Chinoz tumani hokimligi
2.83K subscribers
22.6K photos
2.74K videos
24 files
6.24K links
Chinoz tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.

Kanal Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati tomonidan yuritiladi.
Savol va murojaatlar uchun: @chinoztumanihokimligibot
Download Telegram
#Chinoz_tumani
#Investitsiya

♻️Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A.Xadjayev
hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi oʻrinbosari B.B.Valiyev rahbarligida xorijiy investitsiyalarni oʻzlashtirilishi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi yuzasidan joriy yilning 11 iyun kuni videoselektor tarzida yigʻilish oʻtkazildi.
♻️Yigʻilishda berilgan topshiriqlar yuzasidan Chinoz tumani hokimining o‘rinbosari investisiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘i M.Miryakubov hamda tuman prokurorining sohaga masʼul yordamchisi A.X.Boymurodov tomonidan tumanda amalga oshirilayotgan "RIGHT PACK" MCHJning qop mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi va "AVRASYA" MCHJ xorijiy korxonasining un mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalari oʻrganildi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Investitsiya

♻️Chinoz tumani hokimining oʻrinbosari investitsiyalar, sanoat va savdo boʻlimi boshligʻi M.Miryakubov Xitoy Xalq Respublikasidan kelgan investorlar bilan uchrashdi.

♻️Uchrashuv davomida Xitoylik investorlarga yangi istiqbolli loyihalar ishlab chiqish uchun tumandagi boʻsh turgan bino inshootlar hamda auksion savdolarida turgan yer maydonlari taklif qilindi.
♻️Shuningdek taklif qilingan obʼyektlar joyiga chiqgan holda Xitoylik sarmoyadorlarga tanishtirildi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.

|Telegram | Web site | Facebook| Instagram
#Chinoz_tumani
#Investitsiya


♻️Chinoz tumani hokimining o‘rinbosari investisiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘i M.Miryakubov
hamda Quyi Chirchiq tumani hokimi A. Xolmuradov bilan birgalikda tumanimizda oʻz faoliyatini boshlagan "Right Pak" zavodi faoliyati bilan tanishishdi.

♻️Hozirgi kunda qop mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasini toʻliq ishga tushirish uchun 110 nafar ishchi xodimlar talab etilishini inobatga olgan xolda tumanimizda ishsiz fuqarolar korxonadagi yaratilgan sharoitlar bilan tanishib oʻzlariga maqbul boʻlgan ish oʻrinlarini tanlashlari uchun taklif etildilar.

♻️Bugungi kunga qadar ushbu korxona taʼsischilari tomonidan "Ramazan GP" MCHJ un va makaron mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi ishlab turgan boʻlib, korxonada 100 nafardan ortiq ishchilar mehnat qilmoqda.
Korxonaning joriy yildagi eksporti 4 mln dollardan oshdi.


Chinoz  tumani hokimligi axborot xizmati
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Investitsiya

Chinoz tumani hokimining oʻrinbosari investitsiyalar, sanoat va savdo boʻlimi boshligʻi M.Miryakubov hamda tuman prokurorining sohaga masʼul yordamchisi A.X.Boymurodov
tomonidan tumanda faoliyat yuritayotgan "Pronto textil group" MCHJning kelgusida rejalashtirilayotgan loyihalari hamda joriy yilning ikkinchi yarmida mahsulotlar eksporti boʻyicha suhbatlashildi.
Mazkur korxona tomonidan yanvar-iyun oylarida 5.0 mln dollardan ortiq textil mahsulotlari eksport qilingan
.

Chinoz  tumani hokimligi axborot xizmati
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Investitsiya

♻️Chinoz tumani hokimining o‘rinbosari investisiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘i M.Miryakubov, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining masʼul xodimi Gʻ.Ibragimov, hamda Toshkent viloyati investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasining vakili Z.Fayzullayevlar "Mirteks" MCHJ tomonidan xorijiy investisiyalarni o‘zlashtirish hisobiga tumanimizda amalga oshirilishi belgilangan mato toʻqish hamda boʻyash sexi tashkil etish loyihasinining tashabbuskorlari bilan uchrashib ularning bugungi kundagi muammolari o‘rganildi.

