Co-Learning Academy
214 subscribers
67 photos
7 videos
82 links
Co-Learning Academy - bo'lajak dasturchilarga mo'ljallangan o'quv platformasi.

YouTube: u.nu/clahub
Mover: u.nu/clahubuzmover
Download Telegram
Ingliz tili grammatikasi - 14. Kelajak zamon fe’llari.

👉 YouTube'da ko'ring

TG | Youtube | Mover.uz | Instagram | Facebook
Ingliz tili grammatikasi - 15 - Future Perfect Simple

👉 YouTube'da ko'ring

TG | Youtube | Mover.uz | Instagram | Facebook
O'rta darajadagi dasturchilar 10.000 $ maosh oladigan web-frameworkni bilasizmi? Yoki dunyoning eng yirik IT-loyihalari qaysi frameworkda yaratilgan?

Bundan 15 yil avval yaratilganiga qaramasdan, Django Instagram, Pinterest, Spotify kabi eng mashhur loyihalar dunyoga kelishida muhim rol o'ynagan. Shu va boshqa ko'plab хususiyatlari sababli ham Django dasturchilarning sevimli frameworki hisoblanadi.

Co-Learning Academy'ning Django web-frameworkiga oid video-darslari orqali RESTful API'larni yaratishni o'rganishingiz mumkin.

#Django_REST_API #CLC #Co_Learning_Academy #watch_it_teach_it #Python

TG | Youtube | Mover.uz | Instagram | Facebook
Adobe Photoshop - Grafik dizaynerlar uchun as qotuvchi resurslar.

👉 YouTube'da ko'ring

TG | Youtube | Mover.uz | Instagram | Facebook
Forwarded from Arxiv Co-Learning Center
“Yoshlar, yoshlar” deysiz, yosh boʻlish osonmi? Oʻqish, oʻz ustida ishlash, mehnat qilish, olgʻa yurish, maqsadlarni aniqlab, rejalarni tuzib olish kerak. Eheee, hozirgi shiddatli zamonda tengqurlardan bir pogʻona yuqori boʻlish uchun, tunimizni kunimizga ulaymiz-ku, biz Yoshlar!

Yoʻq, bu aslo yosh boʻlish yomon degani emas. Yoshlik — bu joʻshqinlik, axir. Bugun bizning kunimiz. Toʻgʻri topdingiz “Yoshlar kuni”.

Ushbu bayramda CoLearning Center jamoasi yoshlarga — Wi-fi oʻchib qolmaslikni, rejalar tugamasligini, charchamaslikni, tunlari uyquga vaqt topishni, doimo olgʻa intilishni tilab qoladi.

Rejalaringiz, orzu va maqsadlaringiz amalga oshsin.
Bayramimiz muborak, Yoshlar!

#CLC #Bizning_kun #Yoshlar_2020 #Youth_matter

Biz haqimizda:
Instagram | Facebook | Twitter | YouTube | TG
Bugun - O'zbekiston tarixi, madaniyati va hududi o'z aksini topgan davlat gerbi kuni.
Zero gerb - bu davlatning asosiy muhri bo'lib, yurtimiz va undan tashqarida O'zbekiston Respublikasining tom ma'noda imzosi hisoblanadi.

Aziz yurtdoshlar, CoLearning Academy shunday tarixiy va mas'uliyatli kun bilan barchangizni muborakbod etadi. Fuqarolik burchi hissi barchamizni tark etmasin!
Forwarded from Arxiv Co-Learning Center
Mo’maygina maosh olish kimga ham yoqmaydi, deysiz? Masalan, IT mutaxassislari ichida 2020-yil iyun ma’lumotlariga ko’ra robototexniklar yiliga $100.000 dan ko’proq maosh olishar ekan.

I-Tech'ning yana bir yo'nalishi borki, ular yiliga $5 mln dan ko'proq daromad qilishadi. Bular kiborg va gumanoid yaratish sohasi bo'lib, birinchisi tirik organizmga o'rnatilgan robotik qismlar yaratish bo'lsa, gumanoid deganda, inson ko'rinishidagi barcha mavjudot yoki mashinalarni yaratish tushuniladi.

CoLearning Center jamoasi robototexnikaga birinchi qadamni scratch dasturlash tilidan boshlashni maslahat beradi. Eslatib o'tamiz, CoLearning Academy'da Scratch dasturlash tiliga oid video-darslarimizning birinchi fasli o'z yakuniga yetdi.

Ha, aytgancha, scratch darslarining o'zbek tilidagi formatini yaqin kunlarda taqdim etamiz.
Qulay imkoniyatni qo’ldan boy bermang!

#RobotoTech #IT #CLC #scratch #cyborg #CLA #humanoid

Biz haqimizda:
Instagram | Facebook | Twitter | YouTube | TG
Forwarded from Arxiv Co-Learning Center
Bitta sichqoncha, ikki monitor, uch dasturlash tili...
Yoki, dasturchi bo‘lish uchun nima kerak?
Oliy ma‘lumot? Kapital? Tanish-bilish?

Diplom bermasa-da, oz fursatda "takoy dasturchi" bo‘lishingizga kafolat beruvchi o‘quv markazlari - ko‘pchilik uchun ayni muddao bo‘lib boryapti.

