Давлатобод тумани ҳокимлиги | расмий канали
7.04K subscribers
94.5K photos
6.84K videos
61 files
13.7K links
Download Telegram
Обод ва хавфсиз маҳалла тамойили асосида иш ташкил этилмоқда.

Давлатобод туманидаги барча маҳалла фуқаролар йиғинларида "Обод ва хавфсиз маҳалла" тамойили асосида ободонлаштириш кўкаламзорлаштириш ишлари ташкил этилмоқда

Жумладан, Навбаҳор ва Мустақиллик маҳаллаларидаги кўп қаватли уйлар кириш қисмлари таъмирланмоқда, кўчалар, ариқларда тўпланиб қолган турли хазонлар ва бошқа чиқиндиларни ҳашар йўли билан тозалаш ишлари ташкил этилди.

Шунингдек, мазкур маҳалла фуқаролар йиғини ҳудудида, аҳоли хонадонлари атрофидаги дарахтлар оқланиб, ноқонуний қурилмаларни бартараф қилиш ишлари бажарилмоқда.

Давлатобод тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube | Murojaat | Guruh
⚽️ БУГУН ФУТБОЛ!

🔵“НАВБАҲОР” 🆚 “БУХОРО” 🟡


🏆 |Ўзбекистон кубоги. 1/8 финал
🗓 | 05.07.2024 (жума)
🏟 | “Марказий” стадиони. Наманган
⌚️| 20:30
🔘|Ҳакамлар: Аскер Нажафалиев, Анвар Маражабов, Абдулҳамид Абдурайимов, Хушнуд Суюнбоев;
🔘|VAR ҳаками: Акмал Раҳимов;
🔘|АVAR ҳаками: Зиёдулло Абдураҳмонов;
📝| Назоратчи: Виктор Серазитдинов.
⚪️ |Комиссар: Владимир Назаров.


🔴 #NAVvsBUXCUP.
‼️ Диққат

Энди ташаббусли бюджет жараёнида овоз бериш босқичи 10 кун давомида ўтказилади (авваллари 20 кун эди).

📣 Шунингдек, овоз бериш босқичидан аввал 7 кун давомида тарғибот босқичи ўтказилиб, ташаббускорларга ўз лойиҳаларини "реклама" қилиш имконияти берилади.

Яқинларга тарқатинг!

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube | Murojaat | Guruh
Hurmatli uychiliklar sizlarni “Sayyor qabul”ga taklif etamiz

Xabaringiz bor, davlatimiz rahbarining “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi farmoniga koʻra, Namangan viloyati adliya boshqarmasi, viloyat FHDY arxivi bilan birgalikda Uychi tumani “Madaniyat markazida” joriy yilning 6-iyul kuni  soat 9:00 dan kechi soat 19:00 gacha “Sayyor qabul” oʻtkaziladi.


Mazkur keng koʻlamli tadbirda fuqarolarga quyidagi xizmatlar koʻrsatiladi.

- Aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash, ularni tahlil qilish va bartaraf etish;
- Joylarda aniqlangan tizimli muammolarni bartaraf etishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish;
- Fuqarolarga huquqiy masalalar boʻyicha birlamchi bepul yuridik yordam koʻrsatish;
- Davlat organlari va mahallarda yagona huquqni qoʻllash amaliyotini shakllantirishda metodik yordam koʻrsatib borish;
- Joylarda aholi tomonidan koʻtarilayotgan dolzarb muammolarni koʻrib chiqish va hal etish uchun har oyda “Adliya Kuni” tadbirlari oʻtkaziladi;
- Fuqarolarga uyma-uy yurish va “Huquqiy koʻmak” aksiyalarini oʻtkazish orqali fuqarolar kundalik hayotida aniqlanadigan huquqiy muammolarni bartaraf etish yuzasidan qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar berib boriladi;
- “Mahalla yettiligi” ga qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini oddiy va xalqchil tilda yetkazish, shuningdek ular tomonidan “Online-Mahalla” platformasiga kiritilgan aholining kundalik hayotidagi huquqiy masalalarga oid muammolarni hal etib borish;
- Aholiga, avvalambor "Temir daftar", "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari" hamda "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" axborot tizimiga kiritilgan fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam koʻrsatilishini taʼminlaydi;
- Yoshlar, xotin-qizlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik subyektlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, preferensiyalar, subsidiyalar, grantlar va davlat tomonidan qoʻllab- quvvatlashning boshqa turlari hamda ulardan foydalanish tartibi haqida xabardor qilinadi.


Hurmatli uychilik fuqarolar aytilgan manzilga kelib, huquqiy xizmatlardan foydalanib, oʻz muammo va masalangizni hal etishingiz uchun yaratilgan imkoniyatdan foydalaning.


🏢Namangan viloyati adliya boshqarmasi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube | Murojaat | Guruh
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#100savolga_100javob

23-savol:
Ijtimoiy tarmoqlarda talabalar o‘qishini nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliygohlarining mos va turdosh bo‘lmagan (ya’ni, noturdosh) ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish tartibiga izoh

➡️ Javob bilan matnli shaklda tanishing.

➡️ Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube | Murojaat | Guruh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sportning mini-futbol turi bo'yicha O'g'il bolalar o'rtasida DXX kubogi musobaqasining viloyat bosqichi davom etmoqda.

Bugungi o’yinda:

Tegirmonboshi-Yangi Xo’jaobod
Mustaqillik-Quyi Rovuston
Dambog’-Sarimsoqtepa
Olaxamak-Ibrat
Yangiyer-Zarkent
Navoiy-Guliston jamoalari g’oliblik uchun o’zaro kuch sinashmoqda.

Namangan viloyati sport boshqarmasi axborot xizmati


➡️Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube | Murojaat | Guruh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#миллатлараро_тотувлик

“Ўзбекистон – умумий уйимиз!”

Ўзбекистон Республикаси Маданият вазирлиги ҳузуридаги Миллатлараро муносабатлар ва хорижий мамлакатлар билан дўстлик алоқалари қўмитаси раиси Рустамбек Қурбанов вилоят ҳокимининг ўринбосари Жамшед Ҳатамов ҳамроҳлигида Давлатобод туманида жойлашган "Дўстлик уйи"да бўлишди.

Мазкур “Дўстлик уйи”да турли миллат вакилларининг маданият ва урф-одатларига оид кўргазмалар намойиши, илмий-амалий семинарлар, фольклор-этнографик ансамблларнинг концерт дастурлари ва бошқа ижтимоий-маънавий тадбирлар ўтказилади.

Қўмитаси раиси марказда яратилган шарт-шароитлар, миллий маданий марказлар томонидан тайёрланган кўргазмалар намуналари билан танишди. Шу ернинг ўзида миллий маданий марказ раҳбарлари ва фаоллари билан очиқ мулоқот қилиб, келгусидаги режалар ва вазифалар белгилаб олинди.

Давлатобод тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати

➡️Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube | Murojaat | Guruh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM