Chinoz tumani hokimligi
2.09K subscribers
18.3K photos
2.19K videos
22 files
4.86K links
Chinoz тумани ҳокимлиги – ҳудудий давлат бошқарув органи.

Канал Chinoz тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати томонидан юритилади.
Савол ва мурожаатлар учун: @chinoztumanihokimligibot
Download Telegram
Toshkent viloyati Chinoz tumani hokimi
QARORI

2024-yil 17-oktabr
Chinoz tumani hokimligi

Oltinchi chaqiriq xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi toʻqson beshinchi sessiyasini chaqirish toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi "Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida"gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq

QAROR QILAMAN:

1. Oltinchi chaqiriq xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi toʻqson beshinchi sessiyasi
2024-yil 24-oktabr (payshanba) kuni soat 16:00 da Chinoz tumani hokimligi katta majlislar zaliga chaqirilsin.

2. Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining toʻqson beshinchi sessiyasi kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilsin:

- Chinoz tumanida yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholi bandligini taʼminlash borasida joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida;

- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi Xalq qabulxonasi mudirining Chinoz tumanidagi sektorlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning 2024-yilning 3-choragi yakuni boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati haqidagi axboroti toʻgʻrisida;

- Chinoz tumanidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qoʻllash amaliyotining holati toʻgʻrisida Chinoz tumani Adliya boʻlimi tomonidan 2024-yilning 3-choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman Adliya boʻlimi boshligʻining axboroti haqida;

- Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Chinoz tumani boʻlimi tomonidan Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmasining 2024-yil 3-chorak daromadlari va xarajatlari ijrosi boʻyicha bajarilgan ishlari toʻgʻrisida;

- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil
5-yanvardagi "Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-5-son Qarorining Chinoz tumanidagi ijrosi toʻgʻrisida;

- boshqa masalalar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from E-auksion_Toshkent_viloyat (🇺🇿)
"E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan 4200 dan ortiq Dehqon xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalarini sotib oling!


🔹Dehqon xo'jaligi yuritish uchun yer uchastkalari 671 ta (Ko'rish)

🔹Dehqon xo'jaliklari tomonidan qishloq xo'jaligi kooperativini tashkil etish uchun 822 ta (Ko'rish)

🔹Yoshlarga dehqon xo'jaligini yuritish uchun yer uchastkalari 2741 ta (Ko'rish)

☎️: 99 207-26-10
☎️: 99 207-36-10

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Maxsus_dayjest

Ayni kunlarda viloyatning barcha hududlarda turli maqsadlarda xorijga chiqib ketgan migrantlarni qaytarish, yuqori daromadli ish bilan taʼminlash choralari koʻrilmoqda. Qisqa satrlarimizda bu borada qilinayotgan ishlar bilan tanishamiz.

Oqqoʻrgʻon tumani. Toʻra Bobolov boshchiligida tuman masʼullari har kuni xorijdagi migrantlar bilan muloqotlar uyushtirmoqda.

Toshkent tumani. 4 soat davom etgan muloqotda koʻplab xorijdagi yoshlarning taklif va muammolari tinglandi.

Parkent tumani. 1000 dollardan kam daromad topayotgan migrantlarni tumanga qaytarish choralari koʻrilmoqda.

Angren shahar. Rossiya Federatsiyasidagi angrenlik yoshlar bilan oʻtkazilgan onlayn muloqotda ularni qiynayotgan muammolariga yechim izlandi.

Bekobod shahar. Hududdagi 1 910 nafar ishlash maqsadida chet davlatlarga ketgan fuqarolarning daromadi oʻrganilayapti.

Chinoz tumani. Alisher Navoiy va “Xoʻja” MFY da yashovchi 20 ga yaqin migratsiyadagi fuqarolarni oʻz uylariga qaytarish, shuningdek, oilaviy tadbirkorliklarini boshlashlariga imkon yaratilmoqda.

Yuqori Chirchiq tumani. Migrantlar bilan muloqotlar davom etmoqda. Ularga tumandagi boʻsh ish oʻrinlari va yuqori oylik maoshi toʻlanadigan korxonalar taklifi berilmoqda.

Nurafshon shahri. Masʼullar xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyati bilan shugʻullanayotgan fuqarolar bilan xonadonma - xonadon yurib, yaqinlari orqali muloqotlar olib bormoqda.

Piskent tumani. Har kuni o`tkazilayotgan muloqotlarda mehnat migratsiyasida yurgan fuqarolarning takliflari, murojaat va muammolari tinglanmoqda.

Qibray tumani. Muloqotlar mahallalar kesimida kunlik tashkil etilmoqda. Muammolarini hal etish borasida yo'l xaritasi ishlab chiqildi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM