Oila va xotin-qizlar qo'mitasi
10.8K subscribers
23.2K photos
5.03K videos
61 files
9.02K links
Oila va xotin-qizlar qo'mitasi rasmiy telegram kanali

Rasmiy sayt: gov.uz/wcu

Facebook: facebook.com/wcuuzofficial

Instagram: instagram.com/xotin_qizlar_qomitasi

Youtube: https://www.youtube.com/@wcuuzofficial
Download Telegram
Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida boshlangan festival tumanning Kattabog' mahallasidagi tadbirga ulanib ketdi.

Tadbir 15-oktabr Xalqaro qishloq ayollari kuni munosabati bilan "Qishloq ayoli - Yangi O'zbekiston bunyodkori" shiori ostida tashkil etildi.

Bosh vazir o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi raisi Zulayho Mahkamova zahmatkash qishloq ayollari hamda mahalladagi ko'cha boshi ayollar bilan uchrashdi va dildan suhbatlashdi.

Tadbir so'ngida qishloq ayollariga bayram munosabati bilan bitilgan samimiy tilaklar aks etgan tabriknomalar hamda esdalik sovg'alari topshirildi.
👍2
#Xon_atlas_festivali
#Namangan_HETK

ENERGETIK AYOLLAR "XON-ATLAS"LARDA YANADA GO‘ZAL

О‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qо‘mitasi tomonidan qо‘llab-quvvatlangan va respublika bо‘yicha о‘tkazilishi rejalashtirilgan “Xon atlas” festivali “Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ xotin-qizlari orasida ham kо‘tarinki kayfiyatda qarshi olindi.

Festival doirasida kun davomida ular ish joylariga ana shunday milliy liboslarda tashrif buyurishdi. 4 sentyabr kuni "Namangan HETK" "Ayollar Kengashi boshlang‘ich tashkiloti"ning navbatdagi yig‘ilishida mazkur festival haqida "Mashrab" nashriyoti direktori, "Do‘stlik" ordeni sohibasi Dilorom Ergasheva nutq so‘zladi.

Ta’kidlash joizki, atlas va adras matolaridan tikilgan milliy liboslarimiz ayollarimizga о‘zgacha joziba va latofat ulashadi.
"Milliy liboslarda jamiyatimizning qizlari yanada go‘zal bo‘lganliklari va haftaning bir kunida shu kiyimlarda ishga kelishlarini xohlardik"- deydi jamiyatning Kasaba uyushmasi raisi Rustamjon Dedamirzayev.
👍2
Бугун Президент Шавкат Мирзиёев Сирдарё вилоятига ташриф буюради.

Ташриф давомида қишлоқ хўжалигидаги ишлар ва тўқимачилик корхоналари фаолияти билан танишиш, вилоятни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш йўналишларини белгилаш режалаштирилган.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Сырдарьинскую область.

В ходе поездки планируется ознакомиться с проводимой в сельском хозяйстве работой и деятельностью текстильных предприятий, определить направления социально-экономического развития региона.

Facebook|Instagram|Twitter
👍1😱1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MTRK

"YOSHLAR" telekanali "Yangi davr" axborot dasturi: Qorako‘llik xotin-qizlar bandligi va ijtimoiy himoyasi.

Bizni rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring👇
Web-site | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 87-sonli Farmonini ijrosini ta’minlashda Oila va xotin-qizlar bo‘limlarini hamkor tashkilotlarlar bilan amalga oshirilgan ishlarini tahlil qilish hamda mavjud muammolarni yechimini topishda amaliy yordam berish maqsadida Namangan viloyatida Prezident Administratsiyasining ishchi guruhi ish olib bormoqda.

Ushbu ishchi guruh Uchqo‘rg‘on tumanidagi Ulug‘bek, Ko‘chabashi, Yog‘du va Mustaqiloik mahallalarida bo‘lib, xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlashga oid qilingan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

Mahallalarda hamkorlik tizimini o‘rganish jarayonida ishchi guruh tomonidan amaliy yordam qo‘rsatildi.
Shuningdek, mehmonlar "15-oktyabr Xalqaro qishloq ayollari kuni" munosabati bilan Yangi hayot mahallasida tashkil qilingan madaniy ma’rifiy tadbirda ishtirok etib, faol opa singillarga, nuroniy onaxonlarga va boy xayotiy tajribaga ega bo‘lgan, na’munali oilalarga estalik sovg'alari topshirdilar.
1👍1