Chinoz tumani hokimligi
2.27K subscribers
18.6K photos
2.22K videos
22 files
4.96K links
Chinoz тумани ҳокимлиги – ҳудудий давлат бошқарув органи.

Канал Chinoz тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати томонидан юритилади.
Савол ва мурожаатлар учун: @chinoztumanihokimligibot
Download Telegram
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
💊 Дори воситалари нархларининг сунъий равишда оширилиши олди олинади

Рақобатни ривожлантириш ва истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш қўмитаси томонидан “FAIR TECH” ягона ахборот тизими доирасида алоҳида модул ишлаб чиқилди.

Бундан кўзланган асосий мақсад истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш тизимини янада такомиллаштириш ва фармацевтика соҳасида қонунчилик меъёрларининг истеъмолчи фойдасига ишлашини интерактив усулларда назорат қилишдан иборат.

Янги тартибга кўра, 2023 йил 1 майдан истеъмолчилар томонидан дорихоналарда сотиб олинган дори воситалари ва тиббий буюм харид чекларнинг QR-коди "Солиқ" мобил иловасида рўйхатдан ўтказилганда белгиланган устамалардан ортиқча маблағ олинганлиги аниқланса, автоматик равишда Рақобат қўмитасига хабар юборилиб, ортиқча олинган маблағни истеъмолчига қайтариш тизими ишга туширилмоқда.

@rezonans24
⚡️⚡️⚡️Ogohlantirish

Chinoz tuman elektr taʼminoti korxonasi Sizga shuni maʼlum qiladiki, Ipakchi podstantsiyasidan chiquvchi 10 kV quvvatli Maktab fiderida ta'mirlash va daraxt shoxlaridan tozalash ishlari olib borilishi munosabati bilan Xamza, Afg‘on, Tinchlik, Xo‘ja, Navoiy, Bunyodkor mahallalarida joriy yil 4-may kuni soat❗️ 16:00dan 18:00 gacha ❗️elektr taʼminotida uzilishlar kuzatiladi.

🟢 Keltirilayotgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun:
☎️+998705931190
☎️+998705932190
Forwarded from AKT
DIQQAT!!!

Maktab va bog‘chalarda pul yig‘imi qat’iyan taqiqlanadi
!

So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali maktablar va bog‘chalarda turli xil tadbirlar o‘tkazish uchun o‘quvchilardan pul mablag‘lari yig‘ilayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Ta’lim muassasalarida ta’mirlash (remont) uchun, turli tadbir (so‘nggi qo‘ng‘iroq) va bayramlar uchun pul yig‘ish qat’iyan taqiqlanadi!

Siz qaysidir maktab yoki maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pul yig‘ish bilan bog‘liq holatlar haqida xabardor bo‘lsangiz,

Chinoz tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo'limining +998 70 59-31-532 raqamli «ishonch telefoni»ga murojaat qilishingiz so‘raladi.

Chinoz tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo'limi rasmiy kanali
t.iss.one/Chinoz_maktabgacha_va_maktab
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
🌐 J-PAL Europe Ўзбекистонни ойнинг энг яхши мамлакати деб эълон қилди

📌 Май ойида #J_PAL_Europe ўз эътиборини Ўзбекистон Республикасига қаратди, бунда Иқтисодий тадқиқотлар ва ислоҳотлар маркази экспертлари билан биргаликда камбағалликка қарши курашиш бўйича илк давлат дастурларининг самарадорлиги ҳамда уларнинг аҳолининг реал даромадлари ўсишини таъминлашга ва камбағалликни қисқартиришга потенциал таъсири баҳоланди.

🟥 "Май ойида бизнинг эътиборимиз Ўзбекистонга қаратилди, бу ерда J- PAL Europe фактик маълумотларни мамлакатда камбағалликни камайтириш сиёсатига жалб қилиш имкониятларини ўрганмоқда", - дейилади J-PAL Европа бюроси баёнотида.

🔺Ушбу босқичда J-PAL ва Иқтисодий тадқиқотлар ва ислоҳтлар маркази камбағалликка қарши курашга қаратилган биринчи давлат дастурларининг самарадорлигини ва уларнинг реал даромадлар ўсиши ва камбағалликни камайтиришга потенциал таъсирини баҳолаш бўйича тадқиқотни бошламоқда.

