Chinoz tumani hokimligi
2.26K subscribers
18.7K photos
2.23K videos
22 files
4.98K links
Chinoz тумани ҳокимлиги – ҳудудий давлат бошқарув органи.

Канал Chinoz тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати томонидан юритилади.
Савол ва мурожаатлар учун: @chinoztumanihokimligibot
Download Telegram
#Chinoz_tumani
#Targʻibot

"Ayol qismati" badiiy filmi namoyishi oʻtkazildi


Chinoz tumani hokimligi majlislar zalida "Ayol qismati" filmining namoyishi oʻtkazildi. Kino taqdimoti tumandagi 55 ta mahalla fuqarolari yigʻinidagi xotin-qizlar faollariga hamda mahallalardagi yoshi ulugʻ onaxonlarimiz uchun oʻtkazildi.

Mazkur film Oʻzbekiston Davlat xavfsizlik xizmati va Mudofaa vazirligi buyurtmasiga asosan Kinematografiya agentligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamkorligida tayyorlangan boʻlib, kinokartinada “Mehr” operatsiyasi doirasida Suriyadan olib chiqilgan ayollardan birining ayanchli taqdiri Sojida timsolida juda taʼsirli tarzda yoritilgan.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Chinoz  tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram