Chinoz tumani hokimligi
2.1K subscribers
18.3K photos
2.19K videos
22 files
4.87K links
Chinoz тумани ҳокимлиги – ҳудудий давлат бошқарув органи.

Канал Chinoz тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати томонидан юритилади.
Савол ва мурожаатлар учун: @chinoztumanihokimligibot
Download Telegram
#Chinoz_tumani

Soʻngi vaqtlarda aholining yaxshi yashashi uchun qulay sharoitlar yaratish hamda ularning oilaviy daromadini oshirish va ishsiz fuqarolarning bandligini taʼminlash islohotlarimizning ustuvor mezoniga aylanmoqda. Ayni bu borada Toshkent viloyatining Chinoz tumanida ham salmoqli ishlar qilinmoqda.Jumladan, tuman hokimi boshchiligidagi ishchi guruh aʼzolari tomonidan ishsiz yoshlar bandligini taʼminlash va ularni tadbirkorlikka jalb etish maqsadida viloyatdagi turli tashkilot va korxonalar bilan bu borada  hamkorlik yoʻlga qoʻyildi.
2023 yilning 3 noyabr kuni ishsiz fuqarolarni doimiy ish bilan taʼminlash maqsadida "Ishga taklif qilamiz" tadbiri oʼtkazildi.
Unda viloyatdagi "ENTER Engineering PTE. LTD " tashkilotining masʼul xodimlari hozirgi kunda Olmaliq Misni boyitish fabrikasida qurilish ishlarini olib borish uchun 8 mingdan ortiq boʼsh ish oʼrinlari mavjudligini taʼkidladi.Shuningdek, quruvchi, chilangar, duradgorlarga talab yuqoriligi hamda korxonada ishchilar uchun barcha sharoitlar borligi toʼgʼrisida maʼlumotlar berildi.
Tadbir yakunida sohalar boʼyicha malakali, oʼz kasbining ustasi boʼlgan tajribali 34 nafar fuqarolar ushbu korxonada ishlash istagini bildirdilar, 18 nafar fuqarolarga ishga joylashish uchun mehnat qonunchiligi boʼyicha maslahatlar berildi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bosh sahifa | Бош саҳифа

“Toshkent suv taʼminoti” masʼuliyati cheklangan jamiyati abonentlar bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Abror Abdulazizov ishtirokida BRIFING tashkil etildi.

✔️Toshkent viloyatidagi mavjud 10 648 ta ulgurji va budjet tashkilotlariga ichimlik suvi yetkazib beriladi.

✔️ Aqilli suv hisoblagichlar o‘rnatmagan yuridik iste’molchilarga o‘rtacha 2234 kub metr – 5721 kub metrgacha (17 600 000–45 200 000 so‘mgacha)hisob-kitob amalga oshiriladi.

✔️ 1-noyabr holatiga ko‘ra 500 ga yaqin ulgurji va budjet tashkilotlari masofadan ma’lumot uzatuvchi (aqilli) suv hisoblagichlaridan foydalanib kelinmoqda.

☑️ 2023-yil avgust oyining 20-sanasidan e’tiboran Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining Qaroriga muvofiq, 1 kub metr suv narxi 7890 so‘m 1 kub metr oqova narxi 2122 so‘m belgilangan.

🎥 youtubeda lavhani ko‘rish

🌐 toshkentvil.uzsuv.uz

🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bosh sahifa | Бош саҳифа | Главная страница


🚰📌"Toshkent suv taʼminoti" MCHJ va viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan yosh avlod ongida suv iste'moli madaniyatini yanada rivojlantirish hamda ichimlik suvidan oqilona foydalanishni targ‘ib qilish maqsadida viloyatdagi ta’lim muassasalarida ochiq darslar tashkil etilmoqda.

📝📚Shulardan biri "Toshkent suv ta’minoti" MChJ mutaxassislari ishtirokida Chinoz tumanining 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi.

🌐 toshkentvil.uzsuv.uz

🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat
#Chinoz_tumani
#Eng namunali yoshlar yetakchisi

Yetakchilar ongi, qalbida vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish ularda vatanparvarlik hamda yurt taqdiriga daxldorlik xislarini kuchaytirish, sog'lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan "Yilning eng na'munali mahalla yoshlar yetakchisi" ko'rik tanlovining bugun Chinoz tuman bosqichi bo'lib o'tdi.

Tanlovda yoshlar yetakchilari tomonidan 10 ta yo'nalish bo'yicha shu kunga qadar amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma'lumotlar, albom va videoroliklar namoyish qilindi.

Tanlov natijalariga ko'ra g'olib deb topilgan mahalla "Yoshlar yetakchilari" tanlovning keyingi hududiy bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdilar.

O'tkazilayotgan ushbu tanlov yoshlar yetakchilarini intellektual va professional salohiyatini oshirish, tashabbuskorlik va yetakchilik fazilatlarini rivojlantirish, hamda  iste'dodli yosh kadrlarni rahbar lavozimlariga tayinlash uchun xizmat qiladi.
#Chinoz_MMTB
#“Ustoz ta'lim bunyodkori” mavzusida o'qituvchilar qurultoyi bo‘lib o‘tmoqda

Chinoz tumani 9-umumta'lim maktabida ayni vaqtda tumandagi barcha maktablarning "Boshlang'ich ta'lim", "Ona tili va adabiyot", "Tabiy fanlar", "Aniq fanlar" metod birlashma raxbarlar ishtirokida semenar bo'lib o'tmoqda.

📍Yetakchi trener va soha mutaxassislari ishtirokida tashkil etilayotgan mazkur seminarda maktabgacha va maktab ta’limi tizimida olib borilayotgan keng islohotlar mazmun-mohiyati, yangi o‘quv yili uchun ishlab chiqilgan o‘quv reja hamda tajriba-sinov maktablarida tanlov fanlarining samarali joriy etilishiga doir muhim masalalar muhokama etilmoqda.

❗️Shuningdek, maktab darsliklaridagi o‘zgarishlar, o‘quvchilarni zamonaviy texnologiyalar yordamida o‘qitish, ijodiy va tanqidiy fikrlash, ta’lim sifatini yanada oshirishning ustuvor yo‘nalishlariga doir tahliliy ma’lumotlar ishtirokchilar o‘rtasida qizg‘in muhokama etilmoqda.

Chinoz tumani MMTB rasmiy kanali
👇👇👇
https://t.iss.one/Chinoz_maktabgacha_va_maktab