Давлатобод тумани ҳокимлиги | расмий канали
6.89K subscribers
95.2K photos
6.92K videos
62 files
13.9K links
Download Telegram
⚡️Namangan viloyati hokimi o’rinbosari Namangan to’qimachilik sanoati institutidagi yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi

Bugun Namangan viloyati hokimining o’rinbosari G’ulomjon Murodxo’jayev Davlatobod tumanida joylashgan Namangan muhandislik-texnologiya institutida bo’lib, olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari, talaba-yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar, moddiy-texnik bazalarni shakllantirish borasidagi ishlarga ham e’tibor qaratdi.

Institut rektori, professor Qurbanali Xoliqov yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ishlari, talaba-yoshlarni kutib olish va ijara xonadonlariga joylashtirish borasidagi amaliy ishlar va istiqboldagi rejalar tog’risida fikrlarini bildirdi. Institutda yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ishlari yuqori sur’atda davom etmoqda.

Namangan to’qimachilik sanoati instituti
Mamlakatimizda sportni rivojlantirish va keng ommalashtirish, yurtimizning xalqaro maydondagi shon-shuhratini yuksaltirishga qo‘shgan katta hissasi, sport sohasiga qaratilayotgan e’tibor va yaratilgan sharoitlardan samarali foydalangan holda, o‘zining azmu shijoati va yuksak mahorati bilan nufuzli musobaqalarda ulkan natijalarga erishib, Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgani, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, yoshlarimizni ona yurtga muhabbat va sadoqat, milliy, umumbashariy qadriyatlar ruhida yetuk va barkamol etib tarbiyalash borasidagi alohida xizmatlari uchun Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Abdullayev A’loxon Ayubxon o‘g‘li hamda Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Rahmonaliyev Umarali Mahamadali o‘g‘li - "Kelajak bunyodkori" medali bilan mukofotlandi.

💐Namanganlik
A’loxon Abdullayev va Umarali Rahmonaliyevlarni ushbu mukofot bilan tabriklab, kelgusi faoliyatlariga ulkan zafarlar tilaymiz!
Ёшлар зиё маскани дунё ОАВ нигоҳида

Туркиянинг машҳур ва оммабоп, кўп сонли ўқувчиларига эга бўлган www.millidevletgazetesi.net сайтида барчанинг севимли даргоҳига айланиб улгурган, Давлатобод туманида жойлашган «Янги Ўзбекистон - ёшлар зиё маскани» ахборот-кутубхонаси ва унинг фаолияти ҳақида турк тилида мақола чоп этилди.

Мақолани батафсил қуйидаги ҳавола орқали ўқишингиз мумкин.
☀️🌤 Наманганда 26 август куни ҳаво ҳарорати 38 даражага кўтарилади

▫️“Ўзгидромет” 26 август, шанба куни кузатиладиган об-ҳаво ҳақида маълумот берди.

▫️Наманган вилоятида ҳаво бироз булутли бўлади, айрим жойларда ўзгариб туради, ёғингарчилик кузатилмайди. Шарқдан  секундига 7-12 метр тезликда шамол эсади. Кечаси 17-22 даража илиқ, кундузи 33-38 даража иссиқ бўлади.

▫️Республиканинг тоғолди ва тоғли ҳудудларида ҳаво бироз булутли бўлади,  айрим жойларда ўзгариб туради, ёғингарчилик кутилмайди. Шарқдан секундига 7-12 метр тезликда шамол эсади. Кечаси 13-18, кундузи 25-30 даража илиқ бўлади.
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETIGA IKKINCHI OLIY TA’LIM OLISH UCHUN ARIZA TOPSHIRGANLAR DIQQATIGA!

👉 Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha) va Filologiya va tillarni o’qitish: rus tili yo’nalishlariga kirish imtihonlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 2023-yil 30-avgust kuni test shaklida o’tkaziladi.

📍Manzil: Namangan viloyati, Davlatobod tumani, Yuksalish mavzesi, "Tadbirkor" MFY, Yoshlik ko'chasi 23-uy

🕰️ Test sinovlari 1-smena soat 6:30da, 2-smena 13:30 da boshlanadi. (Smenalar to’g’risidagi ma’lumotlar talabgorlarning shaxsiy telefon raqamlariga SMS shaklida yuboriladi)

👉 Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha), Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili, Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili, Iqtisodiy xavfsizlik, Buxgalteriya xisobi va audit, Matematika, Oziq-ovqat texnologiyasi (mahg‘sulot turlari bo‘yicha), hamda Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha) ta’lim yo’nalishlarga kirish imtixonlari 2023-yil 30-avgust kuni soat 09:00 da Namangan davlat universitetda boshlanadi.

📍Manzil: Namangan viloyati, Namangan shahri, Boburshox ko’chasi 161-uy.

Talabgorlar test sinovi va imtihonlariga shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar bilan kelishlari kerak.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Ишлайман деганга иш бор. Жийдакапада уч юзта дарвоза цехлари бор. Яхши пайвандчи 10-15 миллион сўм ҳақ оляпти. 72 та саноат зонасида 1000 та корхона иш бошлаган. Барчасида ишчига эҳтиёж бор. Хатто малакаси бўлмаса, тадбиркорлар ўргатиб олади. Ўрганувчи ишчи маоши 1,5-2 миллион сўмдан бошланади. Малакаси ортгани сари маоши ҳам 3-4-5 миллион сўмга ортиб боради», - Наманган вилояти ҳокими Шавкатжон Абдураззоқовнинг Янгиқўрғон туманидаги сайёр қабули давом этмоқда.
#914_Uchrashuv #Namangan_Sardorlari

🇺🇿 Bugun O’zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyat Sardorlar Kengashi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 914-sonli qarori asosida talabalikka qabul qilingan yoshlar bilan Motivatsion uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuv davomida 2018-2023 yillarda ushbu imtiyozni qo’lga kiritgan yoshlar o’zlarining tajribalari va bugungi kundagi faoliyatlaridan kelib chiqib o’quvchi yoshlarga kerakli tavsiyalarni berishdi.

@davlatobodhokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Bugun O’zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyat Sardorlar Kengashi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 914-sonli qarori asosida talabalikka qabul qilingan yoshlar bilan “Motivatsion” uchrashuv bo’lib o’tdi.

📹 Batafsil video orqali tomosha qiling

@davlatobodhokimligi