Chinoz tumani hokimligi
2.84K subscribers
22.3K photos
2.71K videos
24 files
6.14K links
Chinoz tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.

Kanal Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati tomonidan yuritiladi.
Savol va murojaatlar uchun: @chinoztumanihokimligibot
Download Telegram
#Toshkent viloyati
#Chinoz tumani
#Muqaddasdir vatan bayrog‘i

🇺🇿 Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Chinoz tumani bo‘linmasi hamda umumta'lim maktablaridagi ijodiy madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilar bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan "Muqaddasdir vatan bayrog‘i" shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿 Bayram dasturi ko‘tarinki kayfiyatda boshlanib, tadbir oldidan tumanimiz fuqarolariga va tadbirga tashrif buyurgan mexmonlarga sharaf lentalari taqildi.
Tadbirni tuman hokimi o‘rinbosari N. Qoraboeva ochib berdi va barchani bugungi shodiyona kun bilan qutlab qoldilar. Shuningdek yozuvchilar uyushmasi a'zosi A.Raximov ham so‘zga chiqib bayrog‘imiz ta'rifi va tarixi xaqida ma‘lumotlar berib o‘tdi.

🇺🇿 Shundan so‘ng bayramning badiy qismida o‘quvchilar tomonidan vatanni matx etuvchi kuy hamda qo‘shiqlarga navbat berildi.
O‘quvchilarning shijoati, yurtga bo‘lgan mehr -muhabbatini ko‘rib insonning ko‘zlari quvnaydi va ertamiz kelajagiga yanada ishonch ortadi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💪Юқори сифат - қулай нарх

🔐Мол-мулкингиз дахлсизлигини истасангиз Қўриқлаш бош бошқармаси хизматларидан фойдаланинг!
(Тошкент вилояти)
— — — —
💪Высокое качество – доступная цена

🔐Если вы желаете, чтобы ваше имущество было неприкосновенным, воспользуйтесь услугами Главного управления охраны!
(Ташкентская область)
——————
🌍web_siteFacebook📸InstagramTelegram📹You tubeTwitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
CHINOZ TUMANI_DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI_18.11.2022
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Шавкат Мирзиёев Францияга ташриф буюрди — видео

Давлат раҳбарини "Париж-Орли" аэропортида Франция юқори мартабали расмий шахслар кутиб олди.

https://t.iss.one/AOKBToshvil
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ҳомиджон домла Ишматбеков: Уламолар Кенгаши баёноти барчани фаолликка чақиради

https://t.iss.one/AOKBToshvil
#Chinoz_tumani
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Chinoz tumani "Amir Temur" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Markaz 2-tor ko‘chasining yo‘llari ta‘mir talabligi to‘g‘risida murojaat qilingan.                                          

Murojaatga asosan tumandagi 2-sektor ma‘sul xodimlari masalani joyiga chiqgan holda o‘rganildi. Murojaat yuzasidan hozirda Markaz 2-tor ko‘chasining yo‘llari to‘liq shag‘al bilan qoplanib, maxsus texnika bilan tekislash ishlari olib borilayotganligini ma‘lum qilamiz.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chinoz_tumani
#Keksalar_turizm_oyligi

Chinoz tumanida joylashgan harbiy qismda "Keksalar turizm oyligi" doirasida "Uch avlod uchrashuvi" maʼnaviy-maʼrifiy tadbiri bo'lib o'tdi.

Tadbirda ayni damda keksalik gashtini surayotgan bir guruh nuroniylar bilan dildan suhbat oʻtkazildi.

Tadbirda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar  jarayonida katta avlod vakillarining ishtiroki hamda "Keksalar turizm oyligi" doirasida nuroniylar  uchun  yurtimiz bo'ylab tashkil etilayotgan  sayohatlar xususida so'z yuritildi.

Yoshlarga keksa avlod vakillari tomonidan yetkazilgan hayotiy oʻgit, pand-nasihatlar albatta, yoshlarimizning ham maʼnan, ham jismonan shakllanishida oʻzining beminnat xizmatini oʻtaydi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Риё ва исрофдан сақланиш динимиз талаби! – Ҳомиджон домла Ишматбеков


Ўзбекистон мусулмонлари идораси Матбуот хизмати

https://t.iss.one/AOKBToshvil
#Chinoz_tumani

Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan o‘rganishlar davom etmoqda.

Avval xabar berilganidek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022 yil 8 noyabrda qabul qilingan KQ-423-IV-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Senat a’zosi G.Marufova Toshkent viloyati Chinoz tumanida xizmat safarida bo‘lib turibdi.
O‘rganish davomida Senat a’zosi Gulnora Marufova, xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati mudiri Asqar Baxramov, xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Elyorjon Saidov, tuman Kengashi deputatlari Yigitali Ro‘zaliyev, Davron Teshabayev, Nigora Muxamadiyeva va mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari bilan birgalikda Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi “Sohibkor”, "Chinmasjid", "Qir", "Xo‘ja", Alisher Navoiy mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘lib, dastur doirasida amalga oshirilishi belgilangan aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash va ichki yo‘llarni qurish borasidagi loyihalar ijrosi bilan tanishdilar va Senat a’zosi Gulnora Marufova mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.