Chinoz tumani hokimligi
2.11K subscribers
18K photos
2.16K videos
22 files
4.78K links
Chinoz тумани ҳокимлиги – ҳудудий давлат бошқарув органи.

Канал Chinoz тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати томонидан юритилади.
Савол ва мурожаатлар учун: @chinoztumanihokimligibot
Download Telegram
#Chinoz_tumani

DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI

2024-yil 23-oktabr kuni soat 11-00 da Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi, Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya bo‘yicha doimiy komissiyalarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Qoʻshma majlisda kun tartibidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Majlis kun tartibidagi masalalar muhokamasida deputatlar D.Teshaboyev, O.Dadajonovlar o‘zlarining savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar. Doimiy komissiya raislari tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalarni inobatga olib, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish to‘g‘risida tegishli qarorlar qabul qilindi.


Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев амалий ташриф билан Қозон шаҳрига келди. Аэропортда давлатимиз раҳбарини Татаристон Республикаси Раиси Рустам Минниханов ва бошқа расмий шахслар кутиб олди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев прибыл с рабочим визитом в город Казань. В аэропорту главу нашего государства встретили Раис Республики Татарстан Рустам Минниханов и другие официальные лица.

#Mirziyoyev #tashrif #Rossiya #sammit

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Audio
🟦🟦🟦

Chorshanba - investitsiya, eksport masalalarini oʻrganish va sanoat zonalarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish kuni.


⏺️Quyi Chirchiq tumani. Tuman “Ibrat” MFY hududida Xitoyning “Yangling Jinhai Biotechnology Co., Ltd.” kompaniyasi vakillari tumandar bir qator investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun masʼullar bilan muloqot oʻtkazdi.

⏺️Bekobod tumani. Joriy yilda yurtimizda ilk bor Xitoy texnologiyasi va investitsiyasi hisobiga gʻoʻza navlari parvarish qilinib, hosilga kirdi. Hosil natijalar mutaxassislar tomonidan sarhisob qilindi.

⏺️Chinoz tumani. Tuman hokimi Sherzod Salixov Turkiyaning “INTERNOVA GROP” hamda “HRL INFINITY” LTD kompaniyalari taʼsischilari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Unda qator loyihalar borasida dastlabki kelishuvlarga erishildi.

⏺️Yangiyoʻl tumani. Tumanda baliqchilik sohasida yangi investitsion loyihalar amalga oshirilmoqda.

⏺️Zangiota tumani. Tuman hokimi Erkin Rustamov xitoylik investorlar bilan oʻtkazgan uchrashuvida hududda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish, logistika va omborxona markazining tashkiliy loyihasi muhokama qilindi.


📹 DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH