CHIRCHIQ SHAHAR MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO'LIMI
960 subscribers
8.13K photos
2.08K videos
157 files
3.59K links
Chirchiq shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining rasmiy kanali
🌎chshxtb.uz
✉️[email protected]
Murojaat: @Abdulla_Qambarov
📞Tel: 0370-715-17-13
Ⓜ️anzil: Toshkent v, Chirchiq sh, 702100, O’lkashunoslik, 4-uy
Download Telegram
2024 yilning 11 oktyabr kuni
Chirchiq shahar 1⃣-umumta'lim maktabida, 8-"D" sinfida o'tkazilgan "Ijobiy fikrlash" mavzusidagi ma'naviy sinf soati va "Atom odatlar" kitob taqdimoti haqiqiy ilhomlantiruvchi jarayon boʻldi.

O'quvchilar kitobni chuqur o'rganishgan va uning mazmunini o'zlarining fikrlari va tajribalari bilan boyitib, hayotda kichik odatlarning katta o'zgarishlarga olib kelishi mumkinligi haqidagi muhim tushunchalarni baham ko'rishdi.

Maktab direktori va rahbariyatning mazkur tadbirda ishtiroki o'quvchilarning ma'naviy kamolotiga qanchalik e'tibor berilayotganining yana bir bor isboti bo'ldi.

Ushbu ma'naviy sinf soati o'quvchilar qalbida ijobiy fikrlash va o'zlarini rivojlantirish uchun intilish ruhini joyladi desak ham boʻladi.
👍2
🏙 Chirchiq shahar
🏢 1-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi

📚 Kasbiy rivojlantirish soati doirasida muhim tadbir

10.10.2024-y. kuni Chirchiq shahar 1-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabida, yetakchi oʻqituvchilardan biri Nigora Normamatova boshchiligida, aniq fan o‘qituvchilari va maktabning boshqa fan o‘qituvchilari uchun trening tashkil etildi. Ushbu treningda maktab direktori T.T. Nazarov va 8 nafar fan o‘qituvchilari faol ishtirok etishdi.

Treningning asosiy maqsadi – o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, zamonaviy ta'lim usullarini o‘zlashtirish va ularni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirish edi. Tadbir davomida ishtirokchilar innovatsion yondashuvlar bilan tanishishdi va kasbiy rivojlanish uchun yangi imkoniyatlar haqida muhokamalar olib borishdi.

Bu trening, o‘qituvchilar jamoasi uchun, ta'lim sifatini oshirishda muhim qadam bo‘ldi.
👍6
Chirchiq shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi umumiy oʻrta taʼlim va maktabgacha taʼlim psixologlari uchun "Yuksak salohiyat" jamoat birlashmasi tomonidan
"Zo'ravonlikka qarshi ko'nikmalarni hosil qilish va gender tengligi"

mavzusida o'quv-seminari tashkil qilindi. Seminarda maktabgacha taʼlim va umumtaʼlim maktablarda faoliyati yuritib kelayotgan psixologlar ishtirok etdilar.

🏢Chirchiq shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining rasmiy telegram kanali
👉@chirchiq_sh_mmtb👈
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov
#ixtirochilikka_qadam
#10_oktabr_20_oktabr

📣📣📣📣📣

⚙️ "IXTIROCHILIKKA QADAM" RESPUBLIKA TANLOVI

🗣"Ixtirochilikka qadam" respublika tanlovi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar, davlat va nodavlat umumta’lim maktablarining 5-, 6-, 7-, 8-, 9-, 10-,11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi.

Tanlov 4 bosqichda tashkil etiladi:
Maktab bosqichi – oʻquv yilining 1-choragida;
Tuman (shahar) bosqichi – oʻquv yilining 2-choragida;
Viloyat bosqichi – oʻquv yilining 3-choragida;
Respublika bosqichi – oʻquv yilining 4-choragida boʻlib oʻtadi.

❗️Tanlov davomida o‘quvchilar ta’lim, axborot texnologiyalari, yashil energiya, ekologiya, iqlim o‘zgarishi va qishloq xo‘jaligi kabi yo‘nalishlarda yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratishlari talab etiladi.


🟢Tanlovda individual yoki jamoa sifatida ishtirok etish mumkin. Bunda jamoa a’zolarining soni 3 nafardan oshmasligi kerak.

📆 Tanlovda qatnashish uchun joriy yilning 10-oktabridan 20-oktabriga qadar ixtirochi.piima.uz onlayn platformasida roʻyxatdan oʻtish lozim.

📞 Telefon: +998 (71) 207-20-17 ichki raqamlar 171, 172, 173, 174.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik

Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!

Bugun Chirchiq shahar 32-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori Sadikova Zumrad Mirtalipovnaning tavallud topgan kuni.

Chirchiq shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi Zumrad Mirtalipovnani tavallud ayyomi bilan chin dildan muborakbod etib, ularga uzoq umr, sihat-salomatlik va mas’uliyatli kasblarida muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tilab qoladi.

Shukrona kuningiz muborak bo‘lsin!

@chirchiq_sh_mmtb
👍12🎉2
British Council'ning ingliz tili dasturlarini yaratish bo'yicha direktori Michael Connolly O'zbekistonga kelmoqda

🌐 Markaziy Osiyo universitetlar forumi doirasida "Yangi O'zbekiston" universiteti tomonidan British Council'ning ingliz tili darsliklarini yaratish bo'yicha direktori Michael Connollyning ma'ruzasi tashkil etiladi.

Michael Connolly 50 dan ortiq davlat bilan yoshlarning ingliz tilini tez va mukammal o'rgatish va ularning bilimini baholash bo'yicha hamkorlik qiladi. Bundan tashqari uning jamoasi tomonidan o'qituvchilar malakasini oshirishga doir turli loyihalar ham yo'lga qo'yilgan.

🔹 Ma'ruza Abdulla Avloniy nomidagi milliy tadqiqot instituti bilan hamkorlikda 15-oktabr, soat 14:30 da "Ingliz tilini o'qitishning ta'lim sohasida tutgan o'rni va istiqbollari" mavzusida o'tkaziladi.

👉 Roʻyxatdan oʻtish
📍Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi 6-uy

🔁 English

#BritishCouncil #CAUF

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
#Chirchiq_shahar
#Vatan_tayanchi_Yosh_qutqaruvchi

Chirchiq shahar 2-umumiy o'rta ta'lim maktabida
Favqulotda Vaziyatlar Vazirligi hodimlari tomonidan ,,Vatan Tayanchi'' otryadi a'zolari va maktab o'quvchi yoshlariga ,,Yosh qutqaruvchi'' guruhi a'zolariga favqulotda holatlarda harakatlanish qoidalari amaliy mashg‘ulotlar orqali tushuntirildi. O‘quvchi yoshlar mashg'ulotlarda faol ishtirok etishdilar. Mashg‘ulotlar judayam qizg‘in va ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Namoyish etilgan amaliy tadbir uchun o‘quvchi-yoshlar FVV hodimlariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdilar.

@chirchiq_sh_mmtb
👍3