Chinoz tumani hokimligi
2.91K subscribers
19.9K photos
2.49K videos
22 files
5.46K links
Chinoz tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.

Kanal Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati tomonidan yuritiladi.
Savol va murojaatlar uchun: @chinoztumanihokimligibot
Download Telegram
#Kun_tartibi

Chinoz tumani markazi katta o‘zgarishlar arafasida

Bugun Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Chinoz tumanida bo‘lib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, xususan, infratuzilmani yaxshilash borasida aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgan holatlarni tegishli mutasaddilar ishtirokida muhokama qildi.

Bu yerda yillar davomida e’tibordan chetda qolib ketgan muammolar to‘planib qolgan. Jumladan, o‘sib borayotgan mashinalar qatnovi hisobga olingan holda ko‘chalar kengaytirilmagan, yo‘l yoqalariga o‘zboshimchalik bilan qurib olingan savdo nuqtalari transportlar oqimiga xalal beryapti, markaz piyodalar uchun xatarli holatga kelib qolgan, xiyobon ham alohida obodonlashtirishga muhtoj.

Zoyir Mirzayev Chinoz markazini piyoda aylanib, bu hududlar qiyofasini tubdan o‘zgartirish, insonlar xotirjam yurishi, dam olishi, sayrga chiqishi, bozor-o‘char qilishi uchun qulay maskanga aylantirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriq berdi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chinoz_tumani

Chinoz tumani: Bozor hududini tartibga keltirish ishlari olib borilmoqda

📌Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixov boshchiligida sektor rahbarlari va mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida "Chinoz Dehqon bozori" hududini tartibga keltirish ishlari olib borilmoqda.

🔷Xususan, bozor hududida noqonuniy oʻrnatilgan reklama qurilmalari, ruxsatsiz qurilgan savdo rastalari bartaraf etilmoqda. Bundan tashqari, bozor hududida sanitariya va epidemiologik holatni yaxshilash maqsadida tegishli soha vakillari bilan hamkorlikda chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

🔷Ushbu tadbirlar bozor va unga tutash hududlarni obodonlashtirish, aholiga qulay sharoitlar yaratish va tadbirkorlik faoliyati uchun teng imkoniyatlar yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.Tuman hokimligi bozor hududida tartibni saqlash va sanitariya talablariga rioya qilinishini taʼminlash boʻyicha ishlarni davom ettiradi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chinoz_tumani

📌Chinoz markazi yangilanmoqda: "Chinoz dehqon bozori" va tuman markazida keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari

🔹Chinoz tumanida aholiga qulaylik yaratish, tadbirkorlik muhitini yaxshilash va hududning qiyofasini tubdan oʻzgartirish maqsadida keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

🔹Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixov va sektor rahbarlari bilan birgalikda "Chinoz dehqon bozori" va "Buyum bozori" hamda tuman hududidan oʻtuvchi markaziy Samarqand koʻchasida noqonuniy savdo rastalari va reklama qurilmalarini bartaraf etish, piyodalar yoʻlaklarini yaxshilash hamda obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

👉BATAFSIL

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chinoz_tumani
#Jarayon

Tuman markazi yangilanmoqda...

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Taʼlim

📌Chinozda Al-Xorazmiy nomidagi olimpiadaning 2-tuman bosqichi boʻlib oʻtdi

📚Chinoz tumanida 11-fevral kuni umumiy oʻrta taʼlim muassasalari, jumladan, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan, davlat va nodavlat umumtaʼlim maktablarining 7-8-sinf oʻquvchilari oʻrtasida Al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar (science) olimpiadasining 2-tuman (shahar) bosqichi boʻlib oʻtdi.

📚Olimpiadaning dastlabki kunida aniq fanlar yoʻnalishida test sinovlari oʻtkazildi va 13-maktab mezbonlik qildi. Tadbir shaffof va adolatli nazorat ostida oʻtdi.

Olimpiada natijalari tez orada eʼlon qilinadi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|