4/5/7 yil leksiyalarni uxlab o‘tkazgandan ko‘ra, biroz vaqt stajorlik qilish, yoki o‘quv kurslarida tahsil olgan ma’qulroq ko‘rinishi mumkin.

Biroq "generallikni orzu qilmagan..", deganlaridek, "oliy ma’lumotli dasturchi" nomi kelgusida Google'ga ishga kirmoqchi bo‘lganingizda qo‘shimcha + bo‘lishini unutmang 😉

Ham vaqtdan, ham naqddan yutish istagida bo‘lsangiz, CoLearning Academy video-darslarini kuzatib boring. Chunki bizda sohasining Oliy ma’lumotli mutaxassislaridan tashkil topgan, tajribali dasturchilar tomonidan darslar berib boriladi.

#CLC #CoLearning_Academy #high_educated #useful_info

Biz haqimizda:
Instagram | Facebook | Twitter | YouTube | TG
Ingliz tili grammatikasi - 18. Gapda in, on va at ning ishlatilishi.

👉 YouTube'da ko'ring

TG | Youtube | Mover.uz | Instagram | Facebook
Aytishnik ishini qo‘shimcha ilovalarsiz tasavvur qilish qiyin. Kod yozish, grafik dizayn yoki o‘yin yaratishda mazkur ilovalar asqatib qolishi shubhasiz:

Kod yozish uchun:
Atom/Notepad++/ Vim - bu proglar dasturlash tilidagi sintaksis xatoliklarni to‘g‘rilaydi, millionlab plagin va funksiyalarga boy.

Kompilyatorlar. C, Java va Pascal uchun eng qulay ilovalar:
Borland C++, Javac va Turbo Pascal.

3D modellash uchun eng yaxshi ilovalar beshligi:
Autodesk 3ds Max
Maya
Cinema 4D
Houdini
Blender

Bu ilovalarning barchasi bepul versiyaga ega. Autodesk 3ds Max va Maya eng ko‘p ishlatiladigan proglarga kirsa, kinosanoatda Houdini'ning o‘rni beqiyos.

#useful_progs #CLC #3D #programming

Biz haqimizda:
TG | Youtube | Mover.uz | Instagram | Facebook
Forwarded from Uzbekistan IT Jobs
Уважаемые коллеги, используйте нашего бота для отправки ваших вакансий и резюме. Наша система полностью бесплатна!

📬Bot: @UzITjobs_bot
📌Основной канал: @ITjobs_Uzbekistan
📌Основная группа: @Job_HUB
📌Резюме канала: @ITresume_Uzbekistan

🔺Правила: https://bit.ly/31YZz0m
CoLearning Academy'da tahsil olib profi bo‘lish uchun birgina video-darslarimizni kuzatib borish kamlik qiladi.
Bu borada tajribali tutorlarimizning bir shingil maslahatlari bilan tanishing:

Hojarbu Xaitmetova, tutor: “Django DRF bilan ishlashdan oldin, django frameworkning o‘zidan kamida boshlang‘ich ma’lumotga ega bo‘lish zarur. Ya’ni class’lar va funksiyalar bilan ishlash, Database structure, API o‘zi nimaligini tushunish kerak bo‘ladi”

Jasurbek Urolboyev, tutor: “CLA kurslarini aynan bazoviy darslardan boshlaganmiz. Ularni o‘rganish uchun asosiysi, qiziqish bo‘lishi zarur. Iloji bo‘lsa, Smashing magazine kabi bloglarni kuzatib boring”.

Jasurbek Po‘latov, tutor: Qo‘shimcha tarzda skillshare.com kabi turli kurslarni kuzatib boring. Sifatli darslar rus tilida ko‘p, lekin ingliz tilini bilsa - bu oltin kalit bo‘ladi. Til bilmasangiz ham muammo emas: kontentlarimizda IT sohasiga doir zarur bilimlarni ko‘proq berishga harakat qilyapmiz.

#CLA #we_teach_it #академия_знаний #CLC #level_up #SkillShare

Biz haqimizda:
TG | Youtube | Mover.uz | Instagram | Facebook
CoLearning Academy muborak Qurbon Hayit ayyomi bilan chin koʻngildan tabriklaydi!

Sizga va yaqinlarizga oilaviy xotirjamlik, sihat-salomatlik va gʻam-anduhsiz mukammal iymon baxtini tilaymiz.

Har bir samimiy orzu-niyatlaringiz roʻyobga chiqsin.

Ilmingiz ziyoda boʻlsin, deya
CoLearning Academy jamoasi.

Biz haqimizda:
TG | Youtube | Mover.uz | Instagram | Facebook
CoLearning Academy o‘z faoliyatini boshlaganidan beri IT sohasiga endi kirib kelayotgan juda ko‘plab insonlarga maslahat, yo‘nalish hamda turli savollariga javob berib kelmoqda.

Shu savollar ichida ko‘p berilayotganlari: “Axborot texnologiyalari men uchun emas deb qoʻrqaman...”, “Malakali mutaxassis boʻlishim uchun qancha vaqt talab etiladi?”

Quyida kichik javob berishga harakat qildik…

👉 https://u.nu/clamotivation

Biz haqimizda:
TG | Youtube | Mover.uz | Instagram | Facebook