Chinoz tumani hokimligi
2.11K subscribers
18.1K photos
2.17K videos
22 files
4.8K links
Chinoz тумани ҳокимлиги – ҳудудий давлат бошқарув органи.

Канал Chinoz тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати томонидан юритилади.
Савол ва мурожаатлар учун: @chinoztumanihokimligibot
Download Telegram
Chinoz tumani ixtisoslashtirilgan maktabida fizika fani ustozi tajribali Zafar Zayniddinovich boshchiligida Nyuton teleskopi orqali osmon jismlarini kuzatish amaliyoti o'tkazildi. Ochiq maydonda o'tkazilgan bu qo'shimcha mashg'ulot erta tongdan barcha o'quvchilarda katta qiziqish uyg'otdi. Nazariy bilimlarini amaliyotda qo'llab katta taassurot olishdi. Fizika va Astranomiya fanlariga bo'lgan qiziqish yanada ortdi. Fan ustoziga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz va ularni tajribali, bilimli shogirdlarni tayyorlab chiqarishiga ishonamiz!

Bizni kuzatishda davom eting;
https://t.iss.one/Chinoz_im_piima
🔥"Yong'indan ogohlik" umummilliy kompaniyasida profilaktik tadbirlar davom etmoqda
 
🌨Kuz-qish mavsumi yaqinlashishi bilan ob-havo haroratining pasayishi kuzatiladi. Albatta, bunday vaqtda aholining elektr va boshqa turli xildagi isitish moslamalaridan foydalanishga bo‘lgan ehtiyoji ortadi.
⚡️Mavsumni betalofat o‘tkazish maqsadida, Chinoz tumani FVB, IIB. MG va mahalla faollari bilan hamkorlikda "Dehqonobod" MFYda yashovchi fuqarolar bilan profilaktik tadbirlar o‘tkazilildi.
📝Tadbir doirasida aholi yashash xonadonlarida fuqarolar bilan nosoz yoki qoʻlbola usulida yasalgan gaz va elektr isitish moslamalaridan to'g'ri foydalanish bo'yicha kerakli tavsiyalar berilib, yong'in sodir bo'lgan vaqtda "101" va "1050" qisqa raqamlariga qo'ng'iroq qilish bo‘yicha tushunchalar berilib, eslatmalar tarqatilmoqda.

Chinoz tumani hokimligi Axborot xizmati.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
CHINOZ TUMANI_YANGI O‘ZBEKISTON MAKTAB OSTONASIDAN BOSHLANADI_04.09.2023
📝Profilaktika

📆Toshkent viloyati hokimining 2023-yil 31-avgust kunidagi “O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yong'inlar profilaktikasi samaradorligini oshirish va yong'in xavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaroriga muvofiq “Yong'indan ogohlik” umummilliy kompaniyasini amalga oshirish bo'yicha chora-tadbirlar rejasi”da belgilangan vazifa va topshiriqlarning ijrosini ta'minlash, ijtimoiy soha obyektlari hamda aholi turar joylarida sodir bo'lishi mumkin bo'lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong'in xavfsizligini ta'minlash maqsadida, tuman FVB, IIB, MG va mahalla faollari bilan hamkorlikda keng ko'lamli profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

⚡️Profilaktik tadbirlar Ochamayli MFY hududidagi xonadonlarda yashovchi fuqarolar bilan, shu hududdagi 10-sonli DMTT ishchi xodimlari bilan hamda 7 va 21-sonli maktablarning o'qituvchi va o'quvchi yoshlar bilan tushuntirish ishlari olib borildi.

Chinoz tumani hokimligi Axborot xizmati.
#E’lon
DEPUTATLAR DIQQATIGA

Oltinchi chaqiriq xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi oltmish to‘qqizinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq.
1. Oltinchi chaqiriq xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi oltmish to‘qqizinchi sessiyasi 2023-yil 13-sentyabr (chorshanba) kuni soat 15:00 da Chinoz tumani hokimligi katta majlislar zaliga chaqirilsin.
2. Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi oltmish to‘qqizinchi sessiyasi kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilsin:
- Chinoz tumanida maishiy chiqindilarni olib ketish xizmati faoliyati bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlar tomonidan 8 oy davomida olib borgan ishlar natijadorligi to‘g‘risida;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-avgustdagi PQ-341-son qarorining ijrosi yuzasidan Chinoz tumanida aholining ichimlik suvi va oqova suv bilan ta’minlash darajasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida;
- Chinoz tumanida yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash borasida joriy yilning yanvar-sentabr oylarida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
- Chinoz tumanida energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida;
- boshqa masalalar.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.