♻️O‘rganish davomida aniqlangan muammo va takliflar amaliy koʻmak berishlari uchun tegishliligi bo‘yicha korxona va tashkioltlarga yo‘naltirildi.

♻️Maʼlumot oʻrnida ushbu korxona joriy yilning 1-yarim yilligida umumiy qiymati 1,1 mln.dollarlik xorijiy investitsiyalarni oʻzlashtirgan.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Investitsiya

📌Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixov, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmita raisi Iqboljon Ergashev va tuman hokimining oʻrinbosarlari ishtirokida, Xitoyning "Seres Textiles Company" Ltd va "Baise Huanong Ruize Sericulture Co" Ltd korxonalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazishdi.


♻️Mazkur uchrashuvda Xitoy xalq Respublikasidan kelgan "Seres Textiles Company" Ltd va "Baise Huanong Ruize Sericulture Co" Ltd korxonalari vakillari bilan pilla yetishtirish, intensiv qurtxonalar qurish hamda pillani qayta ishlash kompleksini tumanimiz hududida qurish masalalari muhokama etildi.

Ushbu loyiha ishga tushishi natijasida 200 ta yangi ish oʻrnilari va 1 million dollar eksport,1.5 million dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Investitsiya

Oʻzbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi tadbirkorlari oʻrtasidagi B2B formatidagi uchrashuvi Chinoz tumanida oʻtkazildi.


Bugun Oʻzbekiston – Xitoy hamkorlik munosabatlari keng koʻlam kasb etib, strategik sheriklik aloqalari yuksak darajaga koʻtarilmoqda. Mamlakatlarimizning milliy manfaatlari, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, jahondagi nufuzi yuksalishiga xizmat qiladigan bu aloqalar oʻzaro doʻstlik, mustahkam ishonchga asoslangan hamkorlik negizida taraqqiy etmoqda.

BATAFSIL

Chinoz  tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
Президент Шавкат Мирзиёев маиший чиқиндиларни қайта ишлаш, улардан электр энергияси ва маҳсулот ишлаб чиқариш бўйича инвестиция лойиҳаларининг тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией инвестиционных проектов по переработке бытовых отходов, производству электроэнергии и продукции из них.

#Mirziyoyev #taqdimot #ekologiya #investitsiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Chinoz_tumani
#Investitsiya

📌Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixov, Turkiyaning "INTERNOVA GROP" hamda "HRL INFINITY" LTD kompaniyalarining tasischilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Mazkur uchrashuvda xorijiy investitsiyalarni jalb etish, ish oʻrinlarini yaratish, chorvachilik, bogʻdorchilik sohalarini rivojlantirish masalasi muhokama qilindi.

Loyihaning umumiy qiymati 2,5 mlrd dollarni tashkil etadi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Investitsiya

📌Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixov Xitoy Xalq Respublikasidan tashrif buyurgan ishbilarmonlar bilan uchrashuv oʻtkazdi.

♦️Ushbu uchrashuvning maqsadi tumanga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va yangi investitsiya loyihalarini muhokama qilish edi.

♦️Muhokama qilingan loyihaning umumiy qiymati 10 million dollarni tashkil etib, ushbu loyiha doirasida 200 ta yangi ish oʻrinlarni yaratish rejalashtirilgan. Bu loyiha nafaqat iqtisodiy oʻsishga, balki aholini ish bilan taʼminlash imkoniyatlarini beradi.

Xorijiy investorlar bilan olib borilgan muzokaralar va kelishuvlar Chinoz tumanining iqtisodiy salohiyatini yanada rivojlantirishga, yangi texnologiyalarni kiritishga va tuman aholisi uchun ish oʻrinlarni yaratishga qaratilgan.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Investitsiya

📌Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixov Xitoy Xalq Respublikasidan tashrif buyurgan ishbilarmonlar bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvning maqsadi tumanga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va yangi investitsiya loyihalarini muhokama qilish edi.


