Chinoz tumani hokimligi
2.12K subscribers
18.1K photos
2.18K videos
22 files
4.81K links
Chinoz тумани ҳокимлиги – ҳудудий давлат бошқарув органи.

Канал Chinoz тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати томонидан юритилади.
Савол ва мурожаатлар учун: @chinoztumanihokimligibot
Download Telegram
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
🔴LIVE

⚡️Армия ва халқ – бир тану бир жон


Чирчиқ олий танк қўмондонлик-муҳандислик билим юртида Президент ҳузуридаги Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги ташаббуси ва қатор ҳамкор ташкилотлар кўмагида Тошкент вилоятида фаолият юритаётган давлат фуқаролик хизматчилари учун ўқув машғулоти ташкил этилди.

Тадбир давлат фуқаролик хизматчиларидаги ватанпарварлик туйғусини ривожлантириш, коррупцияга нисбатан муросасиз муносабатда бўлиш, табиий ва техноген офатлар, турли таҳдидлар шароитида муҳофаза чораларини қўллаш имкониятларини кенгайтириш мақсадида ташкил этилди.

Бугун ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органларимиз тинчлик ва хавфсизлигимизни таъминлаётган бўлса, давлат фуқаролик хизматчиларимиз халқимизнинг ижтимоий манфаатларини таъминлаб келмоқда. Тадбирнинг очилиш маросимида ҳамкорлар давлат хизматчиларида ватанпарварлик ва халққа садоқат билан ишлашнинг моҳиятини ҳаётий мисоллар ёрдамида очиб беришди.

Тадбир давом этмоқда.

Каналга уланиш — t.iss.one/argos_uz
#Chinoz_MMTB
#Semenar_АКТ

11.01.2024 yil Chinoz tumani MMT bo'limida AKTni joriy etish va raqamlashtirish metodisti B.Saidov tomonidan Nodavlat-maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari uchun Nodavlat-maktabgacha ta’lim tashkilotlarida elektron tizimlardan (nodavlat-bog'cha.uz , BBIT.uz) foydalanish bo‘yicha o‘quv semenari o'tkazildi.

Chinoz tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi rasmiy kanali


👇👇👇
https://t.iss.one/Chinoz_maktabgacha_va_maktab
#Chinoz_tumani

Qilinayotgan har bir islohot negizida xalqni rozi qilishdek ezgu maqsad mujassam. Buni joylarda bo‘layotgan o‘zgarishlardan ham sezish mumkin. Chinoz tumanidagi mahallalar infratuzilmasini yaxshilash maqsadida bir qator tizimli ishlar olib borilmoqda. Ayni vaqtda hududdagi “Xamza”, “Xumo”, A.Navoiy, “Qozi”, “Eshonobod”, “Yangi hayot”, “Ochamayli”, “Navro‘z”, “Chinmasjid” mahalla fuqarolari yig‘inlarining ichki yo‘llari ta’mirlandi. Hozirda jami 2.63 km yo‘l asfaltlashtirildi. Ilgari chang loy bo‘lgan yo‘llar, hozirda keng va ravon. Qilinayotgan bunyodkorlik ishlardan aholi ham mamnun bo‘lishmoqda.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati
#Maxsus_dayjest

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan, hududlarda o‘tkazilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar qisqa satrlarda

Zangiota tumani. "Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam" shiori ostida harbiy vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi.

Piskent tumani. Harbiy xizmatchilar va sportchi yoshlar oʻrtasida bellashuv boʻlib oʻtdi.

Olmaliq shahar. Bayram munosabati bilan, "Metallurg" madaniyat saroyida shahar hokimligi va OKMK hamkorligida tadbir tashkillashtirildi.

Chinoz tumani. Mazkur sana munosabati bilan tumanda "Uch avlod uchrashuvi" boʻlib oʻtdi.

Yangiyo‘l shahar. Harbiy vatanparvarlik oyligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan, shaharda avtokarvon tashkil etildi.

Yangiyo‘l tumani. Harbiy qism harbiy xizmatchilari va hamkor tashkilotlar ishtirokida uyushmagan yoshlar oʻrtasida sport musabaqalari oʻtkazildi.

Qibray tumani. "Yosh Temurbeklar" harbiy-sport maktabi tinglovchilari uchun "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri doirasida "Uch avlod uchrashuvi" uyushtirildi. 

Toshkent tumani. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining "Vatan tayanchi" bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati otryadlari o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etildi.

Chirchiq shahar. Xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oila a'zolari holidan xabar olinib, ularga moddiy koʻmaklar koʻrsatildi.

O‘rta Chirchiq tumani. Harbiy vatanparvarlik oyligi doirasida tuman ma’muriy markazida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar oʻtkazildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Chinoz_tumani
#Tashkiliy_yig'ilish

Chinoz tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 21 dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-209-son Farmoni hamda “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-402-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Chinoz tumani mahallani qo‘llab-quvvatlash kengashining tashkiliy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda mahalla raislari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida yigʻilganlarga mahalla tizimida boʻlayotgan oʻzgarishlar va soha vakillari uchun berilayotgan imtiyozlar haqida maʼlumotlar berildi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati