Chinoz tumani hokimligi
2.98K subscribers
19K photos
2.29K videos
22 files
5.09K links
Chinoz тумани ҳокимлиги – ҳудудий давлат бошқарув органи.

Канал Chinoz тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати томонидан юритилади.
Савол ва мурожаатлар учун: @chinoztumanihokimligibot
Download Telegram
#Chinoz_tumani
#Sayyor_qabul

♻️ Har bir murojaat ortida inson qadri mujassam.

♻️Ana shu ma'noda, aholi muammolarini òrganish va tizimli hal etish maqsadida Chinoz tumani hokimi òrinbosari Oila va xotin - qizlar bòlimi boshlig'i V.Mansurova hamda "Kattatepalik" mahalla fuqarolari yigʻini xodimlari ishtirokida xonadonbay sayyor qabul bòlib òtdi.
♻️Qabulda fuqarolarning murojaatlari eshitilib, muammolarini hal etish bo'yicha kerakli maslaxatlar berildi, ma'sul tashkilotlarga yonaltirildi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani

⚡️Toshkent harbiy prokuraturasi tomonidan Chinoz tumanida joylashgan 36-sonli umumta’lim maktabida oʻquvchi yoshlari uchun “Prokurorlik soati” tashkil etildi.

♻️Uchrashuv davomida Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari, FVB hamda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘quvchilarga yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyat uchun jazo muqarrarligi to‘g‘risida ma’ruzalar qilindi.

♻️Tadbirning badiiy qismida harbiy ansabl tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar barchaga xushkayfiyat ulashdi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Sessiya


Joriy yilning 20-may kuni oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi sakson beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

👉BATAFSIL

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani


Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashmoq kerak!

➡️ Bugun tuman hokimligida "Jaholatga qarshi maʼrifat" mavzusida kengaytirilgan oʻquv seminari boʻlib oʻtdi.

Unda davlat va jamoat tashkilotlarining vakillari, umumtaʼlim maktablarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari, yoshlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

  Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisining maslahatchisi Ilhom Maʼrupov soʻzga chiqib, mamlakat taraqqiyoti, tinchlik va xotirjamlikni mustahkamlash uchun fikrga qarshi fikr, gʻoyaga qarshi gʻoya, jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish lozimligini taʼkidlab oʻtdi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Bizning_faxrimiz

🔰Yoshlarning chet tillarini mustaqil oʻrganishi, xorijiy tillarni ommalashtirishga qaratilgan  hamda  xorijiy tillarni bepul o'rgatishga mo'ljallangan “Ibrat farzandlari” loyihasida Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabining bir qator o'quvchilari faol qatnashib, belgilangan kurslarni tamomlab bilish darajasidagi milliy sertifikatlarni qo'lga kiritishdi.
      ❇️Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi ingliz tili fan o'qituvchisi Shahnoza Qurbonaliyevnaga o'z minnaddorchiligini bildiradi
#Chinoz_tumani
#Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi

Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashmoq kerak!

➡️ Bugun Chinoz tumani Maktabgacha va maktab ta’lim bo’limi tasarrufidagi maktablarda "Jaholatga qarshi maʼrifat" mavzusida kengaytirilgan oʻquv seminarlari boʻlib oʻtdi.

Unda umumtaʼlim maktablarining pedagog hodimlari va 7-11-sinf o'quvchilari ishtirok etishmoqda.

  Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi vakillari hamda O'zbekiston Respublikasi xalqaro Islom akademiyasi profesor o'qituvchilari soʻzga chiqib, mamlakat taraqqiyoti, tinchlik va xotirjamlikni mustahkamlash uchun fikrga qarshi fikr, gʻoyaga qarshi gʻoya, jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish lozimligini taʼkidlab oʻtishib maxsus video roliklar namoish etilmoqda.

Chinoz tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi rasmiy kanali
👇👇👇

https://t.iss.one/Chinoz_maktabgacha_va_maktab