🔺Мутахассислар томонидан “Маҳаллабай” тизими орқали тадбиқ этиладиган “Ҳар бир оила – тадбиркор” дастури ва "Ишга марҳамат" мономарказлари фаолияти, шу жумладан ташқи миграция йўналиши самарадорлигини замонавий илғор воситалар (методология) билан баҳолаш масалалари кўриб чиқилмоқда.

🔺Давлат дастурлари самарадорлигини баҳолашнинг бундай маданияти Ўзбекистонда илк бор жорий этилмоқда, бу эса бир вақтнинг ўзида камбағалликнинг кўплаб жиҳатларини ҳал этишга қаратилган истиқболдаги дастур ва стратегияларни ишлаб чиқишда муҳим қадам бўлади.

Батафсил:
⬇️⬇️⬇️
ўзб review.uz/oz/sdo
рус
review.uz/sdo
инг
review.uz/en/sdo

Обуна бўлиш:
👇👇👇
© Иқтисодий шарҳ
© Экономическое обозрение
© Economic Review

telegram | facebook | twitter| instagram
#Chinoz_tumani
#seminar

Chinoz tumanida "Joriy yilgi  g‘alla hosilini nest-nobud qilmay yig‘ib olish uchun texnikalarni shay holatga keltirish" bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi. Unda Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Xolmirza Niyozov, Chinoz tumani hokimi Botir Alimbekov hududdagi mas'ul otryad a'zolari ishtirok etishdi. Yig‘ilishda g‘alla o‘rimi mavsumiga texnikalarning har tomonlama shay holatga keltirishga borasidagi ishlar muhokama qilinib, bu jarayonda o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash ta'kidlandi.

Tadbir davomida mas'ullarni qiynab kelayotgan muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
Audio
🟦🟦🟩🟩

Shanba - Qishloq xoʻjaligi sohasi va fermerlar kuni, “Yashil makon” tadbirlari bilan izchil shugʻullaniladigan kun

🔘Piskent tumani. “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida boʻsh maydonlarga daraxt koʻchatlari ekilib, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan nihollarni sugʻorish nazoratga olinmoqda.

🔘Chinoz tumani. Tumanda joriy yilgi gʻalla hosilini nes nobud qilmay yigʻib olish uchun texnikalarni shay holatga keltirish boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi. Unda Toshkent viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari Xolmirza Niyozov, Chinoz tumani hokimi Botir Alimbekov, hududdagi masʼul otryad aʼzolari ishtirok etishdi.

🔘Zangiota tumani. Qishloq xoʻjaligi boʻlim tashkilot rahbarlari ishtirokidagi seminarda dala chetlaridagi yer maydonlaridan unumli foydalanish maqsadida oshqovoq, qovun, tarvuz, sabzavot ekinlari ekilishi boʻyicha fikr almashildi.

🔘Bekobod tumani. Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari X.Niyazov boshchiligida tuman sektor rahbarlari, qishloq xoʻjaligi mutasaddilari klaster va fermer xoʻjaligi rahbarlariga amaliy seminar tashkil etildi.

🔘Oʻrta Chirchiq tumani. Jurnalist va blogerlar ishtirokida “Qulupnay sayli” oʻtkazildi.

🔘Ohangaron tumani. Hududda tomchilatib sugʻorishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Natijada gʻalla ekilgan yer maydonining gektariga 50 sentnerdan hosil olinishi kutilmoqda.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
#Chinoz_tumani

Xotira aziz, Qadr muqaddas

Chinoz tumani 1-son kasb-xunar maktabi rahbariyati tomonidan 9 - may "Xotira va qadrlash" kuni munosabati bilan front orti mexnat faxriysi, 101 yoshli otaxon Narziqul bobo Bo‘riboyev xonadonida bo‘ldik. Bobo va uning turmush o‘rtog‘i T.Bo‘riboyevalar  bilan bo‘lgan suxbatimiz  urush ortidashi og‘ir kunlar xaqida kechdi. Nuroniy otaxon va onaxon bugungi kunimizga shukronalar keltirib, har tong duoda ekanliklarini aytishdi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.