CHIRCHIQ SHAHAR MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO'LIMI
938 subscribers
8.31K photos
2.09K videos
157 files
3.62K links
Chirchiq shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining rasmiy kanali
🌎chshxtb.uz
✉️[email protected]
Murojaat: @Abdulla_Qambarov
📞Tel: 0370-715-17-13
Ⓜ️anzil: Toshkent v, Chirchiq sh, 702100, O’lkashunoslik, 4-uy
Download Telegram
Umumtaʼlim maktablarining o'qituvchi-logopedlari uchun ochiq dars

2024-2025-o'quv yili davomida Chirchiq shahar MMTB boshligʻi tomondan tasdiqlangan reja-grafik asosida maktab logopedlari kasbiy rivojlantirish, bilim va malakalarini oshirish maqsadida maktablarda ochiq darslar o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Joriy yilning 27-noyabr kuni  Chirchiq shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 11-umumta'lim maktabida "Artikulyatsion apparat harakatini (dizartriya) korreksiyalash" mavzusida maktab logopedlari uchun ochiq dars boʻlib oʻtdi.

Ochiq dars mashg'ulotlari o'qituvchi-logopedlarning bilim, ko'nikma va malakalarini oshirishga, ularning o'quvchilar bilan samarali ish olib borish qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi.

Kanalimizga a'zo bo'ling!
👉@chirchiq_sh_mmtb👈
👍4
📌📌📌Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2024-yil 19-noyabrdagi 02-28-1612 xatida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan "joriy yilning 21-noyabr kunidan boshlab" umumiy oʻrta taʼlim maktablarida faoliyat olib borayotgan 5-6- sinf Tabiiy fani oʻqituvchilari uchun vebinarlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
📌📌📌Xususan, Chirchiq shahar maktabgacha va maktab taʼlimi tasarrufidagi 13-umumtaʼlim tayanch maktabida 5-6- sinflar uchun yangi "Tabiiy" metodikasi yuzasidan  oʻqituvchilari vebinarda 100% ishtirok etishdi.
👍3
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari psixologlari uchun seminar-trening

Joriy yilning 28-noyabr kuni  Chirchiq shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 4-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida "Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachilari o'rtasida emotsional charchash sindromini oldini olish" mavzusida maktabgacha taʼlim tashkilotlari psixologlari uchun seminar-trening boʻlib oʻtdi.

Seminar davomida psixologlardan "Men kimman?" mashqi, "Art-terapiya", "Ijobiy fikrlash" kabi trening va mashgʻulotlar o'tkazildi.

Bu kabi seminar-trening psixologlarning bilim, ko'nikma va malakalarini oshirishga, ularning tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar bilan samarali ish olib borish qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi.

Kanalimizga a'zo bo'ling!
👉@chirchiq_sh_mmtb👈
👍4