🔷Muhokama qilingan loyiha umumiy qiymati 10 million dollarni tashkil etadi va ushbu loyiha doirasida 200 ta yangi ish oʻrni yaratish rejalashtirilgan. Bu loyiha nafaqat iqtisodiy oʻsishni ta'minlash, balki aholini ish bilan taʼminlash imkoniyatlarini yaratishga yordam beradi.

🔷Xorijiy investorlar bilan olib borilgan muzokaralar va kelishuvlar Chinoz tumanining iqtisodiy salohiyatini yanada rivojlantirishga, yangi texnologiyalarni joriy etishga va tuman aholisi uchun yangi ish oʻrinlarini yaratishga qaratilgan.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Investitsiya

📌Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixov Xitoy Xalq Respublikasidan kelgan tadbirkorlar bilan uchrashuvda, ularning 4,5 million dollar qiymatga ega "Beton yigʻma uylar qurish" loyihasi bilan yaqindan tanishdi.


Ushbu loyiha tumanimizda uy-joy qurilishini rivojlantirish va aholiga zamonaviy yashash sharoitlarini yaratish maqsadida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Loyiha natijasida beton konstruksiyalardan foydalanish orqali tez va samarali uylar qurish imkonini berishi kutilmoqda. Bu loyiha, shubhasiz, Chinoz tumanidagi ijtimoiy va iqtisodiy holatni yaxshilashga hissa qoʻshishi mumkin.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Investitsiya

📌Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixov
Xitoy Xalq Respublikasidan kelgan tadbirkorlar bilan uchrashuvda, ularning 4.0 million dollar qiymatga ega "Isitish radiatorlari"ni ishlab chiqarish loyihasi bilan yaqindan tanishdi.

Ushbu loyiha, ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash, tumanimizda yangi ish o‘rinlarini yaratish va iqtisodiy o‘sishga hissa qo‘shish imkoniyatlarini ham ochadi.

Tumani hokimi va tadbirkorlar o‘rtasida samarali muzokaralar o‘tkazilib, ushbu loyiha uchun zarur bo‘lgan resurslar, infratuzilma va
investitsiya masalalari muhokama qilindi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Investitsiya

Chinoz tumanida ipakchilik rivoji: Xitoylik investorlar bilan hamkorlik


📌Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixov Xitoy Xalq Respublikasidan kelgan "JINGZE INTERNATIONAL SILK" MCHJ xorijiy korxonasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi.


♦️Uchrashuvda yengil konstruksiyali qurtxona qurilishi ishlarining borishi va pilla boqish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish masalalari muhokama qilindi.

♦️Tuman hokimi uchrashuv davomida "JINGZE INTERNATIONAL SILK" MCHJ vakillari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihaning ahamiyati muhimligini taʼkidladi.

👉BATAFSIL

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Investitsiya

Chinoz tumanida yirik sanoat korxonasi faoliyati oʻrganildi


📌Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixov, tuman prokurori Gʻ.Abdusalomov hamda IIB boshligʻi O.Gʻanibekov tumandagi yirik korxonalardan biri – "PRONTO TEXTILE" MCHJ faoliyati bilan tanishishdi.


♦️Chinoz tumani hokimi, tuman prokurori va IIB boshligʻi korxonaning ishlab chiqarish jarayoni, erishilgan natijalar va mavjud muammolar haqida batafsil maʼlumotga ega boʻldilar. Shu bilan birga, joriy yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar ham muhokama qilindi.


👉BATAFSIL

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Investitsiya

Chinoz tumani hokimi oʻrinbosari M.Miryakubov hamda tuman prokurorining katta yordamchisi A.Boymurodovlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining 2025 yilga moʻljallangan
investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 53-sonli qarori ijrosi yuzasidan tumanda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarida amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrgandilar.

