Давлатобод тумани ҳокимлиги | расмий канали
7.75K subscribers
93.3K photos
6.72K videos
60 files
13.3K links
Download Telegram
САЙЁР ҚАБУЛГА МАРҲАМАТ!

Мажбурий ижро бюроси Давлатобод туман бўлими томонидан 2023 йил, 4 февраль, шанба куни соат 09:00 дан 13:00 гача “Юксалиш" маҳалла фуқаролар йиғини биносида сайёр қабул ўтказилади. Унда Бюронинг Давлатобод туман бўлими бошлиғи ва бошқарма вакили иштирок этади.

Сайёр қабулни ўтказишдан кўзланган асосий мақсад, жисмоний ва юридик шахсларнинг суд ва бошқа органлар ҳужжатлари билан боғлиқ мурожаатларни тезкорлик билан ҳал қилишдан иборат.

Бюро фаолияти бўйича сизларни қизиқтирган саволлар ёки мурожаатингиз бўлса сайёр қабулда қатнашишларингизни сўраб қоламиз.

Давлатобод тумани ҳокимлиги ахборот хизмати

Каналга уланиш - @davlatobodhokimligi
🔔Innovatsion rivojlanish agentligi (agentlik), Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi bilan hamkorlikda “Farg‘ona vodiysida chekka hududlar korxonalarini rivojlantirish” loyihasi doirasida startaplarni akselerasiya dasturiga tanlov e’lon qiladi.

🔹Startaplar uchun tanlovda barcha sohalardagi g‘oyalar benefisiar bo‘lish huquqiga ega.

Tanlov 2023 yil 20 mart kuni soat 17:00 gacha (Toshkent vaqti bilan) ariza topshirish uchun ochiq bo‘ladi.

❗️Tanlovning rasmiy tili o‘zbek tili hisoblanadi. Boshqa har qanday tilda yaratilgan materiallar tanlovda baholanmaydi.

📌Arizalar loyihaning rasmiy elektron pochtasiga [email protected] kerakli hujjatlar bilan topshiriladi.

🔗Batafsil ma'lumor uchun ushbu havolaga kiring.

https://mininnovation.uz
O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi
undefined
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Президент Шавкат Мирзиёевнинг Наманган вилоятига ташрифи
#3feb #uzbekiston24
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Наманган вилоятига ташрифи Давлатобод туманидаги «Fazman tekstil» корхонасидан бошланди.

Визит Президента Шавката Мирзиёева в Наманганскую область начался с посещения предприятия «Fazman tekstil» в Давлатабадском районе.

#Mirziyoyev #safar #Namangan #korxona

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
“Namangan — tadbirkorlar yurti, kichik va oʻrta biznes markaziga aylandi” — Shavkat Mirziyoyev

Ayni vaqtda prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan shahrida biznes vakillari, tadbirkorlar bilan muloqot qilmoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

“Soʻnggi besh yilda Namanganda sanoat, xizmatlar va tadbirkorlikning boshqa sohalarida “katta sakrash” boʻldi, bu bor gap. Masalan, viloyatda korxonalar soni 15 mingtaga koʻpayib, 32,5 mingtaga yetdi. Bu davrda xususiy biznes ishlab chiqargan mahsulotlar hajmi 1,6 baravar oshib, 8,3 trillion soʻmga yetdi. Bu – respublika boʻyicha eng yuqori oʻsish surʼatlari, degani”, — dedi davlat rahbari.
Давлатобод тумани ҳокимлиги | расмий канали
“Namangan — tadbirkorlar yurti, kichik va oʻrta biznes markaziga aylandi” — Shavkat Mirziyoyev Ayni vaqtda prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan shahrida biznes vakillari, tadbirkorlar bilan muloqot qilmoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi. “Soʻnggi…
❗️“Qattiq sovuq”dan qiyinchilik koʻrgan tadbirkorlarga kredit, soliq, bojxona va boshqa toʻlovlar boʻyicha yengilliklar beriladi

2 ming nafar kichik va oʻrta tadbirkorlarning yanvar-martda muddati keladigan 4,7 trillion soʻm kredit toʻlovlari 1-iyunga qadar uzaytiriladi;

29 mingta tadbirkorning 2 trillion soʻm soliqdan qarzini 1-iyulga qadar foizsiz, qoʻshimcha garovsiz va “penya”siz boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati yaratiladi;

quvvati pasaygan 545 ta sanoat korxonasiga ishlab chiqarishni tiklash va aylanma mablagʻ uchun 8 trillion soʻm kredit ajratiladi;

nosoz uskunalarni taʼmirlashga kreditlar ajratiladi, ular boʻyicha 2,5 milliard soʻmgacha kafillik beriladi va kredit stavkasining 4,5 foizi qoplab beriladi;

27 mingta tadbirkor uchun davlat mulki ijara toʻlovi 1-aprelga qadar oʻzgarmaydi va uni boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat beriladi (tadbirkorlarda 52 milliard soʻm qoladi);

davlat mulkini sotib olgan tadbirkorlar uchun toʻlovlar, foiz va “penya” 1-aprelga qadar toʻxtatib turiladi;

ishlab chiqarish binolarining har bir yuqori qavati uchun tadbirkorlarga mol-mulk soligʻidan 10 foizdan chegirma beriladi.
Namanganda infratuzilmani yaxshilashga 2023-yili 1,3 trillion soʻm yoʻnaltiriladi

Shuningdek, “Ochiq budjet” doirasida viloyatga 600 milliard soʻm ajratiladi. “Bu choralar orqali, Namanganda birinchi chorakning oʻzida kamida 210 milliard soʻmlik qoʻshimcha qiymat yaratiladi”, — dedi davlat rahbari.
Давлатобод тумани ҳокимлиги | расмий канали
2023-yili Namanganda aholini daromadli ish bilan taʼminlash maqsadida 45 mlrd soʻm subsidiya mablagʻlari beriladi Viloyatda oilaviy tadbirkorlik uchun 2023-yili 950 milliard soʻm yoki 2 baravar koʻp imtiyozli kreditlar ajratiladi.
2023-yili Namanganda maxsus tekstil zonasi tashkil etilishi hamda 15 ta sanoat zonasi infratuzilmasiga 75 milliard soʻm ajratiladi

Shuningdek, aholiga dehqonchilik uchun tarqatiladigan 9,5 ming gektar yer (soʻnggi ikki yilda 8 ming gektar berilgan) qoʻshimcha imkoniyat yaratiladi.

Ushbu dehqon va tadbirkorlar oʻz mahsulotiga bozor topishi uchun, Namanganda 1-sentabrga qadar 15 ta yirik savdo majmuasi, dehqon bozori va “eko bozor” ishga tushiriladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Президент Шавкат Мирзиёевнинг Наманган вилоятига ташрифи
#3feb #uzbekiston24