Chinoz tumani hokimligi
2.26K subscribers
18.5K photos
2.22K videos
22 files
4.95K links
Chinoz тумани ҳокимлиги – ҳудудий давлат бошқарув органи.

Канал Chinoz тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати томонидан юритилади.
Савол ва мурожаатлар учун: @chinoztumanihokimligibot
Download Telegram
#Chinoz_tumani
#Sayyor_qabul

♻️ Aholi muammolarini oʻrganish va tizimli hal etish maqsadida Chinoz tumani hokimining oʻrinbosari Oila va xotin - qizlar boʻlimi boshligʻi V.Mansurova, xotin-qizlar ishlari boʻyicha inspektor, podpolkovnik M.Sirojova hamda "Yovvosh" mahalla fuqarolari yig‘ini xodimlari ishtirokida fuqarolarning muammolari xonadonbay oʻrganildi.
♻️Oʻtkazilgan suhbatlarda fuqarolarning murojaatlari eshitilib, muammolarini hal etish boʻyicha kerakli maslahatlar berildi hamda uzoq vaqt talab etadigan masalalar tegishli tashkilotlarga amaliy yordam berish uchun yoʻnaltirildi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
lv_0_20240606222703 (online-audio-converter.com)
<unknown>
🟦🟦🟩🟩

Payshanba - sektor rahbarlarining kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan uchrashadigan va muammolarini hal qilishga e'tibor qaratiladigan kun. Shu jumladan, bu kunda avval xususiylashtirilgan korxonalar faoliyatini oʻrganish, davlat tasarrufidagi obyektlarning auksion savdolariga chiqarilishi, sotilishi va investitsion majburiyatlarning bajarilishi ham oʻrganiladi.


🔘 Piskent tumani. Hokim tumandagi tadbirkorlarning taklif va muammolarini o'rgandi.

🔘 Chinoz tumani. Hokim o‘rinbosari Xitoylik  investorlar bilan uchrashdi.

🔘 Yangiyoʻl shahri. Hokim shaharda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv oʻtkazdi.

🔘 Nurafshon shahri. Xotin-qizlar faollariga "Loyihalar fabrikasi" kitoblari topshirildi.

🔘 Yuqori Chirchiq tumani. Hokim Turkiyaning “Internova Group Ashe”  kompaniyasi direktori bilan uchrashdi.

🔘 Olmaliq shahri. 2-sektor rahbari
tadbirkorlik, imtiyozli kredit, va boshqa masalalardagi fuqarolar muammolarini o'rgandi.

📹 DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
#Chinoz_tumani

⚡️Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixov va Sektor rahbarlari bilan birgalikda tuman hokimligida bugungi kunda dolzarb masalaga aylangan aliment boʻyicha qarzdorliklarni undirish masalasi yuzasidan aholining murojaatlarini oʻrganish va ularga har tomonlama koʻmak berish maqsadida navbatdagi qabul tashkil etishdi.

⚡️Aholi bilan yaqindan muloqot qilish, ularning dardini eshitish, ogʻirini yengil qilish va fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etish, uzoq vaqtdan buyon hal boʻlmay kelayotgan muammolardan charchagan odamlarni tushunish, ularga yordam qoʻlini choʻzish, qalbiga yoʻl topib, rozi qilish aslida qiyin ish emas.

📌Qabulda tuman prokurori Gʻanisher Abdusalamov, tuman IIB boshligʻi Otabek Gʻanibekov, Xalq qabulxonasi mudiri G.Karabayev,majburiy ijro tuman boʻlimi boshligʻi S.O‘rolov va hokim oʻrinbosarlari ishtirok etishdi.

👉BATAFSIL O‘QISH

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#GʻALLA_2024

Chinoz tumani: maqsad — g‘alla o‘rim-yig‘imini yuqori darajada o‘tkazish

🌾Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi "Chinozdon" korxonasida tuman hokimi Sherzod Salixov, sektor rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari, gʻalla oʻrimi otrad aʼzolari, fermer xoʻjaligi va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari ishtirokida gʻalla oʻrimi oldidan ehson dasturxoni yozildi hamda o‘rim-yig‘imga tayyorgarlik ishlariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

🌾Mazkur seminarda tuman hokimi Sh.Salixov va tegishli masʼullar tashkil etilgan otrad aʼzolari tarkibi, bug‘doy o‘rimiga ko‘rilgan tayyorgarliklar, o‘rimga jalb qilinadigan kombaynlarni va don tashish uchun biriktirilgan yuk avtomashinalarini mavsumga shayligini ko‘zdan kechirishdi.

👉BATAFSIL O‘QISH

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani

SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI

♻️Mahallalar uyushmasi "Chinoz tumani boʻlimi boshligʻi SH.Mamajonov hamda "Islomobod" mahalla fuqarolari yigʻinida mahalla xodimlari bilan birgalikda sayyor qabul o‘tkazdi.

♻️Yurtimizda xalq bilan faol va ochiq muloqot olib borish, avvalo inson huquq hamda manfaatlarini ta’minlash orqali xalqimizning farovon, baxtli hayot kechirishi uchun munosib shart-sharoit yaratish hisoblanadi.

♻️ Sayyor qabulda ichki yoʻllarni taʼmirlash, ichimlik suvi, elektr energiyasi hamda tomorqalarni sugʻorish uchun ariqlarda oqava suvning kamligi yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.

Murojaatlarning aksariyati joyida hal etilgan bo‘lib, qolgan murojaatlar ijobiy hal etish uchun tegishli mutasaddi tashkilotlarga biriktirildi.

Chinoz  tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|