Chinoz tumani hokimligi
2.25K subscribers
18.5K photos
2.21K videos
22 files
4.95K links
Chinoz тумани ҳокимлиги – ҳудудий давлат бошқарув органи.

Канал Chinoz тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати томонидан юритилади.
Савол ва мурожаатлар учун: @chinoztumanihokimligibot
Download Telegram
#Chinoz_tumani
#Targʻibot

"Ayol qismati" badiiy filmi namoyishi oʻtkazildi


Chinoz tumani hokimligi majlislar zalida "Ayol qismati" filmining namoyishi oʻtkazildi. Kino taqdimoti tumandagi 55 ta mahalla fuqarolari yigʻinidagi xotin-qizlar faollariga hamda mahallalardagi yoshi ulugʻ onaxonlarimiz uchun oʻtkazildi.

Mazkur film Oʻzbekiston Davlat xavfsizlik xizmati va Mudofaa vazirligi buyurtmasiga asosan Kinematografiya agentligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamkorligida tayyorlangan boʻlib, kinokartinada “Mehr” operatsiyasi doirasida Suriyadan olib chiqilgan ayollardan birining ayanchli taqdiri Sojida timsolida juda taʼsirli tarzda yoritilgan.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Chinoz  tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chinoz_tumani
#Rasmiy_munosadat

Ijtimoiy tarmoqlarda Chinoz tumanida joylashgan qogʻoz zavodidan chiqayotgan chiqindi tuman boʻylab oqizilib yomon hidlar tarqalishi haqida video lavha tarqalgan edi.


Mazkur holat yuzasidan Chinoz tumani hokimligi tomonidan ishchi guruh tuzilib, joyiga chiqib holat oʻrganildi.

🎥 Jarayon Video lavhada.
#Chinoz_tumani
#Seminar

📌Chinoz tumani hokimining oʻrinbosari, oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi V.Mansurova hamda AT Xalq banki xotin-qizlarni tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha boshqaruv raisining oʻrinbosari D.Asomova, tuman xotin qizlar boʻlimi mutasaddi xodimlari bilan hamkorlikda xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, va oila masalalari boʻyicha Respublika komissiyasining kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan majlisi 10-sonli bayonnomasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida seminar oʻtkazildi.

Seminarda xotin-qizlarga AT Xalq banki tomonidan ajratiladigan biznes loyihalar haqida tushuntirishlar berilib, bank tomonidan taklif etiladigan 250 turdagi kreditlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berilgan "Biznes loyihalar" uslubiy qoʻllanmasi topshirildi.


Chinoz  tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘rmon yong‘inlarini oldini olish bo‘yicha muhim tavsiyalar

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
#Chinoz_tumani

♻️Chinoz tumani hokimi SH.Salixovning koʻrsatmasiga asosan "Tilla topgan" mahalla fuqarolari yigʻinida yashovchi fuqaro G.Almatovaning xonadonida taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

Tuman hokimining oʻrinbosari N.Qoraboyeva olib borilayotgan taʼmirlash ishlari bilan yaqindan tanishib quruvchilarga kerakli tavsiyalar berdi.

Chinoz  tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram
#Chinoz_tumani
#Sayyor_qabul

♻️ Aholi muammolarini oʻrganish va tizimli hal etish maqsadida Chinoz tumani hokimining oʻrinbosari Oila va xotin - qizlar boʻlimi boshligʻi V.Mansurova hamda "Yangi mahalla" mahalla fuqarolari yig‘ini xotin-qizlar faoli G.Qodirova ishtirokida fuqarolarning muammolari xonadonbay oʻrganildi.
♻️Oʻtkazilgan suhbatlarda fuqarolarning murojaatlari eshitilib, muammolarini hal etish boʻyicha kerakli maslahatlar berildi hamda uzoq vaqt talab etadigan masalalar tegishli tashkilotlarga amaliy yordam berish uchun yoʻnaltirildi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|