Chinoz tumani hokimligi
2.96K subscribers
18.9K photos
2.27K videos
22 files
5.07K links
Chinoz тумани ҳокимлиги – ҳудудий давлат бошқарув органи.

Канал Chinoz тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати томонидан юритилади.
Савол ва мурожаатлар учун: @chinoztumanihokimligibot
Download Telegram
#Chinoz_tumani
#harakat_xavfsizligi_oyligi

⚡️ “Harakat xavfsizligi oyligi” doirasida haydovchilar ogohlikka chaqirilmoqda.

♻️Eslatib o'tamiz Toshkent viloyati hududida yoʻl-transport hodisalarini oldini olish, avtomobil yoʻllarida harakat xavfizligini taʼminlash maqsadida viloyat hokimining 2024-yil 17-may kunidagi tegishli farmoyishi asosida 20-may kunidan 20-iyun kuniga qadar “Harakat xavfsizligi oyligi”  oʻtkazilmoqda.

♻️Shuningdek Chinoz tumani IIB JXX YXXB boshligi podpolkovnik Jur’at Xadjayev
boshchiligida “Harakat xavfsizligi oyligi” doirasida harakat ishtirokchilari koʻp toʻplanuvchi joylarda yoʻlovchilarni tashovchi haydovchilar bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazilmoqda.

Barcha harakat ishtirokchilarini ushbu tadbirda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani

Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashmoq kerak!

➡️ Bugun tuman hokimligida "Jaholatga qarshi maʼrifat" mavzusida kengaytirilgan oʻquv seminari boʻlib oʻtdi.

Unda davlat va jamoat tashkilotlarining vakillari, umumtaʼlim maktablarining oʻqituvchilari ishtirok etishdi.

  Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisining maslahatchisi Ilhom Maʼrupov soʻzga chiqib, mamlakat taraqqiyoti, tinchlik va xotirjamlikni mustahkamlash uchun fikrga qarshi fikr, gʻoyaga qarshi gʻoya, jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish lozimligini taʼkidlab oʻtdi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
📍#Chinoz tumani
📍#Jarayon

📚 Chinoz tumani 14-son bolalar musiqa va sa'nat maktabida tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i D.Isakov maktab direktorlari, MMIBDO' va psixologlar bilan yig'ilish o'tkazildi.

Yig'ilishda Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida 2023-2024 oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha kelishib olindi.


📸Jarayonlar fotolavhalarda

Chinoz tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi rasmiy kanali
👇👇👇

https://t.iss.one/Chinoz_maktabgacha_va_maktab
#Chinoz_tumani

⚡️Chinoz tumani IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida jazo oʻtayotgan nazorat ostidagi 9 nafar fuqarolarning bandligini taʼminlash maqsadida Chinoz tumani hududida joylashgan "BASIS STAR LIGHT" MCHJdа mavjud boʻsh ish oʻrinlari bilan tanishishdi.
Tadbir davomida 7 nafar nazorat ostidagi shaxslarning oʻzlariga maʼqul boʻlgan boʻsh ish oʻrinlariga joylashishlari uchun hujjatlar rasmiylashtirildi.


Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani

⚡️Joriy yilning 22-may kuni Xalq deputatlari Chinoz tuman Kengashining doimiy komissiya raislari D.Teshaboyev, Sh.Ergashov, Xalq deputatlari Chinoz tuman Kengashi kotibiyat mudiri A.Baxramov hamda Ekologiya, atrof muxitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Chinoz tumani inspeksiyasi boshlig‘i O.Isaxonov, tuman SEO va JS bo‘limi boshlig‘i Sh.Xudoyberdiyevlar tomonidan, Chinoz tumani "Obihayot" va "Markaziy" MFY hududidan oqib o‘tgan zovur suvining iflosligi bo‘yicha qilingan murojaatga asosan joyiga chiqib o‘rganildi.
⚡️O‘rganish jarayonida murojaatchilarga tegishli tushuntirish ishlari olib borildi va tashkilot rahbarlariga ko'rsatmalar berildi.


Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati