CHIRCHIQ SHAHAR MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO'LIMI
952 subscribers
8.15K photos
2.08K videos
157 files
3.59K links
Chirchiq shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining rasmiy kanali
🌎chshxtb.uz
✉️[email protected]
Murojaat: @Abdulla_Qambarov
📞Tel: 0370-715-17-13
Ⓜ️anzil: Toshkent v, Chirchiq sh, 702100, O’lkashunoslik, 4-uy
Download Telegram
📣 📣 Malaka sinovlari oʻtkaziladigan sanalarga oʻzgartirish kiritildi

Xabar berilganidek, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalari pedagoglarini malaka sinovlaridan oʻtkazish sanalari belgilangan.

❗️Attestatsiyada ishtirok etuvchi nomzod pedagoglar tomonidan yuborilgan murojaatlarni xatlovdan oʻtkazish natijasida ayrim fanlardan oʻtkaziladigan malaka sinov kunlariga oʻzgartirish kiritildi. Xususan:

11-12-noyabrda oʻtkazilishi belgilangan Nemis tili, Fransuz tili fanlari sinov jarayonlari 18-noyabr kuniga;
13-noyabrda oʻtkazilishni belgilangan Musiqa madaniyati fani sinov jarayonlari 18-noyabr kuniga;
14-noyabrda oʻtkazilishi belgilangan Jismoniy tarbiya fani sinov jarayonlari 18-noyabr kuniga;
15-noyabrda oʻtkazilishi belgilangan Qoraqalpoq tili va adabiyoti, Qoraqalpoq tili (Davlat tili) fanlari sinov jarayonlari 19-noyabr kuniga ko’chirildi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Nurafshon TV | rasmiy (Sunnatilla G'ulomov)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
CHIRCHIQ SHAHRI_HARBIYLAR ISHTIROKIDA JASORAT DARSI_31.10.2024


OBUNA BO'LING: NURAFSHON TV
👍2
Joriy yilning 31-oktabr kuni Chirchiq shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 13-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Ota-onalar majlisi" boʻlib o'tdi.
Majlis maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi, ichki ishlar, milliy gvardiya va mahalla fuqarolar yigʻini bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Kanalimizga a'zo bo'ling
👉@chirchiq_sh_mmtb👈
👍1
🏛️Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan Chirchiq shahridagi 15-IDUM ga marhum kapitan Vasilyev Ravil Rashidovich tavallud kuni munosabati bilan uning haykali poyiga harbiy xizmatchilar va maktab oʻquvchilari ishtirokida gulchambarlar qo‘yildi. Maktabning jasorat burchagida yurtimiz uchun oʻz jonini fido qilgan harbiylar hayoti haqida maʼlumotlar berildi.

🔰Bundan tashqari oʻquvchilarga jasorat darslari oʻtilib, vatanga bo‘lgan sadoqat, jamiyatda yetuk shaxs bo‘lib kamol topish bo‘yicha tushunchalar berildi. Mazkur uchrashuv so‘ngida maktab kutubxonasida oʻquvchilar bilan “Men sevib o‘qigan kitob” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Yoshlarning kitoblarga boʻlgan qiziqishlari va vatanga boʻlgan muhabbati yanada oshdi.
——————————————————-
🌐
Telegram | Facebook | Instagram
👍4
#Attestatsiya

📣 Diqqat, e’lon!!!

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalari pedagog kadrlari attestatsiyadan oʻtkazilmoqda.

🔹 Sinov jarayonlarini shaffof va adolatli tashkil etish maqsadida vazirlik tomonidan barcha zarur ishlar amalga oshirilmoqda.

Qadrli pedagoglar!

❗️ Agar test jarayonlariga doir eʼtirozlaringiz boʻlsa yoki korrupsion holatlarga duch kelsangiz, bu haqida attestatsiyaga doir murojaatlar uchun maxsus tashkil etilgan vazirlik Ishonch telefoni +998 97 352 09 09 yoki quyidagi bot manziliga xabar yuborishingizni soʻraymiz.

👉 Sizning shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oʻquvchi qizlar oʻrtasida uchraydigan erta tugʻruq va erta nikohni oldini olish


Joriy yilning 1-noyabr kuni Chirchiq shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 11-umumiy oʻrta taʼlim maktabida, maktab maʼmuriyati, mahalla va masʼul xodimlar hamkorligida, yuqori sinf oʻquvchi qizlariga davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Davra suhbatida masʼullar tomonidan o'quvchi qizlarga erta homiladorlik va erta tug'ruqning ayanchli oqibatlari va hozirda avj olayotgan diniy yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolmaslik, diniy e’tiqod niqobi ostida yoshlarni ma’rifatga emas, jaholatga undash holatlari paydo bo‘layotgani ta’kidlanib, oʻquvchilar ogohlikka chaqirildi.
Bunday hollarga tushib qolmaslik uchun bo'sh vaqtlarini foydali mashgʻulot, ilm olishga sarflab, oʻzlari qiziqqan kasb-hunar sohibi, jamiyatga foyda keltiradigan inson boʻlib yetishishlarida kerakli maʼlumotlar, maslahat va tavsiyalar berib oʻtildi.
🏢Chirchiq shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining rasmiy telegram kanali
👉@chirchiq_sh_mmtb👈
👍4