CHIRCHIQ SHAHAR MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO'LIMI
959 subscribers
8.13K photos
2.08K videos
157 files
3.59K links
Chirchiq shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining rasmiy kanali
🌎chshxtb.uz
✉️[email protected]
Murojaat: @Abdulla_Qambarov
📞Tel: 0370-715-17-13
Ⓜ️anzil: Toshkent v, Chirchiq sh, 702100, O’lkashunoslik, 4-uy
Download Telegram
Chirchiq shahar 1⃣-umumtaʼlim maktabida 6-"D" sinf o'quvchilari ishtirokida "Shum bola" asari asosida sahna ko'rinishi namoyish etildi. Ushbu ijodiy chiqish sinf rahbari va adabiyot ustozi Musayev Shohsuvor rahbarligida amalga oshirildi. O‘quvchilar asarning asosiy voqealarini jonli va ishonarli tarzda ijro etishdi, bu esa tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

Sahna ko‘rinishi orqali "Shum bola" asaridagi tarbiyaviy ahamiyat chuqur yoritildi. Asarda ko'tarilgan qiyinchiliklarga qarshi kurash, hayotiy mashaqqatlarga bardosh berish va mehr-oqibat kabi ma'naviy qadriyatlar o'quvchilar tomonidan mohirona sahnalashtirildi. Qahramonlarning ichki kechinmalari va ularning insoniy fazilatlari yorqin namoyon etildi.

Tanlangan liboslar va tashqi koʻrinish asarning ruhiyati va muhitini yanada kuchaytirdi. Yorug'liklar yordamida voqealarning kayfiyati, qahramonlarning hissiyotlari va dramatik lahzalar o'ziga xos tarzda ifoda etildi.

Bu sahna koʻrinishi tomoshabinlar tomonidan katta olqishlarga sazovor bo‘ldi.
👍2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Chirchiq shahar 1⃣-umumtaʼlim maktabida adabiyot darsida ustoz Musayev Shohsuvor boshchiligida 5-"A" sinf o'quvchilari ishtirokida "Boʻgʻirsoq" ertagi asosida sahna ko'rinishi namoyish etildi.

"Boʻgʻirsoq" ertagi xalq og‘zaki ijodining durdonalaridan biri bo‘lib, uning asosiy g‘oyasi insonlarni ehtiyotkorlikka, har bir ishni o‘ylab qilishga va hayotdagi xavf-xatarlardan o‘rganishga undaydi. Ertakda Boʻgʻirsoqning o‘zini haddan tashqari ishonchli his qilishi va oxir-oqibat bu xatoligi tufayli boshiga mushkul ish tushishi orqali o‘quvchilarga kibru havoning zararli oqibatlari ko‘rsatib beriladi.

Sahna ko‘rinishida qahramonlarning har biri, xususan, Boʻgʻirsoq bilan uchrashgan hayvonlar orqali bolalarga halollik, do‘stlik va ehtiyotkorlik kabi insoniy fazilatlar yetkazib berildi. Ertakning mazmuni tomoshabinlarni har doim shoshqaloqlik va beparvolikdan saqlanish, atrofga hushyorlik bilan yondashish zarurligiga o‘rgatdi.
👍2
#TAZIYA

Chirchiq shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi shahrimizdagi 15-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumiy o'rta ta'lim maktabi oliy toifali matematika fani o'qituvchisi Usmonova Dilorom Abdukaxorovnaning bevaqt olamdan ko'z yumgani munosabati bilan marhumaning yaqinlariga chuqur ta'ziya bildiradi va sabr tilaydi. 🙏
Dilorom Usmonova o'zining salohiyati, yuksak axloqi va mas'uliyatliligi bilan hurmatga sazovor ustozlardan edi. Uning vafoti barchamizni chuqur qayg'uga soldi.
Ustozning ko'p yillik samarali mehnatlari evaziga bugun hayotda o'z o'rnini topgan ko'plab shogirdlari va hamkasblari xotirasida abadiy yashaydi.

@chirchiq_sh_mmtb
😢10🙏5👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan “1-oktabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan koʻplab bayram dasturlarini tayyorlandi.

“Madaniyat va maʻrifat” telekanalida efirga uzatilgan mazkur koʻrsatuv ana shu haqida.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#DG_ladies
#BAA

“Raqamli avlod qizlari” Birlashgan Arab Amirliklarida ta'lim sayohatida bo’lishdi


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Digital Generation Uzbekistan” bilan hamkorlikda o’tkazib kelinayotgan “Raqamli avlod qizlari”loyihasining faol ishtirokchilari BAAda ta'lim sayohatida bo’lishdi.

Mazkur loyiha doirasida ishtirokchi qizlar Emirates National School bilan hamkorlikda raqamli texnologiyalar sohasida tajriba almashishdi va yangi bilimlarni egallashdi.

Dastur doirasida shuningdek xalqaro ekspertlar ishtirokida davra suhbatlari tashkil etilib, o’quvchi qizlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Ma’lumot o’rnida: “Raqamli avlod qizlari” loyihasi 2021-yildan e’tiboran an’anaviy tarzda har yili o’tkazib kelinmoqda.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🏙 Chirchiq shahar
🏢 1- sonl umumiy o'rta ta'lim maktabi

Chirchiq shahar 1-sonli umumiy órta ta'lim maktabining yetakchi o'qituvchi Hilola Niyozova tomonidan "Kasbiy rivojlantirish soati" doirasida maktabdagi tabiiy fan o'qituvchilari va maktabining fan óqituvchilari bilan trening o'tkazildi.
Treningda maktab direktori T.T.Nazarov va 18 nafar fan óqituvchilari ishtirok etishdi
👍5
#Tabrik

Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!

Bugun Chirchiq shahar 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori Nazarov Talib Turgunoviching tavallud topgan kuni.

Shu munosabat bilan Talib Turgunovichni chin dildan muborakbod etamiz.

Uzoq umr, sihat-salomatlik va mas’uliyatli kasblarida muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tilaymiz.

Shukrona kuningiz muborak bo‘lsin!

@chirchiq_sh_mmtb
🎉9👍4
#Tabrik

Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!

Bugun Chirchiq shahar 12-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori Nurtayeva Diyora Torayevnaning tavallud topgan kuni.

Shu munosabat bilan Diyora Torayevnani chin dildan muborakbod etamiz.

Uzoq umr, sihat-salomatlik va mas’uliyatli kasblarida muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tilaymiz.

Shukrona kuningiz muborak bo‘lsin!

@chirchiq_sh_mmtb
🎉6👍4