Chinoz tumani hokimligi
2.84K subscribers
22.3K photos
2.71K videos
24 files
6.14K links
Chinoz tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.

Kanal Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati tomonidan yuritiladi.
Savol va murojaatlar uchun: @chinoztumanihokimligibot
Download Telegram
#Muloqot #Communication #Беседа

Alisher Saʼdullayev viloyat mahallalaridagi yoshlar bilan muloqotlar qilmoqda

👉 Batafsil
_____

Alisher Sa'dullayev engages in discussions with the youth in regional neighborhoods

👉 In detail
_____

Алишер Саъдуллаев проводит беседы и общается с молодёжью из махаллей

👉 Подробно

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Chinoz_tumani
#bandlik

Probatsiya ro`yxatida turuvchilarning bandligi ta`minlandi

Chinoz tumani IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida jazo o‘tayotgan nazorat ostidagi 6 nafar fuqaroning bandligini ta’minlash maqsadida "Nafis" mahalla fuqarolari yigʻini hududida joylashgan kichik sanoat zonasida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirildi.

Tadbir davomida 5 nafar fuqaroning bo‘sh ish o‘rinlariga joylashishlari uchun hujjatlari rasmiylashtirildi.

Qolgan 1 nafar fuqaroga qayta kasbga o‘qitish uchun yo`llanma berildi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Migratsiyadagi_fuqarolar_bilan_muloqot

Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixov chet davlatlarda mehnat qilayotgan fuqarolar bilan navbatdagi onlayn muloqotini oʻtkazdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida Toshkent viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari yuzasidan kuni kecha oʻtkazilgan yigʻilishda bergan topshiriqlari ijrosini taʼminlash maqsadida Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixov, sektor rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari va tumandagi mutasaddi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida "Hamza" "Beshkapa" "Bunyodkor" va "Yangiobod" mahalla fuqarolari yigʻinida yashovchi 20ga yaqin migratsiyadagi fuqarolar bilan ZOOM platformasi orqali onlayn muloqot oʻtkazdi.


📹BATAFSIL VIDEO LAVHADA

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Muhim_sana

O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 35 yil to'ldi

1989-yilning 21-oktyabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha "Davlat tili to‘g‘risida"gi Qonun qabul qilinib, unga ko‘ra O‘zbek tiliga - Davlat tili maqomi berildi. Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo‘lgan ona tilimiz o‘zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo‘ldi.

Shuningdek, 2020-yilning 10-aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «O'zbek tili bayrami kunini belgilash to'g'risida»gi qonunni imzoladi.

Qonunga asosan, 21-oktyabr O'zbek tili bayrami kuni etib, belgilangan.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
#Қонунчиликдаги_янгиликлар

❗️Фан олимпиадалари маркази ташкил этилади


“Иқтидорли ёшлар билан ишлаш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент қарори (ПҚ-346-сон) қабул қилинди

🔰Қарорга кўра, Ихтисослаштирилган таълим муассасалари агентлиги ҳузурида давлат муассасаси шаклида Фан олимпиадалари маркази (Марказ) ташкил этилади.

✔️ Қобилиятли ҳамда фанларни чуқур ўрганишга қизиқадиган ёшларни аниқлаш ва селекция қилиш, улардаги иқтидорни янада ривожлантириш учун зарур шарт-шароитлар яратиш Марказнинг асосий фаолият йўналишларидан бири этиб белгиланди.

🗓 2025 йилдан Марказ томонидан:

🔹5–8-синф ўқувчилари ўртасида олимпиадаларда юқори натижаларни қайд этган иқтидорли ўқувчилар базаси шакллантирилади ва уларни халқаро олимпиадаларга мақсадли тайёрлаш йўлга қўйилади;

🔹ҳар бир фан йўналиши бўйича ўқув дастурлари, адабиётлар, методик тавсиялар, қўлланмалар ва журналлар яратилиб борилади;

🔹ўқувчиларни фан олимпиадаларига тайёрловчи тренер-ўқитувчиларнинг узлуксиз касбий ривожланиши учун зарур шароитлар яратилади, уларга янги методикалар ўргатиб борилади;

🔹фан олимпиадалари бўйича миллий терма жамоаларнинг хорижий давлатлар терма жамоалари билан қўшма йиғинлар ўтказиш амалиёти йўлга қўйилади;

🔹ўқувчилар учун халқаро олимпиадаларда руҳий босимни енгиш бўйича семинарлар ҳамда мотивацион тренинглар ташкил қилинади;

🔹иқтидорли ёшлар учун “интеллектуал оромгоҳлар” ташкил этилади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TOPSHIRIQ_IJROSI

🔰"Ezgulik, bilim va ma’rifatni qurol qilib, jaholat yovuzlik yo‘lini to‘saylik"
📍Chinoz tumani

➡️Chinoz tumanidagi 9-sonli umumta’lim maktabi Pedagoglar jamoasining ota-onalariga murojaatnomasi bo‘yicha "Ezgulik, bilim va ma’rifatni qurol qilib, jaholat yovuzlik yo‘lini to‘saylik" shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.

➡️Tadbirda tuman IIB profilaktik inspektori, YPX inspektori Z.Shodmonov, Yo‘ltushgan MFY, Yangi Hayot MFY faollari, maktab kuzatuv kengashi raisi qatnashdilar.

➡️Maktab direktori Malikov Jamshid tomonidan ota-onalarga murojaatnomani o‘qib eshittirdi.

➡️MMIBDO‘ A.Rustamova o‘quvchi yoshlar tarbiyasida ota-onaning roli va e’tibori juda muhim ekanligi haqida gapirib o‘tdi.
Sifatli ta’lim berish bo‘yicha maktabda olib borilayotgan isloxatlar aytib o‘tildi. Bu borada o‘ta-onalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Shundan so‘ng maktab bilan doimiy hamkorlikda ish olib borgan ota-onalarga "Eng faol ona", "Eng namunali ota"larga maktab ma’muriyati tomonidan tashakkurnomalar topshirildi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Chinoz_tumani #ASOSIY_FAN_OLIMPIADASI_NAVBATDAGI_BOSQICHI


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-son qarori asosida umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar maktablari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarining o‘quvchilari o‘rtasida 2024-2025-o‘quv yilida umumta’lim fanlari bo‘yicha asosiy olimpiadaning ikkinchi tuman (shahar) va uchinchi - viloyat miqyosidagi bosqichlari hamda xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning birinchi bosqichini yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 11-oktabrdagi 331-sonlibuyrug‘i ijrosini ta’minlash doirasida ayni paytda hududlarda asosiy olimpiadaning navbatdagi bosqichi boshlandi.


🔴 Sinovalar tumandagi 13-sonli maktabda o‘tkazilmoqda.


Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|