Chinoz tumani hokimligi
2.98K subscribers
19K photos
2.29K videos
22 files
5.09K links
Chinoz тумани ҳокимлиги – ҳудудий давлат бошқарув органи.

Канал Chinoz тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати томонидан юритилади.
Савол ва мурожаатлар учун: @chinoztumanihokimligibot
Download Telegram
#Chinoz_tumani

Aholi vakillari o‘z tomorqasida sifatli ko‘chat yetishtirish evaziga yuqori daromadga ega bo‘lmoqda
❗️

🌱Bugun ko‘plab aholi vakillari o‘z tomorqalaridan samarali foydalanib, bog‘dorchilikni yo‘lga qo‘ygan. Chinoz tumanidagi "Birlik" mahallasida istiqomat qiluvchilar ham so‘zimizning isboti o‘laroq hovlilarini ekinzorga aylantirishgan.

Mahallada istiqomat qiluvchi Xoliqulov Zafar 12 sotixdan iborat tomorqa maydonida "Sayxunobod tajribasi" asosida pomidor, bulg‘or qalampiri, baqlajon ko‘chatlarini yetishtirmoqda. Binobarin, ishchi tashrif bilan Chinoz tumanida bo‘lib turgan vazir Ibrohim Abdurahmonov ushbu xonadonga tashrif buyurib, yetishtirilayotgan ekinlarni ko‘zdan kechirgani ham bejiz emas.

BATAFSIL

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Embrion transplantatsiyasi – naslchilik sohasidagi yangi bosqich

🇺🇿🇰🇷Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tizimidagi Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti 2018-yildan boshlab Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi KOPIA markazi bilan hamkorlikda chorvachilik sohasida amaliy loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.

🐄Xususan, 2021-yildan boshlab O‘zbekistonda qoramolchilik naslchilik va seleksiya ishlarini takomillashtirish borasida bir qancha salmoqli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2023-yilda AQSh va Janubiy Koreyadan "Golshtin" zotli yuqori mahsuldor sigirlardan olingan embrionlar olib kelinib, 3 ta qoramolchilik fermer xo‘jaliklarida transplantatsiya amaliyoti bajarildi. Bu esa O‘zbekiston chorvachiligida muhim yangiliklardan bo‘ldi. Ushbu jarayonga sohadagi mutaxassislar va chorvadorlar ulkan qiziqish bildiribgina qolmasdan, KOPIA markazi bilan tashkillashtirilgan seminarlarda faol ishtirok etdilar.

📈 Embrion transplantatsiyasi amalga oshirilgan sigirlarning 50% qismida ijobiy natijaga erishildi. Bugungi kunda embrion transplantatsiyasi amalga oshirilgan sigirlardan Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi “Dil Giyo Fayz Baraka” fermer xo‘jaligida 1 ta hamda Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumani “Kim Pen Xva” fermer xo‘jaligida 3 ta sog‘lom buzoqlar olindi. Embrion transplantatsiyasi amaliyoti O‘zbekiston chorvachiligida naslchilik ishlarini jadallashtirishga va yuqori mahsuldor sigirlarning podalarini yaratishga hamda genetikasini yaxshilashga xizmat qiladi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 2024 йил 26 июлдан қисқа муддатли меҳнат таътилига чиқди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев с 26 июля 2024 года вышел в краткосрочный трудовой отпуск.

Facebook|Instagram|X
🇺🇿 Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Қонунчилик палатаси ҳамда маҳаллий кенгашлар депутатлари сайлови кампаниясига старт берилди

Ўзбекистон Республикаси Марказий сайлов комиссияси томонидан бугун ўтказилган мажлисда Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси депутатлари ва маҳаллий кенгашлар депутатлари сайловига доир муҳим қарорларни қабул қилди.

Маълумки, Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 128-моддасига мувофиқ Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Қонунчилик палатасига ҳамда Қорақалпоғистон Республикаси Жўқорғи Кенгесига, вилоятлар, туманлар, шаҳарлар давлат ҳокимияти вакиллик органларига сайлов тегишинча уларнинг конституциявий ваколат муддати тугайдиган йилда – октябрь ойи учинчи ўн кунлигининг биринчи якшанбасида ўтказилади.

Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 128-моддасига ва Ўзбекистон Республикаси Сайлов кодексининг 14, 36-моддаларига мувофиқ, Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Қонунчилик палатаси ҳамда маҳаллий кенгашлар депутатлари сайлови 2024 йил 27 октябрь, якшанба куни ўтказилади.

Марказий сайлов комиссияси томонидан Ўзбекистон Республикаси Конституцияси ва Сайлов кодексида белгиланган муддатлардан келиб чиқиб, бугундан, яъни 2024 йил 26 июлдан Ўзбекистон Республикаси Қонунчилик палатаси депутатлари ва маҳаллий кенгашлар депутатлари сайлови бўйича сайлов кампаниясига старт берилиб, Календарь режа тасдиқланди.

2024 йил 27 октябрь куни Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси, Халқ депутатлари вилоятлар ва Тошкент шаҳар кенгашлари, Халқ депутатлари туман ва шаҳар кенгашларига сайловлар бўлиб ўтади.

Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM