Chirchiq shahar 1-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 2-"A" sinfda 2024-yil 11-oktyabr kuni "Ona tabiatni asraylik" mavzusida sinf soati boʻlib oʻtdi.
Darsda tabiatni asrash bo‘yicha videolavhalar, koʻrgazmalar koʻrsatildi.O‘qituvchi tabiatni muhofaza qilishning muhimligi, inson faoliyatining tabiatga ta'siri, ifloslanish va iqlim o‘zgarishi kabi masalalarni tushuntirdi.
O‘quvchilar bu mavzu bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarni darsga tashrif buyurgan maktab direktori T.T.Nazarovga berishdi, soʻng kichik guruhlarga bo‘lingan holda tabiatni asrashga oid tabiat aks etgan rasmlar, daraxt, hayvonlarni tabiiy materiallardan tayyorladilar. Ular o‘z g‘oyalari va tabiatni asrash bo‘yicha tushunchalarini "Yelpigʻich", "Klaster", "Zinama-zina" metodlari orqali ifodalab berdilar. Bu faoliyat o‘quvchilarga jamoaviy ishlash, bir-biriga yordam berish va tabiatga bo‘lgan sevgilarini ifoda etish imkonini berdi.
Dars tugagach,maktab bog‘iga o‘simliklar va daraxtlarni kuzatish, ularni muhofaza qilish bo‘yicha sayrga chiqdilar.

👍2🔥1
2024 yilning 11 oktyabr kuni
Chirchiq shahar 1⃣-umumta'lim maktabida, 8-"D" sinfida o'tkazilgan "Ijobiy fikrlash" mavzusidagi ma'naviy sinf soati va "Atom odatlar" kitob taqdimoti haqiqiy ilhomlantiruvchi jarayon boʻldi.
O'quvchilar kitobni chuqur o'rganishgan va uning mazmunini o'zlarining fikrlari va tajribalari bilan boyitib, hayotda kichik odatlarning katta o'zgarishlarga olib kelishi mumkinligi haqidagi muhim tushunchalarni baham ko'rishdi.
Maktab direktori va rahbariyatning mazkur tadbirda ishtiroki o'quvchilarning ma'naviy kamolotiga qanchalik e'tibor berilayotganining yana bir bor isboti bo'ldi.
Ushbu ma'naviy sinf soati o'quvchilar qalbida ijobiy fikrlash va o'zlarini rivojlantirish uchun intilish ruhini joyladi desak ham boʻladi.

👍2
🏙 Chirchiq shahar
🏢 1-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi
📚 Kasbiy rivojlantirish soati doirasida muhim tadbir
10.10.2024-y. kuni Chirchiq shahar 1-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabida, yetakchi oʻqituvchilardan biri Nigora Normamatova boshchiligida, aniq fan o‘qituvchilari va maktabning boshqa fan o‘qituvchilari uchun trening tashkil etildi. Ushbu treningda maktab direktori T.T. Nazarov va 8 nafar fan o‘qituvchilari faol ishtirok etishdi.
Treningning asosiy maqsadi – o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, zamonaviy ta'lim usullarini o‘zlashtirish va ularni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirish edi. Tadbir davomida ishtirokchilar innovatsion yondashuvlar bilan tanishishdi va kasbiy rivojlanish uchun yangi imkoniyatlar haqida muhokamalar olib borishdi.
Bu trening, o‘qituvchilar jamoasi uchun, ta'lim sifatini oshirishda muhim qadam bo‘ldi.

👍6