin-qizlar Davlat qo‘mitasi vakillari, Davlat soliq qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash, Madaniyat va boshqa qator vazirliklaridan tashrif buyurgan boshlang'ich tashkiloti raislari tomonidan ham motivatsion chiqishlar tashkil etildi.

📌Hozirda hududlardan kelgan Oila va xotin-qizlar boshlang‘ich tashkilotlarining raislari dastur doirasida bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tishmoqda.
#Zulfiya_nomidagi_davlat_mukofoti
#Tomdi_tumani

Joriy yilning 6 sentabr sanasida Tomdi tumanida iqtidorli, ist'edodli qizlarni aniqlash hamda ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari - Oiva va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i A.Dospanbetova so‘zga chiqib, ishtirokchilarga omad tiladi. Bu yilgi tanlovda jami 19 nafar 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli, zukko va tashabbuskor qizlar qatnashib, adabiyot, san'at (tasviriy, amaliy, bezak, dizayn), madaniyat, ta'lim, fan, sport va jamoatchilik yo‘nalishlari bo‘yicha qobiliyatlarini sinab ko‘rishdi.
#Zulfiya_nomidagi_davlat_mukofoti
#Nurota_tumani

Kuni kecha Nurota tumanidagi 3-sonli umumta’lim maktabda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti tanlovining tuman bosqichi o’tkazildi.

Tadbir ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5325-sonli farmoniga muvofiq Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlar uchun yanada keng imkoniyatlar eshigi ochilganligi haqida aytib o‘tildi.

Tanlov komissiyasi a'zolari har bir qizlarning chiqishlarini, ularning tayyorlagan ishlari, egallagan yutuqlari, zabt etgan marralarini odilona baholab, viloyat bosqichiga munosib nomzodlarni tavsiya etishdi.