Oʻrganishlar davomida loyihalarning belgilangan muddatlarda va sifatli bajarilishi, mavjud muammolarning sabablari va ularni bartaraf etish choralari koʻrildi.
Investitsiya loyihalarining oʻz vaqtida amalga oshirilishi tumanimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga muhim hissa qoʻshadi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Investitsiya

Chinozda zamonaviy pillachilik majmuasi bunyod etilmoqda!


Bosh vazir oʻrinbosari Zulayho Mahkamova, Ipakchilik qoʻmitasi raisi Iqboljon Ergashev va Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixov tumanda Xitoylik investorlar bilan hamkorlikda barpo etilayotgan zamonaviy pillachilik majmuasi qurilishini koʻzdan kechirishdi.


Ushbu yirik loyiha ishga tushirilishi bilan 260 nafar chinozlik ish bilan taʼminlanadi. Majmua yiliga 25 tonna yuqori sifatli pilla hosilini qayta ishlash quvvatiga ega boʻladi.

Zulayho Mahkamova loyihaning ahamiyatini taʼkidlab, uni tez va sifatli yakunlash boʻyicha masʼullarga topshiriqlar berdi.

Yangi majmua Chinoz tumanining iqtisodiy salohiyatini oshirish va ipakchilik anʼanalarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.


Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram
#Chinoz_tumani
#Investitsiya

📌Chinozda ipakchilik rivoji yangi bosqichda: Vazir Ibrohim Abdurahmonov hamda Chinoz tumani hokim Sherzod Salixov ishtirokida yirik loyiha taqdimoti!


♦️Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Toshkent viloyatiga tashrifi davomida Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixov hamrohligida Chinoz massivida barpo etiladigan tut plantatsiyasi va ipakchilik majmuasi loyihasi bilan tanishdi.

👉BATAFSIL

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Investitsiya

Tuman hokimi "PRONTO TEXTILE" MCHJ rahbari bilan istiqbolli loyihalarni muhokama qildi.

Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixov tumandagi yirik sanoat korxonalaridan biri - "PRONTO TEXTILE" MCHJ qoʻshma korxonasi rahbari Dursun Nurullah bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida korxonaning 2025 yil 1-choragi yakunlari boʻyicha kutilayotgan natijalar, shuningdek, 2-chorakda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar muhokama qilindi va fikr almashildi. Bundan tashqari, joriy yilda amalga oshirilishi koʻzda tutilgan loyihalar ham koʻrib chiqildi.

Maʼlumot uchun: "PRONTO TEXTILE" MCHJ da hozirda 1000 dan ortiq ishchi mehnat qilmoqda. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning aksariyati eksportga yoʻnaltirilgan boʻlib, bu mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojiga ijobiy taʼsir koʻrsatmoqda.

Chinoz tuman hokimligi Axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Investitsiya

Chinoz Malayziyaning “Meraque Group” kompaniyasi bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlamoqda

O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o’rinbosari J.Xodjaev tomonidan tasdiqlangan tashrif dasturiga muvofiq, Malayziyaning “Meraque Group Snd Bhd” kompaniyasi Bosh ijrochi direktori Rozali Ismail, Qishloq xo’jaligi Vazirligi mas’uli Saida’lo Saidnabiev boshchiligida 23-aprel kuni Chinoz tumaniga tashrif buyurdi.


Tuman hokimi Sherzod Salixov Malayziyaning “Meraque Group Snd Bhd” kompaniyasi Bosh ijrochi direktori Rozali Ismailni qabul qilib, o’zaro manfaatli mulohazalar almashildi. Uchrashuvda Malayziya davlati tadbirkorlari hamda tumandagi tadbirkorlar bilan iqtisodiy aloqalarni o’rnatish ikki tomon uchun ham foydali bo’lishi ta’kidlandi.

👉BATAFSIL

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|