CHIRCHIQ SHAHAR MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO'LIMI
941 subscribers
8.28K photos
2.09K videos
157 files
3.62K links
Chirchiq shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining rasmiy kanali
🌎chshxtb.uz
✉️[email protected]
Murojaat: @Abdulla_Qambarov
📞Tel: 0370-715-17-13
Ⓜ️anzil: Toshkent v, Chirchiq sh, 702100, O’lkashunoslik, 4-uy
Download Telegram
Forwarded from Бекзод Кодирович
19-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining "4-A" sinf o'quvchisi Yo'ldoshov Doniyor Dubay shahrida bo'lib o'tgan Mental arifmetika boʻyicha Xalqaro Olimpiadada Oliy o'rin qo'lga kiritdi.
👍7👏1
#Sayyor_qabul

Bo'stonliq tumani Chimyon aholi punktida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Tog‘ tayyorgarlik o‘quv mashg'ulot markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo'shinlari xotin-qizlar va harbiy xizmatchilarning oila a'zolari bilan ishlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi PF-60-sonli farmoni talablarini bajarish hamda "xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash" maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabulda Chirchiq shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish markazi, Chirchiq shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimi hamda Bo'stonliq tumani Maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimi xodimlari qatnashdilar.
Sayyor qabul jarayonida Chirchiq shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimiga fuqarolar tomonidan ishga joylashish masalasida murojaat bo‘ldi. Fuqarolarga bo‘sh ish o'rinlari to‘g‘risida ma'lumotlar berildi.
👍4
“MEHRJON” BAYRAMI BOLAJONLAR NIGOHIDA

Bugun Chirchiq shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 7-son Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yashil makon“ umummilliy loyihasi doirasida tadbir va “Mehrjon“ bayrami tashkil etildi.

Bayramda Chirchiq shahar hokimi Murodjon Abdurahimov va sektor rahbarlari, mutasaddi tashkilot rahbqrlari hamda Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mudiralari va 20 va 30-sonli Ko‘p tarmoqli ijtimoiy Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari ishtirok etdi.

Tadbir davomida Chirchiq shahar hokimi, sektor rahbarlari va tarbiyalanuvchilar bilan birgalikda “Yashil makon” dasturi asosida daraxt ko‘chatlari ekildi.
Bayram tadbirida turli konsert dasturlari va mehmonlar ishtirokida bellashuvlar o‘tkazildi.

Tadbir davomida tashrif buyuruvchilar uchun kuzgi meva va sabzavotladan ko‘rgazmalar tashkil etildi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥1
#Chirchiq_shahri
#Yashil_makon

🌳Shahrimizda yashil maydonlarni ko‘paytirish, bog‘lar yaratish maqsadida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi ko‘chat ekish tadbirlari izchil davom etmoqda.

🌳Xususan, shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimi xodimlari tomonidan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida 2000 tupga yaqin manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9