CHIRCHIQ SHAHAR MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO'LIMI
942 subscribers
8.28K photos
2.09K videos
157 files
3.62K links
Chirchiq shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining rasmiy kanali
🌎chshxtb.uz
✉️[email protected]
Murojaat: @Abdulla_Qambarov
📞Tel: 0370-715-17-13
Ⓜ️anzil: Toshkent v, Chirchiq sh, 702100, O’lkashunoslik, 4-uy
Download Telegram
#TANLOV
#LAUREAT
#SANʼAT
#EʼTIROF

Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan "Art Silk Way ko'p janrli san'at" XALQARO tanlovida "Zamonaviy raqs" nominatsiyasida Chirchiq shahar 1-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining 6-"D" sinf oʻquvchisi Fozilova Soliha 1-darajali diplom bilan taqdirlandi.

Fozilova Solihani Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan 'Art Silk Way ko‘p janrli sanʼat' xalqaro tanlovida 'Zamonaviy raqs' nominatsiyasida 1-darajali diplom bilan taqdirlangani bilan samimiy muborakbod etamiz! Bu yuksak eʼtirof nafaqat Solihaning, balki maktabimizning faxri hisoblanadi. Uning bunday muvaffaqiyati sanʼatga bo‘lgan muhabbat va mehnatning yorqin namunasi. Yutuqlari davomli bo‘lsin, yangi ijodiy parvozlar sari dadil qadam tashlayversin!

Chirchiq shahar 1-maktabi siz bilan faxrlanadi!


https://t.iss.one/chirchiq_1_maktab_faoliyati
👍10👏2🔥1🎉1
Qadrli yurtdoshlar,
Aziz ustozlar!


Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi jamoasi barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi bilan samimiy tabriklaydi.

Ushbu sana milliy davlatchiligimiz tarixida juda katta ahamiyatga ega.

Xorij mamlakatlarida bo'lib o'tayotgan turli musobaqa va olimpiadalarda davlatimiz bayrog'ining mudom mag'rur hilpirab turishi barchamizga cheksiz iftixor tuyg'usini baxsh etadi.

Zero, davlat bayrog’i milliy g’urur va faxr belgisidir.


Mustaqilligimiz va tinchligimiz ramzi bo'lgan mamlakatimiz bayrog‘i yuksaklarda abadiy hilpirab tursin!

#Davlat_ramzi #18_noyabr

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🚀 "Raqamli Avlod IT Haftaligi" 2024!

🌐🇺🇿 Yurtimizda IT sohasiga qiziqqan barcha yoshlarni an’anaviy "Raqamli Avlod IT Haftaligi"ga taklif qilamiz!

👨‍💻 DG Contest — Bunda siz sport dasturlash bo‘yicha o‘z mahoratingizni sinashingiz mumkin.

Onlayn saralash bosqichi 19-noyabrda boshlanadi, final esa 23-noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Respublika bo‘ylab eng yaxshi dasturchilar orasida bo‘lib o‘tadi.

🤖 Robototexnika musobaqasi — 23-24-noyabr kunlari sizni Muhammad al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabida robo futbol, ​​robo sumo, robo poyga va foydali ixtirolar bo‘yicha Respublika musobaqalari kutmoqda.

🔵 Microsoft Community Conf 2024 Uzbekistan — 30-noyabr kuni Microsoft kompaniyasining rasmiy IT konferensiyasida ishtirok etishingiz mumkin bo‘ladi.

Bunda siz xalqaro va mahalliy spikerlarimizdan dasturlashdagi yangi texnologiyalar bilan tanishishingiz va juda katta "networking"ga ega bo‘lishingiz kafolatlanadi.

📍Tadbir Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida bo‘lib o‘tadi.

📅 Ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling, barcha tadbirlar bepul va musobaqalar qimmatbaho sovrinlarga ega.

👉Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun: online.raqamliavlod.uz.

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
#Биласизми

🇺🇿ТОШКЕНТ ВИЛОЯТИДАГИ ЭНГ БАЛАНД БАЙРОҚ ҚАЕРДА?


1️⃣ Бўстонлиқ тумани — Тошкент вилоятидаги энг баланд байроқ айнан шу ерда. Баландлиги 65 метр.

2️⃣ Нурафшон шаҳри — ўтган йили 61 метрли байроқ ўрнатилди.

3️⃣ Оққўрғон тумани — марказда 60 метрлик байроқ ҳилпираб туради.

4️⃣ Тошкент тумани — флагштокнинг бўйи 50 метрга тенг.

5️⃣ Бекобод тумани, Ангрен ва Чирчиқ шаҳарлари — учала байроқ ҳам 45 метр баландликка ўрнатилган.

6️⃣ Олмалиқ шаҳри, Юқори Чирчиқ ва Паркент туманлари — бу ҳудудларда эса флагшток узунлиги 42 метрни ташкил қилади.

Yoshlar kundaligi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Toshkent viloyati Chirchiq shahar 20-sonli umumta'lim maktabida 2024 yil 18 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan "Muqaddasdir Vatan bayrog‘i" shiori ostida tadbir tashkil etildi. Tadbir ko‘tarinki kayfiyatda bolib o'tdi.
👍1
Forwarded from Xushroza Djamolidinova
Toshkent viloyati Chirchiq shahar 20-sonli umumta'lim maktabida 2024 yil 18 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan maktab kutibxonasida Davlat bayrog'iga bag'ishlangan kitoblar ko'rgazmasi tashkil qilindi.